O’zbekistonda kibersportni ommalashtirish va unda loyiha boshqaruvining ahamiyati


Download 124.47 Kb.
bet6/7
Sana22.02.2023
Hajmi124.47 Kb.
#1222955
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
cybersport maqola lasttt)sd (4) (2)

Xulosa va takliflar
Bugungi kunda jamiyatda, davlat boshqaruvida, yangi innovatsiyalarni yaratish, ularni prognoz qilish va to’gridan-to’gri investitsiyalarni jalb qilishda loyiha boshqaruvining o’rni va ko’lami juda kengligi va bu bilan birga kibersport auditoriyasini bugungi kunda 500 milliondan ortgani, kibersportning inson va uning ongiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi haqida aniq ilmiy faktlarning kundan kunga ortayotgani shuningdek yurtimizda bu mavzuda hali ilmiy tadqiqotlar olib borilmagani mavuzimizning dolzarbligini yana bir bor isbotlaydi. Tadqiqotimiz birinchilardan bo‘lganligi bois ayrim kamchiliklar sodir etilganligi ehtimoldan yiroq emas. Biz adabiyotlar tahlilidagi bir qator psixologik va ilmiy tarzdagi horij olimlarining bir qator fikrlarini va metodologiya qismimizda ko’rsatib o’tilgan so’rovnomamizdan olgan ma’lumotlarni olib imkon boricha xulosa va takliflarimizni keltirib o’tamiz.
Metodologiyamizda ko’rsatib o’tilganidek biz tadqiqotni amalga oshirishda so’rovnoma usulidan foydalandik. Endi esa shu so’rovnomadan olingan ma’lumotlar orqali biz tadqiqotimizga o’z hulosamizni beramiz.
Birinchidan Universitet talabalarining asosiy qismi loyiha boshqaruvi haqida to’liq ma’lumotga egalar ular loyiha boshqaruvini hayotning har bir jabhasida davlat boshqaruvi o’zlarining ish va o’qish faoliyatlarida hattoki o’z oilalarida ko’rishadi. Albatta bu ma’lumotlarni respondentlarning og’zaki fikrlariga tayanib aytmoqdamiz. So’rovnoma qatnashuvchilarining bunday yuqori ko’rsatkichda loyiha boshqaruvi tushunchasiga ega ekanliklariga sabab yuqorida aytib o’tilganidek biz tanlab olgan auditoriyaning asosiy qismiga loyiha boshqaruvi fani ta’lim rejalariga kiritilganidir. Ammo biz boshqa universitet talabalari yoki oliy ta’limda tahsil olmaydigan yoshlardan bu so’rovnomani o’tkazsak loyiha boshqaruvi haqida to’liq ma’lumotga ega ekanliklari ko’rsatkichi bu darajada yuqori bo’lmasligini bilamiz.
Ikkinchidan so’rovnomada biz ikkita bir-biridan ozgina bo’lsada yiroqroq bo’lgan soha ya’ni loyiha boshqaruvi va kibersport sohalarini bir-biriga bog’lash va bu orqali qanday natijalarga erishish mumkinligiga ko’proq urg’u berdik.Bundan tashqari adabiyotlar tahlilidagi psihologik va ilmiy olimlarning kibersport haqida bildirgan ijobiy fikrlaridan biz shuni hulosa qildikki kibersport ommalashuvi davlat va jamiyat uchun ijobiy moliyaviy ko’rsatkichlarga olib keladi.
Bu borada men tadqiqotchi sifatida yuqorida fikrlari keltirib o’tilgan Olixov Nikita Eduardovich fikriga mutloq qo’shilaman.Chunki ilmiy statistikalarga tayanadigan bo’lsak Elektron sport o’yinlarining aksariyat homiylari bundan 20 yil oldin faqatgina kompyuter periferiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bo’lgan bo’lsa hozirda esa bunday kompaniyalar homiylarning juda kam ulushini tashkil qiladi. Bunga sabab homiylikka talabgorlarning ko’p qismi E-sports (Electron sports) ga deyarli aloqasi bo’lmagan kompaniyalardir. Ularni homiylikka undovchi eng katta sabab bu albatta kiberpsortda bo’lib o’tuvchi online translyatsiyalar va turnirlardagi auditoriyaning juda keng ko’lamidir.

Uchinchidan so’rovnomada ko’rsatib o’tilganidek talaba yoshlar o’rtasida kibersportga qiziquvchi yoshlar juda ko’p ya’ni 75.5% ni tashkil qiladi. Bu esa o’z navbatida kibersport loyihalariga bo’lgan talabni yuqori ekanligini ma’lum qiladi. Bu ko’rsatkich so’rovnoma ishtirokchilarining qolgan qismi mutloq kibersportga qiziqmaydi degani emas ya’ni ularning 20.6% o’z qiziqishlarini o’rta deb baholaganlar.Bundan shuni hulosa qildikki O’zbekistonda kibersportga bo’lgan talab yuqori.

To’rtinchidan biz psihologik olimlar eng avvalo psiholog va raqamli tehnologiyalar bo’yicha mutaxassis Dmitriy Gulyaev fikrlani o’rganib uni internet tarmog’idagi ma’lumotlarga tayanib tahlil qildik. Biz bu olim fikrlarini tasdiqlaymiz ya’ni kibersport inson ongiga aqliy qobiliyatlarni rivojlanishi, fazoviy fikrlash(ya’ni tasavvur) ning kuchayishi, reaksiya va visual hotiraning rivojlanishiga, intizom va o’zini boshqarishni taminlanishiga olib keladi va sportchining olgan ko’nikmalari albatta unga hayot davomida hizmat qiladi.

Tadqiqotdan umumiy olingan xulosa shuki mamlakatimizda kibersportga oid ko’plab loyihalar yaratilishi va uni amalga oshirilishi lozim.Tadqiqotimizdan shuni bilib oldikki kibersport ommalashuviga, uning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan loyihalarga yurtimizda ko’plab talab mavjud.Bundan tashqari yoshlarimizning aksariyati bunday loyihalarga tayyorliklari, shu kabi loyihalarni qo’llab-quvvatlashlashadi deb hulosa qildik. Bunday loyihalar qilinishi albatta o’rinli bo’ladi degan umiddamiz.


Biz tadqiqotimiz davomida o’zlashtirgan bilimlarimizdan kelib chiqib bir necha takliflarni ham berib o’tishni lozim topdik:


Birinchidan kibersportga talabalarning qiziqishlari va bu sohaga jiddiy sport turi va kelajak sporti deb qarashlaridan kelib chiqib universitetlarda o’z rasmiy klublarini tashkil qilish, ularga o’z universitetlarida turnirlarga tayyorlanish uchun bootcamp(turnirlarga tayyorlanish uchun mo’ljallangan xona) larni tashkil qilish kerak degan taklif paydo bo’ldi.Bu bilan birga universitet xozirgi davr siyosatini qanchalik qo’llab-quvvatlashini yoshlarga ko’rsatishi va bu loyiha boshqaruvi uchun ham amaliy namuna sifatida ishlashi mumkin. Bu orqali biz universitetning turli xil ichki va tashqi yutuqlarga erishadi degan umiddamiz.
Tashqi yutuqlarga misol qilib universitetni boshqa ta’lim muassalaridan ajratib turuvchi yana bir jihati paydo bo’lishi.Universitet yoshlarning qiziqishlariga qanday qarashi va ularni qay darajada qo’llab-quvvlatlashini ko’rsatib berishi va hohlagan kibersport turnirlarida o’z kiberpsort jamoasi orqali qatnashishi mumkin.
Ichki yutuqlarga misol qilib esa yurtimizda kibersport karyerasini qurishga imkon yaratib beruvchi hali birorta ta’lim oliygohi yo’qligini va bunga talab kattaligini hisobga olsak, universitet o’z talabalariga kibersport karyerasining boshlang’ich nuqtasi vazifasini bajarib bera olish imkoniyatiga ega bo’ladi.Bundan tashqari universitetda ichki turnirlarni tashkil qilish talabalarga ko’ngil ochar dastur sifatida hizmat qiladi.
Ikkinchidan ilmiy kuzatishlar orqali yoshlarga ayniqsa maktab yoshidagi bolalarga kerakli sharoitning yo’qligi ya’ni ota-onalar tomonidan turli xil bu sport turiga qarshiliklar bo’lishini bilamiz. Buning oldini olish uchun esa televideniya va internet tarmoqlari orqali bu sport turi haqida ijobiy fikrlarni shakllantirish kerak ekanligini taklif qilmoqchimiz.


Download 124.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling