Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyat aniqlandi.
27 iyul 2018, 11:48 Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2018 yilning birinchi yarimyilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament faoliyatini kuchaytirish yuzasidan:
Qonun hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida Departamentning tashkiliy-shtat tuzilmasi yangilandi.
Iqtisodiy jinoyatlar, xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida:
— 4019 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 1886 ta ma’muriy va 2114 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
O‘tkazilgan tadbirlar natijasida:
— 557 ta yashirin sex yuritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, 4,9 mlrd. so‘mlik noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulot (xom ashyo) olib qo‘yildi;
— 1884 ta sub’ektning faoliyatiga qonuniy tus berilib, 2001 ta yangi ish o‘rini yaratildi;
— poraxo‘rlikka qarshi kurashish borasida 445 ta jinoyatlar aniqlandi;
— 401 mlrd. so‘mlik soliq va to‘lovlar qo‘shimcha hisoblanib, 146 mlrd. so‘mi undirildi;
— valyuta sohasida 1.395 ta huquqbuzarlik aniqlandi;
— 1,8 mln. dollar miqdorida naqd chet el valyutasi va 4,1 mlrd. so‘m milliy valyuta olib qo‘yildi;
Tibbiyot buyumlari va dori-darmon bilan savdo qilish qoidalari hamda narxlarni belgilash tartibi buzilishini oldini olish maqsadida:
— savdo qoidalari va narxlarni belgilash bilan bog‘liq 82 ta holat aniqlandi;
— 775 mln. so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi;
— 30 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |