O'zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish


Download 255.76 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi255.76 Kb.
#1552796
  1   2   3   4

"O'zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish"
Reja
1. Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni va namoyon bo‘lish shakllari
2. Iqtisodiy mutanosiblikning mazmuni va turlari
3. O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish
Iqtisodiyotning inqirozlarsiz, barqaror va samarali rivojlanishi uchun uning turli tomonlari, sohalari, tarmoqlari va bo‘laklari o‘rtasida ma’lum muvozanat bo‘lishi taqozo etiladi.
Iqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan xilma-xil faoliyatlarni, turli sohalar, tarmoqlar, bo‘linmalar, majmualar, birlashmalarni, moliya, bank, soliq, sug‘urta, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqalarni o‘z ichiga oluvchi o‘ta murakkab tizim bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning yaxlit tizim sifatida samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi muvozanatlik va mutanosiblikka bog‘liq bo‘ladi.
«Muvozanat» tushunchasi keng va umumiy holda qo‘llanilib, bu boradagi dastlabki taassurot va aniqliklarni hosil qilishda qo‘l keladi. Chunki, muvozanat tushunchasi nafaqat iqtisodiy, balki tabiiy-ijtimoiy hodisa va jarayonlarga ham tegishli bo‘lib, unga tabiat va jamiyatning har qanday jabha va sohasi nuqtai nazaridan yondashish mumkin. Masalan, kishilik jamiyati tarkib topib, taraqqiy etgunga qadar ham tabiatdagi muvozanatliklar – galaktikadagi koinot jismlarining joylashuvi,
ularning bir-biriga nisbatan o‘zaro harakatlanish doiralari, shu jumladan Quyosh tizimi va uning ichida joylashgan sayyoralarning o‘zaro harakati, sayyoramizdagi ichki tabiat hodisalari – bularning barchasi muvozanatlikka asoslangan. Ya’ni, tabiat hodisalarini yuzaga keltiruvchi turli kuch va harakatlar o‘rtasida tenglik, muvofiqlik holati mavjud bo‘ladi.
Миллий ишлаб чиқариш ҳажми – ялпи таклифнинг нафлилиги
Жамият барча эҳтиёжлари – ялпи талабнинг нафлилик жиҳатидан таркиби
Миллий ишлаб чиқариш ҳажми – ялпи таклифнинг қиймат жиҳатидан таркиби
Жамият барча эҳтиёжлари – ялпи талабнинг қиймат жиҳатидан таркиби
Инвестиция товарлари тури ва миқдори
Истеъмол товарлари тури ва миқдори
Соф экспорт таркибидаги товар ва хизматлар тури ва миқдори
Давлат томонидан харид қилинувчи товар ва хизматлар тури ва миқдори
Инвестиция товарлари тури ва миқдори
Уй хўжаликлари томонидан истеъмол қилинувчи товар ва хизматлар тури ва миқдори
Умумий мувозанатлик
Инвестиция товарлари ва ишчи кучи қиймати
Истеъмол товарлари қиймати
Соф экспорт қиймати
Давлат хариди қиймати
Инвестиция сарфлари қиймати
Уй хўжаликлари истеъмол сарфлари қиймати
Naflilik – bu ne’matlarning inson ehtiyojini qondira olish xususiyati, iste’mol qiymatining namoyon bo‘lishi shaklidir. Yalpi talab va yalpi taklifning naflilik jihatidan tarkibi – bu jamiyatdagi mavjud talablarga turi, miqdori va sifati bo‘yicha mos keluvchi tovar va xizmatlar majmui hisoblanadi. Agar iqtisodiyotda A, V, S va boshqa turdagi tovarlardan talabga yetarli qiymatda yaratilgan bo‘lsa, biroq ularning har biri bo‘yicha miqdor va sifat jihatidan alohida talab qondirilmasa, u holda umumiy muvozanat ta’minlangan deb bo‘lmaydi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslangan holda iqtisodiy muvozanatlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllarini keltirish mumkin

Download 255.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling