O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlari. Mundarija: Kirish
Download 76.72 Kb.
|
iqtisodiy jinoyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda iqtisodiy jinoyatlarning sodir etilishi va korrupsiyaga qarshi jazolar
O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlari. Mundarija: Kirish Iqtisodiy jinoyatlar tushunchasi va uning jamiyat hayotiga ta’siri O’zbekistonda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimlari va ularning faoliyati O’zbekistonda iqtisodiy jinoyatlarning sodir etilishi va korrupsiyaga qarshi jazolar Iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish va bu bo’yicha yangi qaror loyihalarini ishlab chiqish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi, avvalo, milliy iqtisodiyotimizning rivojiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarimizning raqobatdosh bo‘la olishiga bog‘liq, desak, hyech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘tgan qisqa vaqt ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining bevosita iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga daxldor bo‘lgan bir qancha farmoni, qaror va farmoyishi qabul qilindi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan aholi vakillariga har tomonlama ko‘mak berish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilangan. Bu borada xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xususiylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini samarali qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga egadir. «O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb yozilgan «O‘zbekiston Respublikasining mulk to‘g‘risidagi qonuni»da fuqarolarning mulkdor bo‘lish huquqi kafolatlanadi, hamma shakldagi mulklarning tengligi, mulk daxlsizligini davlat ta’minlashi, mulk rivojiga to‘sqinlik qilish man etilishi qayd etilgan. Bu qonunga ko‘ra, mulkdor o‘z mulkini ruxsat etilgan hamma sohada ishlatishga haqli, xorijiy mulk ham davlat himoyasiga olinadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti turli mulk shakllariga tayangan holda rivojlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida shunday deyiladi: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin». Mamlakatimizda xususiy mulk ikki ko‘rinishda – yakka (individual) xususiy mulk va korporativ, ya’ni mulk egalarining sherikchiligi asosida rivojlanmoqda. Xususiy mulk sohibi mulkka nisbatan o‘z huquqlarini xususiy tarzda amalga oshiradi. Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. Davlat xususiy mulkning but saqlanishini ta’minlash va uning ko‘paytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi. O‘zbekistonda xususiy mulkning vujudga kelishining muhim manbai fuqarolarning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishidir. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni xususiylashtirish tashkil etadi. Xususiylashtirishni strategik vazifalari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan dastlab «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarlarida hamda «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli asarida hamda boshqa asarlarida juda keng asoslab berilgan. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat bo‘lganligi hisoblanadi. Umuman olganda xususiylashtirishning o‘tgan bosqichlarida respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari va sohalarida xususiy mulkchilikka asoslangan yangi toifadagi korxonalar shakllandi va faoliyat yurita boshladi. Iqtisodiyotda nodavlat sektorining shakllanishida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining ta’siri ahamiyatli bo‘ldi. Bu boradagi islohotlarning maqsadga yo‘naltirilganligi, har tomonlama asoslanganligi va izchilligini ta’minlash maqsadida hukumat darajasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi ishlab chiqilib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Oxirgi yillar mobaynida uiqtisodiyot qancahlik o’sgan bo’lishiga qaramasdan iqtisodiy jinoyatlar ham oshmoqda. Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish taraqqqiyot garovidir. Shu boisdan, ushbu kurs ishi dolzarbdir.
Download 76.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling