O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari


Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar


Download 112.56 Kb.
bet2/10
Sana09.06.2023
Hajmi112.56 Kb.
#1468574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Huquqdan mustaqil ishi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar. Chet el fuqarolari - bu O’zbekiston hududida yashayotgan, boshqa mamlakatlarning fuqaroligiga ega bo’lgan shaxslardir. Ularning O’zbekistonda bo’lishlarining turli sabablari bor. Masalan, ular shartnomalar asosida O’zbekistonda ishlayotgan, o’qiyotgan, chet ellarning diplomatik va konsullik idoralarida ishlayotgan, sayyohlik yo’llanmasi bilan kelgan bo’lishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmagan va o’zining chet davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi dalillari – fuqarolik pasporti yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjati bo’lgan shaxslar chet el fuqarolari, deb tan olinadi.
Fuqaroligi bo’lmagan shaxslarlarning ta‘rifi «Fuqarolik to’g’risida»gi qonunning 11-moddasida berilgan. Unga ko’ra «O’zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan holda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo’lmagan shaxslar fuqaroligi bo’lmagan shaxslar deb hisoblanadi».
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan huquq va erkinliklardan, xususan, shaxsiy, mulkiy, oilaviy va boshqa huquqlardan foydalanadilar. Shuningdek, o’zlarini himoya qilishlari uchun sud organlariga murojaat qila oladilar.
Bunday shaxslar O’zbekiston fuqarolari bilan bir xildagi majburiyatlarni ham o’taydilar. Ular O’zbekiston hududida sodir etgan jinoiy, ma‘muriy va boshqa huquqbuzarlik ishlari uchun O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir xil asosda javob beradilar. Ular O’zbekiston hududida jinoyat qilsalar, O’zbekiston qonunlari bilan javobgarlikka tortiladilar.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning ayrim huquqlari cheklab qo’yiladi. Jumladan, ular respublikadagi vakillik organlariga o’tkaziladigan saylovlarda ishtirok eta olmaydilar, deputat bo’lib saylana olmaydilar, umumxalq ovoz berishi (referendum) da qatnasha olmaydilar. Ular O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar idoralarida ishlashlari mumkin emas.
O’zbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar xizmatchilari bo’lgan chet el fuqarolari alohida toifaga mansub bo’lib, ular ham O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa huquqiy normalarini hurmat qilishi va ularga itoat qilishi zarur. Lekin ular diplomatik va konsullik imtiyozlaridan va daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.

Download 112.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling