O’zbekistonda kibersportni ommalashtirish va unda loyiha boshqaruvining ahamiyati
Download 124.47 Kb.
|
cybersport maqola lasttt)sd (4) (2)
Metodologiya
Biz avvalgi bobda butun dunyoda kibersport,loyiha boshqaruvi va ularning bog’gliqlik tomonlari va ularni rivojlantirish bo’yicha turli mamlakat olimlari adabiyotlarini tahlil qildik. Biz ushbu bobda tadqiqotimizni metodologik qismini rivojlantirish va adabiyotlar tahlilidagi kamchiliklarni to’ldirish strategiyalarini belgilab olamiz va adabiyotlar qatoriga mamlakatimizda loyiha boshqaruvi va kibersport bo’yicha istiqbolli rejalar tuzamiz. Metodologiya qismini shakllantirish maqsadida biz so’rovnoma usulidan foydalandik.Ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash uchun so’rovnoma ma’lumotlariga tayandik. Buning uchun biz avallo o’zimizga kerakli ma’lumotlar kategoriyasini shakllantirib oldik.Ya’ni so’rovnomada biz so’rovnoma qatnashchilaridan loyiha boshqaruvi va kibersport haqida tushunchalarini bu soha haqida qanday ma’lumotlarga egaliklarini, bu soha to’grisida qarashlarini va qanchalik bu sohaga qiziqishlarini bilib oldik.Ulardan bu ikki sohaning bir-biriga qanchalik bog’liqligi va ularning bu to’grisida fikr-mulohazalarini o’rganib chiqdik. So’rovnomada qatnashuvchilarning asosiy qismi 20-22 yoshgacha bo’lgan yoshlar hisoblanadi.Biz O’zbekistonda ayollarning aksariyat qismi hali kibersport va loyiha boshqaruvi haqida bilim va qiziqishlarini hisobga olgan holda, so’rovnoma respondentlari ichida deyarli ayollar bo’lmasligini ta’minladik.Chunki biz so’rovnomadagi savollarni istemolchilardan yani kibersportga aloqador yoki qiziquvchi shaxslarga berishni maqul topdik.Chunki kerakli auditoriyani tanlash bu so’rovnomadan yanada aniqroq javoblar olish imkonini beradi. So’rovnomani biz talabalar o’rtasida o’tkazdik chunki yuqorida aytilgan maqsadli auditoriya asosan talabalarni tashkil etadi.So’rovnoma Farg’ona viloyati, Qo‘qon shahrida joylashgan “Qo‘qon Universiteti” talabalarining loyiha boshqaruvi va kibersportga bo‘lgan ishtiyoqi metodologiyamizni shakllantirishda mezon qilib olindi. Shu bilan birga ularning asosiy qismini talabalar gavjum joylari, ya’ni oshxona, yotoqxona, auditoriya hamda telegram ijtimoiy tarmog’idagi aynan talabalar uchun maxsus yaratilgan va ular muntazam foydalanadigan Universitet rasmiy kanallaridan jalb qilindi. So’rovnoma asosan google forms dasturida mutloq shaffof shaklda o’tkazildi.Aynan google forms dasturinini tanlaganimizdan maqsa bu so’rovnoma qatnashchilari masofaviy ya’ni online shaklda tadqiqotimizda qatnashishlari va bu bilan birga o’zlariga noqulayliklardan uzoqlashishlari yani o’z vaqtlariga qarab ushbu so’rovnomani to’ldirishlari biz uchun so’rovnoma usulidan foydalanishinishimizga turtki bo’ldi deb hisobladik.Bundan tashqari maqolada statistik ma’lumotlar ham keltirib o’tilgan.Statistik ma’lumotlarni olishda biz kibersport o’yinlarining rasmiy saytlaridagi statistikalaridan foydalandik. Biz tadqiqotimizda so’rovnoma usulidan foydalandik va bu tekshiruvchi va tinglovchilar tushunishiga osonroq bo’lishi uchun biz so’rovnoma savollarini keltirib o’tishlikni ma’qul topdik.So’rovnoma savollari 10 tadan iborat bo’lib ular maqola mavzulari ya’ni loyiha boshqaruvi va kibersportning o’zaro bog’liqlik tomonlariga qaratilgan tarzda tuzilgan.
Download 124.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling