O‘zbekistonda iqtisodiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlari. Mundarija: Kirish


Bosh prokuratura huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tashkil etildi


Download 76.72 Kb.
bet6/17
Sana05.01.2022
Hajmi76.72 Kb.
#230368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
iqtisodiy jinoyatlar

Bosh prokuratura huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tashkil etildi

Bosh prokuratura huzuridagi departament Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti etib qayta tashkil etildi.


25 may 2018, 18:20   Iqtisodiyot  

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga aylantirildi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23-may kuni imzolangan farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatda departament vazifalari va vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish holatlari davom etayotgani bilan izohlanadi.

Departament Bosh prokuratura huzuridagi mustaqil ixtisoslashgan huquqni muhofaza qilish organi hisoblanadi. U iqtisodiy va korrupsion jinoyatlar, jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo‘yicha tezkor qidiruv faoliyatini olib borish, tergov oldi tekshiruvini o‘tkazish, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplash kabilarni amalga oshiradi.

Departament tuzilmasida Iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi, Axborot-tahlil bo‘limi va Tashkiliy-nazorat bo‘limi tashkil etildi.

1-iyuldan prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import shartnomalari kompleks ekspertiza markazi departamentga shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi zarur axborotlarni taqdim etishni boshlaydi.

Departamentga Markaziy bank va Moliya vazirligidan bank hisoblari va yagona g‘aznachilik hisobi bo‘yicha davlat pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq ma’lumotlarni so‘rash va olish huquqi beriladi.

Prokuratura, ichki ishlar, Davlat soliq qo‘mitasi organlari, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, soliqlar va to‘lovlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘liq tushishini ta’minlash, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar va soliqqa oid qonunlar buzilishining oldini olish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.



(muqaddimaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ko‘rilayotgan tezkor chora-tadbirlar natijasida soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni noqonuniy ishlab chiqarish va sotish hamda boshqa iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq holatlar muntazam ravishda aniqlanmoqda.

Shu bilan birga, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi tezkor bosh boshqarma faoliyati ushbu xizmat oldiga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob bermaydi:

ishda batartiblik va izchillik yo‘q, sa’y-harakatlarning mayda buzilishlar va jinoyatlarga qarshi kurashga tarqoq holda yo‘naltirilishiga yo‘l qo‘yilmoqda, korrupsiya, iqtisodiy va soliqqa oid jinoyatlarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablarni topish va cheklash mahorati yetishmayapti;

bevosita soliq xizmatlari, tergov organlari, tezkor-qidiruv bo‘linmalari xatti-harakatlarida lozim darajali va zarur aloqa, uyg‘unlik yo‘q, natijada qonun normalarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari uchun jazo muqarrarligi prinsipining bajarilishiga erishilmayapti;

kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va almashtirib turishning amaldagi tizimi jiddiy yaxshilashni talab qiladi.

Iqtisodiyot va soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Soliq sohasidagi qonun buzilishlariga qarshi tezkor kurashish bosh boshqarmasi bazasida va uning mavjud shtatdagi xodimlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (keyingi o‘rinlarda “Departament” deb ataladi) va uning joylardagi bo‘linmalari tashkil etilsin.




Download 76.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling