O’zbekistonda ishlatilayotgan kichik ges lar
Download 4.72 Kb.
|
O’zbekistonda ishlatilayotgan kichik ges lar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
O’zbekistonda ishlatilayotgan kichik ges lar O’zbekistonda ishlatilayotgan kichik GES lar Har biri 6 MVt, umumiy quvvati 12 MVtga teng quvvatga ega ikkita kichik GESdan iborat kaskad Katta Fargʻona kanalining PK 142 to PK 184 hududida barpo etildi. Bir necha yil oldin viloyat hokimligida oʻtayotgan yigʻilishda Oʻzbek-Xitoy qoʻshma korxonalaridan birining rahbari oʻrnidan turib, yigʻlab yuborgudek alfozda, oʻzbekcha-ruschani tatalab: “Gaspadin hakim, biz korxonani tuxtatadi, yurtimizga kaytib ketadi Bu yerda ishlab bulmaydi, har kuni 5-6-marta elektr uchadi. Endi stanokni yurgizadi, elektr uchadi, endi stanokni yurgizadi elektr uchadi. Rabochiy smena tugaydi. Stanoklar ishdan chikadi, kapital kuyadi, chto za bespredel ne panimayu...” deb shikoyat qilgani esimda. Darhaqiqat, elektr energiyasi ishlab chiqarish va taʼminotida sobiq ittifoq davridagi har jihatdan eskirib, demografiya, fan-texnika taraqqiyoti bilan bogʻliq talab va ehtiyojlarga javob bera olmay qolgan tizimdan xalqimiz koʻp yillar aziyat chekib, iqtisodiy rivojlanishimiz oqsab yurgani ham sir emas. Shu boisdan mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyot va undan koʻzlangan oliy maqsad xalqimizning farovon hayotini taʼminlashning eng muhim omillardan biri boʻlgan elektr energetikasi sohasini rivojlantirishga iqtisodiy strategiyaning ustuvor yoʻnalishi sifatida katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari asosida respublikamizning ayrim viloyatlarida issiqlik elektr stansiyasi, gidroelektr stansiyalar qurish, mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan loyihalarda ham oʻz ifodasini topmoqda. Jumladan, Namangan viloyatida loyiha qiymati qariyb 1 milliard 200 million dollarlik, 900 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasi qurib foydalanishga topshirildi va bugungi kunda mazkur inshootda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi isteʼmolchilarga uzluksiz yetkazib berilmoqda. Shuningdek, bu sohada ekologiya, tejamkor mahsuldorlik nuqtayi nazaridan qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalari boʻyicha yirik loyihalar ustida izchil ish olib borilmoqda. Har biri 6 MVt, umumiy quvvati 12 MVtga teng quvvatga ega ikkita kichik GESdan iborat kaskad Katta Fargʻona kanalining PK 142 to PK 184 hududida barpo etildi. Inshoot yiliga 72,89 million kVt.soat elektr toki ishlab chiqaradi. Bu esa Uchqoʻrgʻon tumanidagi 48 ming xonadonni uzluksiz ekologik toza va qayta tiklanuvchi elektr energiyasi bilan taʼminlash imkonini beradi. Texnik-iqtisodiy asoslari “Gidroproyekt” AJ tomonidan ishlab chiqilgan loyihaning umumiy qiymati 31 million dollar boʻlib, shundan 22,3 million dollari “Oʻzgidroenergo”, qolgan qismi esa Xitoy Xalq Respublikasining “Eksimbank”i tomonidan moliyalashtirildi. Kichik GESlar kaskadining 2017-yil iyun oyida bosh pudratchi “Toʻpalang hpd building” unitar korxonasi tomonidan boshlangan qurilish ishlari jarayonida nisbatan juda qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, montaj va sozlash ishlarida “Andijon GES”, “Fargʻona avtomat raschet”, “Maxsus Gidro Energo Montaj”, “Andijon Gidro Energo Montaj”, “Esan”, “Oʻzbekgidroenergoqurilish” korxonalari ishtirok etdi. Jarayonga jalb etilgan 52 ta maxsus va yirik texnika vositalari yordamida 793 ming m3 tuproq, 57,6 ming m3 beton ishlari bajarildi. Inshoot qurilishiga 1 ming 776 tonna armatura, 20,4 tonna kompozit armatura, 293 tonna metall konstruksiya sarflandi. Kichik GESlarga “Junda”, “Huaxin” “TBEA”, ”Hanzhong”, “TBEA”, ”PEARL”, “Pinggao”, “Sieyuan”, “Arteche”, ”Sieyuan”, “Jinguan”, ”Fushun” singari dunyo kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan mexanik va elektrotexnik asbob-uskunalar oʻrnatildi. GESning eng muhim elementi boʻlgan 4 ta gidroturbina “Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi tomonidan tayyorlab berildi. Bugungi kunda kuniga 140 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarilib, isteʼmolchilarga yetkazib berilmoqda, – deydi Katta Fargʻona kanali Kichik GESlar kaskadi unitar korxonasi direktori A.Kamolov. – Bu umumiy quvvatning 50 foizini tashkil qiladi. Qoradaryoning Kuyganyor plotinasida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan kaskad hozircha yarim quvvat bilan ishlab turibdi. Rekonstruksiya ishlar tugallangach, loyiha boʻyicha toʻliq quvvat bilan ishlashga oʻtiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT http://fayllar.org Download 4.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling