O’zbekistonda kibersportni ommalashtirish va unda loyiha boshqaruvining ahamiyati
Download 124.47 Kb.
|
cybersport maqola lasttt)sd (4) (2)
Natijalar
1-ilovada Google Forms dasturidagi so’rovnomaning 1-savoliga berilgan javoblar foizlarda ifodalangan.Ushbu diagrammadan ko’rishimiz mumkinki so’rovnoma qatnashchilarining 85.3% 20 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan talabalarni o’z ichiga oladi. Bunday katta foizlar anglatadiki biz kerakli auditoriya tanlashga to’g’ri yondashdik.Chunki kibersportchilarning asosiy qismi aynan shu yoshdagilarni qamrab oladi.Bunday yondashuvga yana bir sabab universitetda 4-kurslarga project management ya’ni loyiha boshqaruvi fani o’tiladi.Biz esa loyiha boshqaruvi haqidagi so’rovnomada aynan shu talabalar respondentlik qilishlari tarafdori bo’ldik va shunday natijaga etishdik.Diagrammada ko’rishimiz mumkinki 7.8% ni 25 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan talabalar qamrab olgan.Qolgan 6.9% esa 15 yoshdan 20 yoshgacha bo’lgan talabalar qatnashgani ma’lum bo’ldi. 2- ilovada esa so’rovnoma respondetntlarini qay darajada loyiha boshqaruvi (Project management) tushunchasiga, bilim va ko’nikmalariga ega ekanliklari ko’rsatilgan.Bundan ma’lum bo’ldiki ularning 67.6% loyiha boshqaruvi haqida to’liq tushunchaga egalar. Respondentlarning 22.5% Ha lekin to’liq ega emasman degan javobni tanlashgan.Bu respondentlar loyiha boshqaruvi haqida o’zlarini malumotga ega lekin to’liq emas degan fikrdalar. Shu bilan mos ravishda bu ko’rsatkichimizning juda oz miqdorini , ya’ni 9.8% ni loyiha boshqaruvi haqida tushunchaga ega emas respondentlar tashkil qildi. 3-ilovada so’rovnoma qatnashchilari Kibersportni rivojlantirishda "Loyiha boshqaruvi" metodoligiyasidan foydalanishdagi ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirishgan.Qatnashchilarning eng katta miqdori 91.2% loyiha boshqaruvi katta ahamiyatga ega degan fikrni bildirishgan.Ularning kichik miqdori ya’ni 7.8% kichik o’ringa ega va eng oz midori ya’ni 1% ahamiyatsiz degan fikrni bildirishgan. 4-ilovada keltirilgan diagrammda ko’rishimiz mumkinki ishtirokchilarimizga ushbu savolda 3 ta variant keltirilgan bo’lsa ham respondentlar ularning faqat 2 tasini tanlashgan.Ushbu diagrammadan shuni ko’rishimiz mumkinki respondentlarning asosiy qismi 93.1% yangi istiqbolli loyihalarni yaratish va ularni amalga oshirishda loyiha boshqaruvining o’rnini yuqori deb baholashdi.Ularning 6.9% esa loyiha boshqaruvi yangi loyihalardagi o’rnini o’rtacha deb baholashdi. So’rovnomaning ushbu savolining variantlarida “past” degan variant ham bor edi, lekin hech qaysi so’rovnoma qatnashchisi bunday variantni tanlamagan. 5-ilovada savol yuqorida aytib o’tilgandek test shaklida tuzilmagan ya’ni qatnashchilar ushbu savolga o’zlariga ma’qul bo’lgan bir nechta variantlarni belgilashlari mumkin.Yuqoridagi jadvaldan bizga shuni ma’lum qiladiki ishtirokchilarning 94 tasi (92.%) O’zbekistonda loyiha menejmenti va kibersportni uyg’unlashtirish orqali maqsadli kibersport loyihalariga erishish mumkin degan fikrdalar.Ushbu uyg’unlashtirish professional kibersportchilarning ortishiga sabab bo’ladi degan javobni esa 85 foiz respondentlar ya’ni ularning 87 tasi tanlashgan.3-savol ya’ni O’zbekistonning jahon kibersport turnirlari va kibersport bozorlarida mavqeining ortishini 83.3% yani 85 nafar respondentlar tanlashgan.Bu ko’rsatkichlar albatta quvonarli holat chunki respondentlar asosan so’rovnomada ijobiy ko’rsatkich ko’rsatishgan .4-javob yani O’zbekistonda loyiha boshqaruvini va kibersportni o’zaro uyg’unlashtirish To’gridan-to’gri investitsiyalarni jalb qilish javobini 71.6% talaba yani 73 nafarni tashkil etadi. 6-ilovada savol fokusini esa biz bunday loyihalar mamlakat turizmiga ijobiy ko’rsata olishi yoki ko’rsata olmasligiga qaratdik so’rovnoma ishtirokchilaridan aniq ha yoki yo’q javoblarni variant qilib berdik va ularning 98% Ha ya’ni bu mamlakat turizmiga ijobiy ta’sir ko’rsata oladi degan qarordalar ularni 2% esa aksincha mamlakat turizmiga loyiha boshqaruvi va kibersportning hech qanday aloqasi yo’q degan fikrdalar. 7-ilovada maqolaning kirish qismida loyiha boshqaruvi va kibersportning qanchalik dolzarbligi haqidagi savollarga javoblarda kibersportning inson va uning ongiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniq faktga tayangan manbalardan foydalanib ko’rsatib o’tgan edik.Bizga qiziq bo’ldiki so’rovnomada qatnashuvchilarimiz bu haqida qanday fikrda ijobiymi yoki salbiy? Qatnashuvchilar biz kutgan javobni berishdi ya’ni ularning eng katta qismi 95% kibersport inson ongiga ijobiy tasir ko’rsatadi degan fikrlarni bildirishgan.Qolgan 5% esa kibersportni salbiy ta’sirini ko’proq deb baholashgan. 8-ilovada diagrammada biz nechi foiz qatnashuvchi kibersportga yuqori qiziqish bildirishi haqida qiziqdik va ularga yuqoridagi savol bilan murojat qildik.Diagramma bizga shuni ko’rsatadiki qatnashuvchilarning 75.5% kibersportga yuqori qiziqishdagi insonlar, ularning 20.6% esa o’z qiziqishlarini o’rtacha deb baholashgan.Ishtirokchilarning 3.9 % esa kibersportga qiziqishlarini past deb baho berishgan. 9-ilova esa bizni juda hayratda qoldirdi biz ishtirokchilarning mamlakatda loyiha boshqaruvi va kibersport jabhalaridagi yangilik ,o’zgarish yoki innovatsiyalarga qanchalik tayyor ekanliklari ularni qo’llab-quvvatlashlari yoki aksincha ularni qo’llab-quvvatlamasliklari haqida bilmoqchi bo’ldik. Respondentlardan esa biz 100% lik aniq javob oldik.Ularning barchasi mamlakatda loyiha boshqaruvi va kibersport jabhalaridagi yangilik va innovatsiyalarni qo’llab-uqvvatlashadi.Ushbu malumotni esa biz yuqoridagi jadvaldan ham olishimiz mumkin. Diagrammaning faqatgina ko’k rangdaligi bizga 101 ta javobdan hammasi bir ovozda ha degan javobni berishganligini anglatib turipti. Biz ishtirokchilarning innovatsiyalarga tayyorligini bilganimizdan so’ng ularga kichik bir loyiha haqida ham fikrlarini bilmoqchi bo’ldik.10-ilovada biz loyiha sifatida Universitetlarda rasmiy kiber klublar ochish to’grisida va bu loyihada loyiha boshqaruvi ta’limoti qanchalik samarali bo’lar edi degan savollar bilan yuzlandik. Ishirokchilarning 89% loyiha boshqaruvining bu kabi loyihalarda samarasi yuqori degan fikrldalar, 9% esa bu ko’rsatkichni o’rtacha deb baholashdi, qolgan 2% esa loyiha boshqaruvi kibersport loyihalarida deyarli ahamiyatsiz yoki ahamiyati past degan qarashlarga egalar. Download 124.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling