O`zbekistonda jurnalistika


Gazeta ham ­– zar, zarning qadrini esa zargar biladi


Download 26.34 Kb.
bet4/4
Sana09.05.2023
Hajmi26.34 Kb.
#1449012
1   2   3   4
Bog'liq
O`zbekistonda jurnalistika

Gazeta ham ­– zar, zarning qadrini esa zargar biladi
Bir oʻlmas haqiqatni takrorlashdan tolmaymiz: elektron nashrlarning moʻjizalarga boy imkoniyatlari nechogʻli eʼtirof etilmasin, ularning hech biri bosma nashrlar salmogʻi oʻrnini bosmaydi, bosolmaydi. Axborot turli manbalardan olinishi mumkin, fikr-tafakkur esa gazetadan ­– bevosita mutolaa orqali olinadi. Ijtimoiy fikr gazeta orqali charxlanadi, boyitiladi, kamolga yetadi. Gazeta ­– tarixiy solnoma, uni yuz yildan keyin ham koʻzga surtib oʻqishadi.
Sohaga doir amaldagi qonunlarda muassis huquqlari aniq-tiniq belgilab qoʻyilgan. Chunonchi, muassis oʻz nashrining doimiy faoliyati uchun javobgar hisoblanadi, xususan, moliyaviy qiyin holatlarda joniga ora kiradi. Nazarimizda mazkur huquqiy asosni jiddiy takomillashtirish payti kelgandek. Tuman gazetalaridan tortib, tarmoq va soha nashrlarigacha muassis bilan munosabatlari atroflicha va taʼsirchan yoʻlga solinmogʻi darkor. Shu maʼnoda, bir muddat faoliyatdan toʻxtab qolgan “Yoshlar ovozi” gazetasi muassis ­– Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi yordami bilan qayta chop etila boshlangani ibratli voqea boʻldi.
Jurnalistika ­– ijodiy jarayon maydoni, jurnalist ­– ijodkor shaxs. Tarixga nazar tashlansa, qachon va qayerda boʻlmasin, matbuot muayyan qarama-qarshiliklar olamida yashagan, faoliyat yuritgan. Ana shunday eng murakkab sharoitlarda ham jurnalistikani va jurnalistni ijodiy mahorat qutqargan. Xaloskor kuch ­– ijodiy mahoratda! Soʻzdan qudratli kuch yoʻq. Munosabatlar, muloqotlar “changalzori”da eng toʻgʻri yoʻlni topish ham, eng maʼqul yechim topish ham soʻzning zimmasiga tushadi. Soʻz esa qalami oʻtkir, mahoratli ijodkor jurnalistga boʻysunadi, uning izmida, ilkida hayotbaxsh, jangovar qurolga aylanadi.
Yangi Oʻzbekistonimizda shakllanayotgan, toblanayotgan yangi jurnalistika, yangi matbuot va yangi jurnalistlar avlodi hayot va zamon koʻndalang qoʻyayotgan har qanday muammoning oqilona yechimini topa oladilar, deb ishonamiz. Zero, matbuot va jurnalistika ­– matonatlilar, topqirlar, zukkolar maydoni!
Download 26.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling