O’zbekistonda kibersportni ommalashtirish va unda loyiha boshqaruvining ahamiyati
Download 124.47 Kb.
|
cybersport maqola lasttt)sd (4) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abstract
Mahkam Orifjonov Kokand university O’zbekistonda kibersportni ommalashtirish va unda loyiha boshqaruvining ahamiyati. Orifjonov Mahkamjon Alisher o’gli Qo’qon Universiteti talabasi Maxi2001@email.com Annotatsiya Ushbu maqolada loyiha boshqaruvi va kibersportning qanchalik dolzarb mavzuligi va uning dolzarbligi nimadalagi aniq faktlar yordamida keltirib o’tilgan. Bundan tashqari loyiha boshqaruvi va kibersportning O’zbekiston Respublikasida tutgan o’rni, unga bo’lgan talab, jamoatchilikning bu borada fikri va qarashlari o’rganilgan. Tadqiqotdagi so’rovnomadan va adabiyotlar tahlilidagi ma’lumotlarga tayangan holda loyiha boshqaruvi va kibersportning mamlakatdagi joriy o’rniga turli hil hulosalar va takliflar berilgan. Kalit so’zlar:Project management Cybersport, E-sport, Kibersportchi Gaming arena, Bootcamp, Team, Abstract This article presents with the help of specific facts about how relevant the project management and Cybersport are and what its relevance is. In addition, the role of Project Management and Cybersport in the Republic of Uzbekistan, the demand for it, the opinion and views of the public on this matter were studied. Based on the survey in the study and the data in the literature analysis, various hulosas and proposals were given instead of the current one in the country of Project Management and Cybersport. Kirish: Biz O’zbekiston kibersportida juda ko’plab qilinishi kutilayotgan va hozirda amalda bajarilayotgan ishlarga duch keldik va ularning ko'p qismi loyiha ko'rinishida. Chunki bu ishlarni ko’plab qismi hali bajarilmagandir.Bu ishlarni bajarishda esa loyiha boshqaruvining ya’ni “project management” ning o’rni juda kattadir.Loyiha boshqaruvi bizga belgilangan maqsadlarga tez va samarali erishishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu jarayonda umumiy mаqsаdlar uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan komplekslarning butun tizimi shаkllanаdi vа resurslarni vakolаtli tаqsimlash sxemаsi ishlab chiqiladi.. Biz "loyiha" degan atamani har kuni ishlatamiz.Ushbu maqola loyihani boshqarish asoslari va O'zbekistonda kibersportning ommalashuvini amalda qo'llash va uning ahamiyatini oshirish uchun qilingan loyihalarni o'z ichiga oladi.Odamlar uyushgan inson faoliyatining dastlabki kunlaridanoq loyihalarni amalga oshirishgan. Ov partiyalari tarixdan oldingi ajdodlarimiz loyihalari bo'lgan. Piramidalar va buyuk Xitoy devori ham yirik murakkab loyihalardan biri edi. Hatto kechki ovqatni yaratish kabi oddiy narsa ham loyiha hisoblanadi. Biz O’zbekiston sharoitida loyiha boshqaruvining Kibersportda tutgan o’rnida bir qator muammolarga duch keldik.Bularga loyihalarning rejalashtirilmaganligi, kechikishi, tahlil qilinmaganligi, ping va shu kabi bir nechta muammolarni misol qilib oldik.Kibersportning dunyo bo’yicha auditoriyasini juda keng qamrovliligini hisobga oladigan bo’lsak, mavzu hozirgi kunda juda dolzarbdir.Undagi muammolarni esa global muammo deb hisobladik.Bu esa bizni O’zbekistonda kibersport loyihalari, kibersport bozori, o’yinchilarning saloyihati, hududiy internet provayderlar tezligi va shu kabi hali o’rganilmagan yoki kam o’rganilgan jabhalarini chuqurroq o’rganishga undadi. Bunday dolzarb mavzu haqida maqolalarning kamyobligi va Yurtimizda hali bunday mavzuda ilmiy tadqiqotlar mavjud emasligini ham pedagogik jihatdan katta bir muammo deb atasak bo’ladi. Mavzuning dolzarbligiga yana bir misol qilib biz O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoevning 16.11.2022 dagi PQ-423 sonli qarori haqida aytib o’tishni ma’qul topdik.Qarorda Kibersport Respublikada alohida sport turi sifatida e’tirof etilishi, O’zbekistonda turnirlar sonini, qamrovini va ko’lamini kengaytirish, nufuzli, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish,kibersport turlari bo’yicha ilmiy va o’quv-uslubiy qo’llanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish,ularni nashr etish, O’zbekistonda kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish va sohaga to’g’ridan to’g’ri investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha bir qator bajarilidagan ishlar keltirib o’tilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.11.2022 yildagi PQ-423-son) Kibersportning eng ahamiyatli tomonlaridan biri bu uning ommaviyligi va undagi sovrinlarning miqdori. Kibersport rivojlangan sohalardan biri bo'lganiga qaramay bu soha chuqur o'rganilmagan sohalardan biri hisoblanadi. Endi esa kibersport tarixini ko'rib chiqaylik.Insondan yuksak aqliy va intellektual qobiliyatlarni talab qiladigan eng ommabop o‘yinlar turli musobaqalarga sabab bo‘lgan, natijada kibersport kabi sport turi yuzaga kelgan. Kibersport nima ekanligiga turli yondashuvlarni o'rganib chiqib, biz kibersport ta'rifini tuzdik - bu kompyuter texnologiyalari va ularni boshqaradigan odamlarni sintez qiladigan raqobat jarayoni. Cybersport (Elektron sport yoki kompyuter sporti nomlari bilan ham mashhur) bu kompyuter o’yinlari asosida jamoaviy yoki individual bellashuv bo’lib u 423-sonli Prezident qaroriga muvofiq O’zbekistonda rasman alohida sport turi deb etirof qilingan. Kompyuter sportining butun dunyoda ko'lami va tarqalishi juda keng. Bundan tashqari, zamonaviy O'zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar sharoitida sport sohasi alohida ahamiyatga ega. Katta sport azaldan yetakchi jahon davlatlarining tashqi va ichki siyosatining elementlaridan biri bo‘lib kelgan. Xalqaro sport musobaqalaridagi g‘alabalar davlatimizning xalqaro nufuzini, fuqarolarning vatanparvarlik ruhini yuksaltiradi va bunday natijalarga erishish uchun juda ko'plab loyihalar yaratilishi,uni ommaga elon qilinishi va bu loyihalarni amaliyotga tadbiq qilish uchun loyiha boshqaruvining o'rni juda katta. Download 124.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling