O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlari. Mundarija: Kirish


Maktab ta’miriga ajratilgan pullardan 631 mln so‘mni talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Download 76.72 Kb.
bet10/17
Sana05.01.2022
Hajmi76.72 Kb.
#230368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
iqtisodiy jinoyatlar

Maktab ta’miriga ajratilgan pullardan 631 mln so‘mni talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida o‘rta ta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullar MCHJ rahbarlari tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida yana bir jamiyat rahbarlari tomonidan 240,5 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.  


Samarqand viloyatidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabda «F.» MCHJ tomonidan smeta hujjatlarida ko‘rsatilgan qurilish-montaj ishlari to‘liq bajarilmasdan, ma’lumotlar qo‘shib yozilgan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Korxona rahbarlari 631,7 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu bilan birga, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida «N.» MCHJ qurilish-montaj ishlarini amalda to‘liq bajarmasdan240,5 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilib, ma’lumotlarni qo‘shib yozgani aytilmoqda.

Ushbu holatlar yuzasidan korxonalarning mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.




Download 76.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling