O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari
Тarixiy, ma‘naviy va madaniy merosni asrab-avaylash
Download 112.56 Kb.
|
Huquqdan mustaqil ishi
Тarixiy, ma‘naviy va madaniy merosni asrab-avaylash. «Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma‘naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar.
Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir», - deyiladi Konstitutsiyaning 49-moddasida. Darhaqiqat, O’zbekiston xalqining tarixiy, madaniy va ma‘naviy boyliklarini, madaniy yodgorliklarini ehtiyot qilish va saqlash har bir fuqaroning burchidir. Arxitektura yodgorliklari, tarixiy-madaniy hudud va ob‘ektlar, badiiy va musiqiy asarlar, xalq og’zaki ijodiyoti O’zbekiston xalqining o’zligini anglashiga xizmat qiladi hamda dunyo madaniyati taraqqiyotiga qo’shgan hissasini bildiradi. Qadimdan qolgan yodgorliklarni nafaqat saqlash, balki kelajak avlodlarga yetkazib, yangilarini yaratish ham lozim. Tarixiy yodgorliklarni saqlash va qayta ta‘mirlashimiz lozim, chunki ular o’zbek xalqi tomnidan yaratilgan milliy boyligimiz bo’lib, ma‘naviy merosimizning ulkan qismidir. Demak biz uni ko’z qorachig’idek saqlab, kelajak avlodlarga asrab yetkazmog’imiz zarur. Xalqimiz o’zi yaratgan tarixiy, ma‘naviy, madaniy boyliklarini to’la saqlash va asrash imkoniyatiga ayrim davrlarda ega bo’lmagan. Ayniqsa, sobiq sho’rolar davrida xalqimizning juda ko’p tarixiy, ma‘naviy va madaniy boyliklari talon-taroj qilingan, xorijiy davlatlarga olib ketilgan, o’zaro va talonchilik urushlarida yakson qilingan. Asrlar bo’yi shakllangan o’zbek davlatchiligi, huquqiy madaniy meros namunalari sobiq sho’rolar davrida e‘tiborsiz qoldirilgan. Bugungi kunda xorijiy davlatlarga olib ketilgan xalqimizning bebaho boyliklarini qaytarish masalalari bilan maxsus komissiya shug’ullanmoqda. O’zbekistonning har bir fuqarosi xalqimizning tarixiy, ma‘naviy va madaniy merosini asrash va uni kelgusi avlodlarga yetkazib berishni o’zi uchun asosiy vazifa deb bilishi muhimdir. O’zbekiston Respublikasining «Ma‘muriy javobgarlik to’g’risida»gi kodeksining 64-moddasida tarixiy-madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan. Shuningdek tarixiy yodgorliklarni saqlash borasida fuqarolik va jinoiy-huquqiy qonunlarda ham muhim normalar belgilangan. Download 112.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling