O’zbekistonda Islomiy moliyalashtirishga asosan loyihalarni amalga oshirish 2004 yildan boshlangan va bu
Download 29.84 Kb.
|
islom moliya asosiy mustaqil (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekiston uchun ITBG portfeli moliyalashtirish usullari kesimida
Islomiy moliyalashtirish O’zbekiston iqtisodiyoti uchun yangi yo’nalish bo’lib, unga biznes tarafdan ham, aholi tomonidan ham ehtiyoj mavjud. Muqobil moliyalashtirish mahsulotlarining paydo bo’lishi aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanishga bo’lgan imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Lekin mavjud kutishlar islomiy moliyalashtirish sohasida ehtimoliy mijozlarning tajribasi va bilimi yo’qligi sababli hamda bank va moliyaviy qonunchilikning yetarli darajada takomillashmagani bois, jiddiy tarzda buzib ko’rsatilishi mumkin. Musulmon mamlakatlarda shariat me’yorlarining bir xilda talqin etilmasligi, islomiy moliyalashtirish sohasida malakali mutaxassislarning yetishmovchiligi sharoitida islomiy moliyaviy mahsulotlarni tartibga solish bilan bog’liq xatarlar ham mavjud. Globallashuv va jahonda ketayotgan innovasion o’zgarishlardan orta qolmaslik maqsadida O’zbekiston hukumati islomiy moliya yoki sherikchilikka asoslangan banking sanoatini rivojlantirish bo’yicha yo’l xaritasini ishlab chiqishi tavsiya etiladi. Ushbu yo’l xaritasi mavjud qonunchilikni (bank faoliyati, soliq, qimmatli qog’ozlarga doir qonunchilikka qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish) takomillashtirish, targ’ibot ishlarini olib borish, islomiy moliya infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni va davlat sektorini rivojlantirish, islomiy moliya xizmatlari bozorini rivojlantirish, ilmiy-o’quv ishlarini olib borish va investorlar bilan ish- lashni o’z ichiga olishi lozim. Shu bilan birga har bir bajariladigan tadbir bo’yicha mas’ul idora va muddat belgilanishi maqsadga muvofiqdir /
ITBga 2003 yilning sentyabrida Olma-Otadagi bankning yillik yig’ilishi doirasida qo’shildi. 2004 yilda O’zbekiston Xususiy sektorni rivojlantirish bo’yicha islom korporasiyasiga a’zo bo’ldi. ITBning O’zbekistondagi vakili o’z faoliyatini Toshkentda 2006 yilning oktyabrida boshladi. Hozirgi kunda O’zbekiston ITB guruhiga kiruvchi yana ikkita tashkilotning a’zoligiga qo’shilish masalasini ko’rib chiqmoqda. Bular Investisiyalar va eksport kreditlarini sug’urtalash islom korporasiyasi (ICIEC) va Xalqaro islom savdo-moliya korporasiyasi(ITFC). Moliyalashtirish usullari kesimida birinchi o’rinni istisno (talab asosida qurib berish) egallasa, murobaha (bo’lib to’lashga sotish) va ijara (lizing) shartli ravishda ikkinchi va uchinchi o’rinni egallaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, qurilishga yo’naltirilgan loyihalar moliyalashtirishning asosiy qismini tashkil etadi, ya’ni bu irrigasiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish, yo’l qurilishi, maktab, kollejlar qurilishi va boshqa loyihalarni o’z ichiga qamrab oladi. XSRIK tomonidan moliyalashtirishning asosan murobaha vositasi keng qo’llaniladi va uning 70% dan ortig’i banklar orqali moliyalashtirish liniyalariga to’g’ri keladi, qolgan 30% esa to’g’ridan-to’g’ri moliyalashtirishdir. Xususiy sektorning bu loyihalari iqtisodiyotning turli tarmoqlari, xususan, farmasevtika, sog’liqni saqlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalar rivojiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. XSRIK tomonidan 2010 yilda 5 million dollar ustav jamg’armasi bilan tashkil etilgan «Toiba lizing» kompaniyasi ham xususiy sektor vakillariga o’zining shariatga muvofiq keladigan lizing (ijara) xizmatlarini taqdim etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib (2010–2017) mazkur kompaniya tomonidan 26,3 mln. dollarlik 200 dan ortiq loyiha moliyalashtirilgan. Loyihalarning asosiy ulushi (45,4%) qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarish tarmog’iga to’g’ri keladi, yengil sanoat (14,87%), transport xizmatlari (4,96%) va oziq-ovqat ishlab chiqarish (4,95%) mos ravishda 2, 3 va 4-o’rinlarni egallaydi. Qolgan tarmoqlarning ulushi umumiy 29,8% va yakka tartibda olganda 4% dan kamroqni tashkil etadi. O’zbekiston uchun ITBG portfeli moliyalashtirish usullari kesimida
Download 29.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling