O’zbekistonda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari


Fuqarolarning huquq va erkinliklarining asosiy turlari


Download 112.56 Kb.
bet3/10
Sana09.06.2023
Hajmi112.56 Kb.
#1468574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Huquqdan mustaqil ishi

3. Fuqarolarning huquq va erkinliklarining asosiy turlari. Fuqarolarning huquq va erkinliklari deyilganda O’zbekistonda davlati tomonidan o’rnatilib, Konstitutsiyasida belgilab qo’yilgan, har bir fuqaroga berilgan imtiyozlardan shaxsiy hayotda va jamoat ishlarida qatnashish uchun foydalanish imkoniyati tushuniladi.
O’zbekiston fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklari bajarilish sohalari bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi:

  • shaxsiy yoki inson huquqlari, ya‘ni yashash huquqi, shaxsiy daxlsizilk va turar-joy daxlsizligi kabi huquqlar, erkinliklar va burchlar (Konstitutsiyaning YII bobi, 24-31-moddalari);

  • davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish, saylovlarda qatnashish, yig’ilishlar o’tkazish huquqi, vatanni himoya qilish bilan bog’liq qator siyosiy huquqlar, erkinliklar va burchlar (Konstitutsiyaning YIII bobi, 32-35-moddalari);

  • mehnat qilish, erkin kasb tanlash, mulkka egalik qilish, ijtimoiy himoyalanish huquqlari, ta‘lim olish huquqi, ijod erkinligi huquqi, soliq va mahalliy yig’imlarni to’lash burchi va shu kabilar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, erkinlik va burchlar guruhini tashkil etadi (Konstitutsiyaning IX bobi, 36-42-moddalari).

Aynan xuddi shunday turkumlash asosida milliy qonunchilik tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida huquq, erkinlik va burchlarning tizimi mustahkamlab qo’yilgan.
Inson huquqlari – bu insoniyat tarixiy taraqqiyotining umumiy yutug’idir. Insoniyatga azob-uqubat va kulfatlar keltiruvchi urush ofatlaridan kelgusi avlodlarni xalos etish, inson huquqlarini xalqaro miqyosda himoya qilishni ta‘minlash BMT faoliyatining asosiy maqsadiga aylandi. Bu maqsadlar BMTning inson huquqlariga oid xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarida o’z ifodasini topgan. Bunday hujjatlar: «Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi» (1948-yil 10-dekabr), «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt» hamda so’nggi hujjatga ilova qilingan Fakultativ protokoldan (1966-yil 16-dekabr) iborat bo’lib, ular umumiy nomda «Inson huquqlari to’g’risida xalqaro bill», deb yuritiladi. Xalqaro hamjamiyatning to’la huquqli a‘zosi bo’lgan O’zbekistonning Konstitutsiyasi va qonunchiligi ham xalqaro huquqning aynan ushbu hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
BMTning «Bola huquqlari haqida Deklaratsiya» (1959-yil), «Irqiy kamsitishning hamma shakllarini tugatish haqida Konvensiya» (1965-yil) larida inson shaxsi, uning huquq va erkinliklari har bir mamlakatda huquqiy jihatdan kafolatlanishi qayd etilgan. Shuningdek, bu hujjatlarda onalik va bolalikni himoya qilish, bolalarning mehnati, salomatligi, tarbiyasini huquqiy jihatdan himoya qilish, ularning irqiy kamsitilishiga yo’l qo’ymaslik kabi huquqlar har bir mamlakatda qonun bilan himoyalanishi zarurligi ta‘kidlangan.
BMTning inson huquqlariga oid hujjatlariga imzo chekkan davlatlar insoniyatning butun tarixi maboynida qayd etilgan jamiki huquqlarini tan olishlari va ularga rioya etishlari shart. «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi» davlatlar uchun tavsiya sifatidagi hujjat bo’lib, uning talablari ixtiyoriy ravishda bajariladi. Xalqaro Paktlar va Konvensiyalarning talablari ularga qo’shilgan davlatlar uchun majburiydir.
BMT 1945-yil 26-iyunda AQShda tuzilgan xalqaro tashkilot bo’lib, bugungi kunda unga a‘zo davlatlarning soni 190 dan oshib ketdi. O’zbekiston Respublikasi bu nufuzli xalqaro tashkilotga 1992-yil 2-martda a‘zo bo’lib kirdi. 1993-yil 24-oktabrda Toshkentda BMTning vakolatxonasi ochildi.
O’zbekiston Respublikasi 1991-yil 30-sentabrda «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»ni rasmiy tan oldi. Bugungi kungacha O’zbekiston BMTning inson huquqlariga bag’ishlangan 70 dan oshiq hujjatlaridan 35 tasini imzoladi. O’zbekiston Respublikasi Parlamenti 1995-yil 31-avgustda «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risida xalqaro Pakt»ni, «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida Pakt» va unga ilova qilingan Fakultativ protokolni, «Irqiy kamsitishning hamma shakllarini tugatish to’g’risida xalqaro Konvensiya»ni, «Qiynoqlarga solishga va muomalada bo’lish va jazolashning shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi Konvensiya»larni (1984-yil 10-dekabr) ratifikatsiya qildi. Ularda qayd etilgan qoidalar respublika qonunchiligida, birinchi navbatda O’zbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlangan.

Download 112.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling