O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlari. Mundarija: Kirish
Yashirin iqtisodiyot xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa
Download 76.72 Kb.
|
iqtisodiy jinoyatlar
Yashirin iqtisodiyot xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa
Bugungi kunga kelib, bevosita Prezidentimiz tomonidan ushbu muammoning kun tartibiga qo‘yilayotganligi yurtimizda bu masalani kechiktirmasdan bartaraf etmoqqa fursat yetganini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirishni rejalashtirayotgan ekan, u bilan muvaffaqiyatli kurashayotgan davlatlar tajribasi qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Ayniqsa, Yevropa davlatlari tajribasi e’tiborga molik. Ushbu davlatlarning aksariyati yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashishda soliq mexanizmlariga birlamchi e’tibor qaratganini ko‘rish mumkin. Chunki aynan soliqlarning yuqori darajadaligi ko‘p hollarda yashirin iqtisodiyotning palak otishiga turtki beradigan omillardan hisoblanadi. Germaniya, Avstriya, Daniya, Shvetsiya, Ispaniya, Turkiyada bu illatga qarshi kurashda tadbirkorlik sub’yektlariga soliq yukini pasaytirish yo‘lidan borilganligini ko‘rish mumkin. Germaniyada faqatgina uyda mehnat qiluvchilarga soliqlarning kamaytirilishi qisqa muddatda 4,8 mln. shunday faoliyat yurituvchilarni yoki 16 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan aholining 13 foizi rasmiy ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lovchilar safiga kirishiga asos yaratdi. Yashirin iqtisodiyotning asosida turuvchi yana bir muammo nolegal ishchi kuchidan foydalanish bilan bog‘liq. Germaniyada bu muammoni hal qilish maqsadida mehnat bozori ustidan nazoratni bosqichma-bosqich kuchaytirish kabi ma’muriy choralar minimal oylik maoshlarni oshirib borish kabi iqtisodiy mexanizmlar bilan birgalikda qo‘llanilmoqda. Mamlakatda anonim tarzda ishga taklif qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishga taklifga oid e’lonlar ish beruvchi to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni o‘zida qamrab olgan bo‘lishi shart. Bundan tashqari, Germaniya qonunlariga ko‘ra, nolegal mehnat kuchidan foydalangan korxonalar uch yilgacha davlat xaridlarida ishtirok etish xuquqidan mahrum qilinadi. Ispaniyada bunday holatlarda tadbirkorlik sub’yekti juda katta miqdorda jarimaga tortilib, besh yilgacha davlat xaridlarida ishtirok qilishdan chetlatiladi. Germaniyada eng korrupsiogen sohalardan biri qurilish hisoblangani uchun ushbu tarmoqni tartibga soluvchi qonunlarga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, yirik tenderlarni faqat bitta korxona yutib olishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday tenderlarga bir-biridan mustaqil ikki yoki undan ko‘p tadbirkorlik sub’yekti jalb qilinadi. Ularning bitta odamga yoki manfaatdor birorta tashkilotga bog‘liq ekani aniq bo‘lib qolsa, bu jinoyat ishi ochishga asos bo‘ladi. Yana bir e’tiborli jihati, tenderda yutib chiqqan korxonalarning birortasida nolegal ishchi jalb qilinish yoki ijtimoiy to‘lovlardan qochish holatlari aniqlansa, buning uchun kollegial javobgarlik belgilangan — qurilishda ishtirok etayotgan barcha tadbirkorlik sub’yektlari birgalikda javobgarlikka tortiladi. Yevropada davlat xodimlarining yashirin iqtisodiyotga yoki boshqa korrupsion holatlarga aralashib qolishining oldini olish maqsadida qonunchilikda bir qator normalar ko‘zda tutilgan. Xususan, Buyuk Britaniyada vazirlikka da’vogar lavozimga tayinlanishdan oldin o‘zining ko‘chmas mulklari, daromad manbalari to‘g‘risida haqqoniy hisobot taqdim etishi lozim. Agar keyinchalik biror ma’lumot yashirilgani aniqlangudek bo‘lsa, bu holat vazirning iste’fo berishiga asos bo‘ladi. Germaniyada davlat tizimidagi lavozimni egallagan rahbar shaxs na o‘zi, na ishonchli vakillari orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, tadbirkorlik sub’yektlari boshqaruvida yoki ularning nazorat kengashlari faoliyatida ishtirok etishi mumkin emas. Mamlakat qonunchiligida nafaqat korrupsiya holatlariga, balki noqonuniy yo‘l bilan topilgan daromadni legallashtirishga bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikka ham juda katta e’tibor qaratilgan. Kanada qonunchiligida parlament vakillarining korrupsiyaga aralashishi Konstitutsiyaga qarshi harakat va hatto davlatga xiyonat bilan baravar holat sifatida baholanadi. Ushbu davlatlarning barchasida ko‘rib chiqilayotgan masalalar bilan alohida vakolatli tashkilotlar shug‘ullanadi. Alohida e’tiborga molik jihatlaridan biri — mazkur davlatlar jamoatchiligida har qanday iqtisodiy maxinatsiyalar va korrupsiya holatlariga nihoyatda qattiq salbiy munosabat shakllanganligi. Jamiyatda ushbu illatlarga nisbatan shakllangan bunday fikr ularga qarshi kurashda juda katta tayanch nuqtalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Xitoy, Hindiston, Filippin, Mo‘g‘iliston va Vetnam kabi davlatlar ham keyingi yillarda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda katta muvaffaqiyatlarga erishganini alohida ta’kidlash joiz. Ularda ba’zi o‘ziga xos yondashuvlar ham qo‘llanilmoqda. Masalan, Filippinda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashda keng jamoatchilik kuchiga tayanilganligini ko‘rish mumkin. Aholining katta qismiga xizmat qiluvchi kichik savdo shoxobchalarida “Chekni talab qil” kabi aksiyalarning o‘tkazilishi ularda bankdan tashqari pul aylanishiga barham berishga xizmat qilgan. Dunyo amaliyotida O‘zbekiston uchun ham qiziqish uyg‘otadigan ko‘plab o‘ziga xos boshqa yondashuvlar ham mavjud. Yuqorida qayd etilgan yig‘ilishda mamlakatimiz rahbari tomonidan juda muhim, ta’kidlash kerakki, asosiy qadam qo‘yildi — eng yuqori darajadan turib muammoning mavjudligi va uning darajasi to‘g‘risida baralla aytildi, uni qisqartirish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. Endigi masala vazifani tezlikda hal qilish, ya’ni muammoga qarshi kurashish borasida puxta ishlangan strategiyani ishlab chiqish. Belgilangan ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bir g‘oya ayniqsa muhim, u ham bo‘lsa, davlat, biznes va keng jamoatchilikning yaqin hamkorligini ta’minlash.
Download 76.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling