O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari


Partiyaning matbuot nashri «Adolat» ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasidir


Download 112.56 Kb.
bet6/10
Sana09.06.2023
Hajmi112.56 Kb.
#1468574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Huquqdan mustaqil ishi


Partiyaning matbuot nashri «Adolat» ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasidir.
O’zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi (MTDP) 1995-yil 3-iyundagi ta‘sis qurultoyida tashkil topgan. Millatning ma‘naviy birligi, Vatan (Turkiston) yagona oila, kuchli demokratik davlat, milliy qadriyatlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va umumjahoniy integratsiya, zamon kishisi, milliy istiqbol - partiya mana shu yo’nalishlar milliy tiklanishimizning mazmun-mohiyatini tashkil etadi deb hisoblaydi.
Partiyaning matbuot nashri «Milliy tiklanish» haftalik gazetasidir.
O’zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi (FMDP) 1998-yil dekabr oyida bo’lib o’tgan ta‘sis qurultoyida tashkil topdi.
O’zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi milliy g’urur, fidoyilik hamda milliy manfaatlar ustuvorligi g’oyasini ilgari suradi, Vatan ravnaqi yo’lida jamiyatdagi barcha fidoyi insonlar va sog’lom fikrlovchi kishilar kuch-qudratini, s‘ay-harakatini birlashtirishga xizmat qiladi. Partiya mamlakat tabiiy-iqtisodiy, intellektual boyliklarini milliy manfaat yo’lida xizmat qildirish, kelajak avlodlarga munosib meros qilib qoldirishni o’z burchi deb biladi. Mulkchilikning barcha shakllari muhofazasi va mulkdorlar daxlsizligini ta‘minlashni o’zining asosiy maqsadi deb biladi va bu maqsadga erishishda o’rta va kichik mulkdorlarga suyanadi. «Fidokor»lar partiyasi ma‘naviyatni jamiyatning vijdoni, komil inson va shaxs tarbiyasini eng asosiy ijtimoiy vazifasi deb biladi, fikrlar, g’oyalar, qarashlar, intilishlar xilma-xilligini tan oladi. «G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma‘rifat» bilan kurashish tamoyiliga amal qiladi.
«Fidokor» haftalik gazetasi – partiyaning nashri hisoblanadi.
Tajbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003-yil sentabrda tashkil etildi.
O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot sifatida, mulkdorlar qatlami, kichik biznes, fermerlik va dehqon xo’jaliklari vakillari, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari va boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi.
Tajbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadi tadbirkor va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta‘sir o’tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta‘minlash, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog’liq muammolarni hal qilish, O’zbekistonning xalqaro obro’yini oshirishda, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, o’z elim, o’z yurtim deya g’ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shish partiyaning dasturiy maqsadlari hisoblanadi.
Download 112.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling