O'zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirish
Download 255.76 Kb.
|
Иқтисодий мувозанат
Қамраб олиш даражасига кўра Таъминланиш муддатлари бўйича Умумий мувозанат Хусусий мувозанат Бир лаҳзалик Қисқа муддатли Ўрта муддатли Узоқ муддатли Иқтисодиёт даражасига кўра Иқтисодиётнинг ўзгаришига кўра Амалга ошиш тавсифига кўра Макро- иқтисодий Микро- иқтисодий Статик мувозанат Динамик мувозанат Идеал Реал мувозанат мувозанат Rasmdan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy muvozanatlik real hayotda shart-sharoitga qarab turli shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin ekan. Bundan tashqari, iqtisodiyotning ko‘plab qismlari va sohalari o‘rtasidagi muvozanatlik balanslar ko‘rinishida ham namoyon bo‘ladi. Ayni chog‘da, iqtisodiyotning turli darajalardagi muvozanatligini ta’minlashda balans usulidan keng foydalaniladi. Balans usuli – muayyan maqsadlarga erishishda mavjud resurslar va ulardan foydalanish miqdorlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlash asosida muvozanatlikni o‘rnatishga qaratilgan usullar majmui. Bunda balanslar tizimidan foydalanilib, u o‘z ichiga moddiy (natural), qiymat (pul) va ishchi kuchi balanslarini oladi. Balans usulini qullash orqali umumiqtisodiy, hududiy, tarmoqlararo va ishlab chiqarish ichidagi muvozanatliklarning o‘rnatilishi va miqdoriy jihatdan ifodalanishi ta’minlanadi. To‘lov balansi – ma’lum davr davomida muayyan mamlakatdagi pul tushumlari bilan chet mamlakatlarga barcha pul to‘lovlari o‘rtasidagi tenglikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi. To‘lov balansida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning turli ko‘rinishlari – tashqi savdo, kapital migratsiyasi, litsenziyalar savdosi, transport, turizm, xususiy shaxslar pul o‘tkazmalari va h.k. bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z ifodasini topadi. Ishchi kuchi resurslari balansi – mavjud ishchi kuchi resurslari va ulardan foydalanishning tengligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Mazkur balans iqtisodiyotning mutanosib rivojlanishini ta’minlashda ishchi kuchiga bo‘lgan talab hamda uni qondirish manbalarini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi. Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi – zaruriy mahsulotni pul ko‘rinishini olgan asosiy qismining xarakatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi. Balansning mazkur turi to‘lovga qodir talab va tovarlar taklifi, chakana tovar aylanmasi, puli xizmatlar hajmi va aholi omonatlari o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Download 255.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling