O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari
O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar
Download 34.31 Kb.
|
Referat mavzu O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquq
O’zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasining fuqaroligini olgan shaxslar.O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan erkak yoki ayolning chet el fuqarosi bilan yohud fuqaroligi bo’lmagan shaxs bilan nikohdan o’tish, shuningdek, bunday nikohning bekor qilinishi er yoki xotinning fuqaroligini to’xtatishiga olib kelmaydi. Konstitutsiyaning 22-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi o’z hududida ham, uning tashqarisida ham o’z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko’rsatishni kafolatlaydi. Fuqarolikni qabul qilish, o’zgartirish va yo’qotish alohida davlatlarning ichki qonunchiligi – Konstitutsiyalar, fuqarolik qonunlari va qonunchilik aktlari asosida amalgam oshiriladi. Fuqarolikning kelib chiqishi naturalizatsiya (tabiiy – tug’ilganda yoki fuqarolikni qabul qilganda) yo’li bilan, xalqaro shartnoma asosida va ayrim hollarda – fuqaroligini yo’qotgan shaxslarning reintegratsiya (tiklanish) orqali va taqdim etish yo’li bilan amalgam oshiriladi. Fuqarolikni qabul qilishning asosiy yo’li tug’ilish orqali kelib chiqadi, qolgan barcha usullari kam uchraydi. Sababi, ko’p kishilar tug’ilishi bilan fuqarolikni qabul qilib, o’z umri davomida o’zgartirmaydi. Fuqarolikni tug’ilish bilan amalga oshirish keng tarqalgan. Xorijiy davlatlarning qonunchiligi tug’ilish bo’yicha fuqarolikka ega bo’lish bo’yicha 2 ta asosiy maqsadni belgilaydi. “Qon huquqi” (jus singuinus) asosida chaqaloqning fuqaroligi ota-onasining fuqaroligi bilan belgilanib, tug’ilgan joyiga bog’lanmaydi. Bu maqsadga Evropaning ko’p mamlakatlari, jumladan, Avstriya, Norvegiya, Finlandiya, Italiya va boshqalar amal qiladi. “Zamin huquqi” (jus soli) asosiga ko’ra, fuqarolik chaqaloqning tug’ilgan joyidan kelib chiqib, uning ota-onasi fuqaroligi bilan bog’liq bo’lmaydi. Masalan, Braziliya qonunchiligida belgilanishicha, bu davlat hududida tug’ilgan har bir shaxs Braziliya fuqarosi hisoblanadi. Shu asosda Lotin Amerikasidagi ko’p mamlakatlar fuqaroligi belgilanadi. Rivojlangan davlatlarda nisbatan ko’proq ikkala asos qo’shilmasi, ya’ni aralash asos qo’llaniladi. Ushbu asosga ko’ra, shu davlatda yoki undan tashqarida tug’ilgan mahalliy fuqarolar farzandlari, shuningdek, shu asosga bo’ysungan davlat hududida tug’ilgan chet ellik fuqarolar farzandlari shu davlat fuqarosi deb tan olinadi. Aralash asosni AQSh, Angliya, Fransiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar qo’llaydi. Fuqarolikni qabul qilishning usullaridan biri naturalizatsiya (fuqarolikni qabul qilish) bo’lib, bu umuman fuqaroligi bo’lmagan yoki boshqa davlat fuqarosi bo’lgan shaxs tomonidan fuqarolik olinishidir. Naturalizatsiya tartibda fuqarolik quyidagi hollarda qabul qilinadi: fuqaroligi bo’lmagan yoki fuqaroligini o’zgartirmoqchi bo’lgan shaxs so’rovnomasiga asosan; bir davlat fuqarosining boshqa davlat fuqarosi bilan nikohdan o’tishi asosida; fuqaroligi bo’lmagan yoki boshqa davlat fuqarosi bo’lgan bolani farzandlikka olishda. Naturalizatsiya asosida fuqarolik berish yoki rad etish davlatning huquqidir. Naturalizatsiya asosida fuqarolik berish yakka tartibda yoki manfaatdor shaxs (farzandlikka olishda) roziligi bilan amalga oshadi. Barcha mamlakatning qonunchiligi bir qator cheklanishlaega ega bo’lib, ular asosida shaxslarga siyosiy, ijtimoiy, diniy, milliy va boshqa sabablardan kelib chiqqan holda naturalizatsiyada rad etiladi. Reintegratsiya (dastlabki fuqarolikni tiklash) huchraydi. Qoida bo’yicha reintegratsiya jarayonida soddalashtirilgan tartibdagi fuqarolikni qabul qilish tartibi qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: tug’ilganda; O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida; O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo’yicha; Fuqarolik to’g’risidagi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo’yicha. Tug’ilgan paytida ota-onasi O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan bola, O’zbekiston Respublikasi hududida yohud O’zbekiston Respublikasidan tashqarida tug’ilgan bo’lishidan qat’I nazar, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadu. Ota-onasining fuqaroligi har xil bo’lib, ulardan biri bola tug’ilgan paytida O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lgan quyidagi hollarda bola O’zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi: agar u O’zbekiston Respublikasi hududida tug’ilgan bo’lsa: agar u O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tug’ilgan bo’lsa, ota- onasi yoki ularning biri shu vaqtda O’zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo’lsa. Fuqaroligi bo’lmagan, O’zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo’lgan shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududida tug’ilgan bolasi O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi. Ota-onasi noma’lum bo’lgan va O’zbekiston hududida yashayotgan bola O’zbekiston REspublikasi fuqarosi hisoblanadi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’z iltimoslariga ko’ra ushbu qonunga binoan kelib chiqishidan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa e’tiqodlaridan qat’I nazar, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish shartlari quyidagilardan iborat: chet el fuqaroligidan voz kechish; so’ngi bosh yil davomida O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganlik. Ushbu qoida O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslarga, basharti ular shu yerda tug’ilgan va hech bo’lmasa ota-onasidan biri, bevosita yoki bilvosita O’zbekiston Respublikasi hududida tug’ilganligi va boshqa davlatlarning fuqarosi emasligini isbotlasa, taaluqli bo’lmaydi; qonuniy tirikchilik manbalarining mavjudligi; O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining “Fuqarolik to’g’risida”gi qonuni chet ellik shaxslarni O’zbekiston fuqaroligiga qabul qilishda Respublikadagi osoyishtalikni, tinchlikni ta’minlash maqsadida bir necha to’siqlar qo’ygan. Chunonchi, fuqarolikka kirishga da’vogar shaxslar: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzimini ishlatib o’zgartirishni yoqlab chiqayotgan bo’lsa; Faoliyati O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy prinsiplari zid bo’lgan partiyalar va o’zga tashkilotlarga a’zo bo’lsa. O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq jazolanadigan xatti-harakatlar uchun ozodlikdan mahrum etilgan va jazoni o’tayotgan bo’lsa, bunday shaxslarni O’zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish to’g’risidagi iltimosnomasi rad etiladi. Shuningdek, qonunda, quyidagi hollarda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo’qotiladi: Shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, militsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida; agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobida turmagan bo’lsa; agar O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg’onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo’lsa. O’zbekiston Respublikasi Prizidentining farmoni chiqqan kundan boshlab O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo’qotiladi. O’zbekiston Respublikasida fuqarolik quyidagi hollarda to’xtatiladi: O’zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish oqibatida; O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo’qotish oqibatida; O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga binoan; Ushbu qonunda ko’zda tutilgan boshqa asoslarga binoan. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini to’xtatilishi Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqaroligining to’xtatilishi sabab bo’ladi. Fuqarolik masalalariga oid arizalar O’zbekiston Respublikasi Prizidenti nomiga ariza beruvchilarning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari orqali, chet elda doimiy yashovchi shaxslar tomonidan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatic vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari orqali topshiriladi. Chet davlat fuqarosi bo’lgan shaxs o’z fuqaroligini o’zgartirish niyatida mazkur davlatning munosabatini ko’rsatuvchi hujjatni taqdim etishi shart. Shaxsning O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to’g’risidagi ariza uning doimiy istiqomat joyida ichki ishlar idorasiga, chet elda doimiy yashaydigan shaxs tomonidan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga beriladi. O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalar ariza beruvchi shaxsan murojaat etgan taqdirda uning doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari, chet elda doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan esa O’zbekiston Respublikasining tegishli diplomatiya vakolatlari yoki konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi. O’zbekiston Respublikasida yashab turgan, lekin O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’xtatilgan, boshqa davlat fuqarosi bo’lmagan shaxslar ichki ishlar idorasi tomonidan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga mo’ljallangan istiqomat guvohnomasi beriladi. O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar. 3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo’limida duyodagi boshqa ko’pchilik davlatlarning Konstitutsiyalari qatori inson va fuqarolarning asosiy huquq va burchlari to’g’risidagi muhim qoidalar mustahkamlaydi. Konstitutsiyaviy huquqning o’ziga xos hususiyati shundaki, u fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlarni mustahkamlaydi, qonun va qonun osti hujjatlarida esa, ular asosida vujudga keladigan hosila huquq, erkinlik va burchlarni belgilash bilan birga ular mazmunini keng yoritish imkonini beradi. Konstitutsiyaviy huquqda, erkinlik va burchlarning yuridik xususiyatlari unda mustahkamlangan har qanday qoida singari, ular oily yuridik kuchga va o’zgartirishning maxsus tartibiga ega ekanligini, shuningdek, uning asosida ishlab chiqiladigan boshqa sohalar qonunchiligi uchun asosiy yo’nalishlarni belgilashini ta’kidlash joiz. Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bo’lib, fuqarolarning huquq va erkinliklari esa faqat o’sha davlat fuqaroligiga ega bo’lgan shaxslargagina tegishlidir. Fuqarolarning huquq va erkinliklari fuqaroligidan qat’I nazar, har bir shaxsga tegishli bo’lgan inson huquq va erkinliklari bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Ushbu yondashuvga doir misol sifatida insonning tabiiy va ajralmas huquqlari belgilangan va hozirgacha harakatda bo’lgan 1789 yilgi “Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasi” dan ko’chirma keltiramiz: “Barcha inson huquqlarda erkin va teng bo’lib tug’iladilar va shunday bo’lib qoladilar. Ijtimoiy tavofutlar faqat ko’pchilikning umumiy manfaatlarigagina asoslanishi mumkin. Har qanday davlat ittifoqining maqsadi insinning ajralmas va tabiiy huquqlarini ta’minlashga qaratiladi. Erkinlik, mulkka egalik qilish, xavfsizlik va zulm-qiynoqlarga solinishiga qarshilik ko’rsatish shular jumlasidandir. Boshqalarga zarar yetkazmaydigan darajada hamma narsani qilish imkoniyati erkinlikni tashkil etadi. Shunday qilib, har bir insonga tabiiy huquqlarining amalga oshirish chegarasi faqat jamiyatning boshqa a’zolarini ham huddi shunday huquqlarining ta’minlanishi doirasi bilan chegaralanishi mumkin. Bu cheklashlar faqat qonun bilan belgilanadi. Huquq va erkinliklar o’rtasidagi keskin yuridik farqni ko’rsatish ancha mushkul ish. Umumiy huquqning nazariyasidan bizga ma’lumki, sub’ektiv huquq bu shaxs yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xulqi chegarasining o’lchovi. Fikrimizcha, bu ta’rif erkinlik tushunchasiga ham mos keladi. Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari va ikkinchi tomondan, ularning boshqa kishilar, davlat va jamiyat oldidagi burchlari orasidagi o’zaro aloqadorlikni imkor qilish xato bo’lar edi. Zero, umumiy huquq nazariyasidan bizga ma’lumki, burch bu- xulqning zaruriy me’yori hisoblanadi. Inson muayan qoidalarga rioya qilishi kerakki, u o’zining huquq va erkinliklaridan foydalanganida, boshqa kishilarga asossiz ravishda ziyon yetkazmasligi va jamiyatning normal hayot kechirishiga to’sqinlik qilmasligi lozim. Konstitutsiyalar hayotiylugini ta’minlashning zaruriy sharti-o’z mazmuni va mohiyatini inson va fuqarolar huquq-erkinliklari bilan boyitilishida ifodalanadi. Yuridik adabiyotlarda inson huquqlarining ajralmas ekanligi ta’kidlanib, uning mavjudligi tegishli burchlarni bajarmaslikka yoki bajarishga bog’liq emas, degan qarashlar mavjud. Fuqarolarning huquqlari esa davlat oldida qator burch va majburiyatlarni bajarish bilan bog’liq, deb ko’rsatiladi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, shaxsning armiyada xizmat qilganligini ro’kach qilib, uni saylov huquqidan mahrum qilish mumkin emas. Bundan shunday hulosaga kelish mumkin: har qanday huquq va erkinliklarni amalgam oshirishni muayyan burchni bajarish bilan bog’lab qo’yish to’g’ri emas. Shu bilan bir vaqtda, inson va fuqarolarning o’z burchlarini bajarishi davlat va jamiyatning normal hayot kechirishi umumiy omil hisoblanadi va nihoyat, shuni qayd qilish kerakki, Konstitutsiyaviy burchlar ikki qirraliligi, ya’ni insonlarni muayyan burchlari va fuqarolarning burchlari bilan ajralib turadi. Huquq va erkinliklarning konstitutsiyaviy ifodalanishining ikki usuli-pozitiv va negative usullari mavjud: pozitiv usulda, konstitutsiya sub’ektning muayyan huquqqa egaligini belgilaydi yoki ta’kidlaydi; negativ usul shunday ifodalanadiki, unga ko’ra har qanday sub’ektga o’zga sub’ektning huquq yoki muayyan erkinligini buzish yoki cheklash ta’qiqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlar doirasining doimiy ravishda kengayib borishi, ularni ma’lum guruhlarga ajratishni talab qiladi. Tasniflash (klassifikatsiyalash) turli hil maqsadlarda va asoslarda o’tkazilishi mumkin. Biroq shuni yodda tutish kerakki, guruhlashtirish shartli ravishda kechadi, chunki ko’p hollarda biror huquq yoki erkinlik yohud burch bir paytda ikki yoki undan ko’p tasnifiy guruhlarga tegishli bo’lishi mumkin. Ular qiyida taklif etilayotgan tasniflashtirishda o’zlarining asosiy mazmunlari jihatidan yaqin bo’lgan guruhlarga kiritiladi. Masalan, vijdon erkinligi shaxsiy erkinliklar turkumiga kiradi, ayrim mamlakatlarda esa u aniq ifodalangan siyosiy harakter tusini oladi. Tasniflashtirishning yana bir ko’rinishi huquq, erkinlik va burch sub’ektlarining harakteri bilan bog’liq asosda amalgam oshirishdir. Bunda huquq, erkinlik va burchlarning individual va jamoa turlariga ajratish mumkin. To’g’ri, individual huquq ko’p hollarda jamoa shaklida ham amalgam oshirilishi mumkin. Ammo u jamoa huquqidan farqli ravishda, odatda, individual tarzda amalgam oshirilishi va himoya qilinishi mumkin. Jamoa huquqini esa uning mohiyatiga ko’ra individual tarzda amalgam oshirilish mumkin emas. Masalan, ish tashlash huquqi-jamoa huquqidir. Individual tarkibda ish tashlash-ish tashlash hisoblanmasdan, balki u ishga kelmaslik deb baholanishi mumkin. Ko’pincha hollarda huquq, erkinlik va burchlar o’z harakteriga ko’ra individualdir. Biroq bu holat konstitutsiyada doimo aniq va ravshan qilib belgilanmaydi. Bundan tashqari huquq, erkinlik va burchlarni, asosiy va qo’shimcha turlarga ajratish mumkin. Masalan, davlatni boshqarishda ishtirok etish asosiy huquq hisoblansa, saylov huquqi undagi hosila huquq bo’lib, uning mazmunini ifodalash shakli hisoblanadi. Fikrimizcha, huquq, erkinlik va burchlarni mazmuni va mohiyati bo’yicha tasniflash alohida ahamiyat kasb etadi. Tasniflash shart-sharoitlariga doir yuqoridagi fikr va mulohazalarni hisobga olib, inson huquqi, erkinliklari va burchlarini asosiy guruhlarga ajratish quyidagucha qabul qilingan. Birinchi guruh: inson shaxsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari, ya’ni yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik va turar joy daxlsizligi kabi huquq, erkinlik va burchlar. Ikkinchi guruh: davlat va jamiyatni boshqarishda ishtirok etish, ovoz berish, yig’ilish huquqi, vatanni himoya qilish bilan bog’liq qator siyosiy huquq, erkinlik va shu kabilar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadu. Aynan xuddi shunday turkumlash asosida o’zbek qonunchiligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq, erkinlik va burchlarning tizimi mustahkamlab qo’yilgan: eng avvalo, umumiy qoidalar ifodalangan bo’lib, inson va fuqarolarning o’z huquq, erkinlik va burchlarida o’zaro tengligi; fuqarolar o’zlarining huquq va erkinliklarini amalgam oshirishlari jamiyat va davlat hamda boshqa shaxslarning huquqiy va erkinliklariga, ularning qonuniy manfaatlariga putur etkazmasliklari; huquq, erkinlik va burchlarning daxlsizligi qoidalari belgilanadi. Inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlarining keyingi joylashuvi tegishli huquq, erkinlik va burchlarning mazmuniga asosan mustahkamlab qo’yiladi: shaxsiy huquq va erkinliklar; siyosiy huquqlar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; fuqarolarning burchlari. Yuridik adabiyotlarda inson huquqlarini boshqa mezonlar asosida ham tasniflash uchraydi. Mustaqil O’zbekiston inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish borasida butun dunyoda ish boshlagan va ish olib borayotgan barcha kishilarni va barcha davlatlarni juda e’zozlaydi. O’zbekiston Respublikasi dunyo hamjamiyatini teng huquqli a’zosi sifatida ma’rifatparvar demokratik adolatli davlat bo’lishga harakat qiladi, inson huquqlarini himoya qilishga va mustahkamlashga qat’I kafolat beradi. Inson huquqlari umumbashariy va milliy davlat va huquq tushunchalarini o’zida mujassamlashtiradi. O’zbekiston o’zining boy va ko’p ming yillik ma’naviy-huquqiy merosiga asoslanib inson huquqlarining umuminsoniy qadriyatlari hamda e’tirof etgan xalqaro huquq talablarini ta’minlash borasida muntazam ish olib bormoqda. Uyushmalarga birlashish huquqi Fikr e’tiqod va so’z erkinligi huquqi
Inson (fuqaro) huquqlari va erkinliklarining asosiy turlari Download 34.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling