Ekonometrik tenglamalar tizimi uch xilga bo‘linadi:
tizimga bir-biri bilan bog‘lanmagan tenglamalar kiradi. Har biri alohida yechilib, umumiy iqtisodiy-matematik modelning bir qismi bo‘lib qoladi;
tizimga bir-biri bilan bog‘langan statistik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotga ishchilar soni va asosiy fondlar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, ishchilar soni aholi soni bilan va asosiy fondlar miqdori kapital qo‘yilmalar bilan
bog‘langan. Buning natijasida ekonometrik tenglamalar tizimi quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin:
Y = f (OPF, PPP) RRR = f(L)
OPF = f (KK).
Bu erda Y - asosiy ko‘rsatkich, RRR - ishchilar soni,
OPF - asosiy fondlar hajmi, L - aholi soni,
KK - kapital qo‘yilmalar.
tizimga dinamik xususiyatga ega bo‘lgan tenglamalar kiradi. Bu tizimga kiradigan tenglamalar faqatgina har biri vaqt davrida bog‘lanish borligini aniqlamasdan, ilgari bo‘lgan omillararo bog‘lanish borligini ham tahlil qilish mumkin.
Masalan, bir jarayonni tahlil etish va uning asosiy ko‘rsatkichlarini prognoz davriga hisoblash uchun berilgan ma’lumotlar asosida, ya’ni yalpi mahsulot (VAL), ishchilar soni (RRR), asosiy fondlar (OPF), ish xaqi fondi (ZAR), kapital qo‘yilmalar (KV), har yili ishga kiritiladigan asosiy fondlar (OWF) kabi ko‘rsatgichlarni tenglamalar tizimi orqali yozib chiqamiz:
VAL = f(OPF, PPP) (1)
PPP = f(VAL, ZAR) (2)
ZAR = f(VAL, KV) (3)
OWF = f(KV, OPF) (4)
OPF = f(OPF(-1), KV) (5)
KV = f(FN) (6)
FN = f(ND) (7)
YUqorida keltirilgan tenglamalar tizimi bir biri bilan bog‘lanib, ketma-ket hisoblanadi, ya’ni (7) tenglama echilib, uning natijalari omil sifatida (6) tenglamada kapital quyilmalarni hisoblash uchun ishlatiladi. O‘z vaqtida (6) tenglamaning natijalari (5) tenglamani yechish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |