O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish
Download 112.56 Kb.
|
Huquqdan mustaqil ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq va mahalliy yig’imlarni to’lash burchi.
Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish. Konstitutsiyaning 50-moddasida mustahkamlangan «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar», degan qoida 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan va 1995-yil 6-mayda qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilgan O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhafaza qilish to’g’risida»gi qonunida ham belgilab qo’yilgan. Inson tabiatning eng muqaddas boyligidir. Inson salomatligi, uning taqdiri, hayoti uchun tabiiy muhit nihoyatda zarurdir. Shu sababli bu muqaddas burchni bajarish har bir fuqarodan aql, zakovat va tabiatga mehr-muruvvat talab qiladi. Tabiiy muhit qanchalik sog’lom bo’lsa, insonlar, ayniqsa yoshlar jismonan sog’lom, baquvvat, kuchli, shijoatli bo’lib kamol topadi.
Fan va texnika taraqqiyoti avj olgan bugungi kunda insoniyatning hayot kechirish maskani bo’lmish ona yerimiz va undagi tabiiy muhit alohida muhofazaga muhtoj. Atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, uni asrash bugun nihoyatda dolzarb masala. Shuning uchun xalqaro «Ekosan», «Orolni qutqarish» jamoat birlashmalari tashkil etildi. Har bir fuqaro o’zi yoki mana shu jamoat tashkilotlarining faoliyatida faol qatnashib, o’zining konstitutsiyaviy burchini ado etishi zarur. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida», «Yer to’g’risida», «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida», «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida», «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar to’g’risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida»gi muhim qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlar fuqarolarning atrof muhitni muhafaza qilish bo’yicha majburiyatlarini belgilaydi. Tabiatga oid qonunlarda belgilangan burchlarni bajarish, ularning buzilishini oldini olish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Soliq va mahalliy yig’imlarni to’lash burchi. Fuqarolarning Konstitutsiyada belgilab qo’yilgan burchlaridan yana biri – bu ularning qonun bilan belgilab qo’yilgan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to’lash majburiyatidir. Soliqlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi va davlat hokimiyatining mahalliy organlari tomonidan belgilanib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari mahalliy yig’im va to’lovlarni to’lashga majburdirlar. Bu 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi fuqarrolari, fuqaroligi bo’lmagan va xorijiy fuqarolardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida»gi, 1993-yil 7-mayda qabul qilingan «Mahalliy soliqlar va yig’imlar to’g’risida»gi qonun hamda boshqa hujjatlar va aktlar orqali tartibga solinadi. Soliq to’lashdan bosh tortgan shaxslar tegishli ma‘muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. Download 112.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling