O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi


O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi


Download 52.87 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi52.87 Kb.
#1580120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi

O‘zbekiston “Vatan taraqqiyoti” partiyasi (VTP) 1992 yilning 24 mayida tashkil topdi. VTPning dasturida belgilanganidek, partiya jamiyatning siyosiy tizimidagi faoliyatini parlament partiyasi sifatida tashkil etadi. Partiya o‘z siyosatini davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga saylangan vakillari orqali o‘tkazadi. Buning uchun barcha darajadagi vakolatli hokimiyat organlari sayloviga o‘z nomzodlarini tavsiya etadi va ularni saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi uchun kurashadi.

VTP tarkibida 2000 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, 12 viloyat, 220 dan ziyod shahar va tuman kengashlari faoliyat ko‘rsatdilar. Partiya a’zolarining soni qariyib 35 mingga etdi. Partiyaning markaziy matbuot nashri – “Vatan” ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasi 2000 yil aprelga qadar faoliyat ko‘rsatdi.

Mamlakatda O‘zbekiston Xalq demokratik va “Vatan taraqqiyoti” partiyalarining tashkil topishi bilan bir partiyaviylik tizimiga butunlay barham berildi. SHuningdek, jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlarning qonun chiqaruvchi hokimiyatdagi manfaatlarini ifoda etadigan siyosiy oqimlar va tashkilotlar shakllandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi demokratik tamoyillar, shuningdek amalga oshirilgan huquqiy va siyosiy islohotlar mamlakatda yangi partiyalarning tuzilishiga keng imkoniyatlar yaratib berdi. 2000 yilning aprel oyida “Vatan taraqqiyoti” partiyasi “Fidokorlar” Milliy Demokratik partiyasi bilan birlashdi. Partiyaning vazifalari:

-O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash borasida demokratik jarayonlarni jadallashtirish;

-O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat barpo etish borasida Vatanga sadoqatli xizmat qiladigan insonlarni tarbiyalash;

-O‘zbekiston fuqarolariga o‘z qonuniy huquqlari, erk va burchlarini anglashga ko‘maklashish, ularning siyosiy ongi, madaniyatining rivoji uchun kurashish;

-o‘zbek xalqining milliy an’analariga tayangan holda milliy qadriyatlarni tiklash, boy madaniy merosimizni o‘rganish asosida yosh avlodni tarbiyalash;

-millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, do‘stlik va hamjihatlikni rivojlantirish, har qanday millatchilik, diniy ekstremizm, terrorizm illatlariga qarshi kurash olib borish, dinlararo bag‘rikenglikni, tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlikni targ‘ib qilish;

-davlat ijroiya tizimini takomillashtirish, davlat hokimiyati organlarida iymonli, pok, o‘z Vatani, xalqini sevadigan va elu yurtiga sadoqat bilan xizmat qiladigan rahbar va mutaxassis kadrlarning ishlashiga erishish;

-respublika fuqarolarining turmush darajasini ko‘tarish, ijtimoiy jihatdan muhtoj aholining muhofazasini ta’minlash borasida takliflar ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

-O‘zbekistonning jahon miqyosida o‘z o‘rnini egallashi, dunyodagi ilg‘or davlatlar bilan xalqaro huquq talablari asosida o‘zaro manfaatli aloqalarini rivojlantirish uchun faoliyat ko‘rsatish, milliy manfaatlariga mos keladigan tashqi siyosatni qo‘llab-quvvatlash;

-Partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining saylanadigan lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish, qayd etilgan saylovlarda ishtirok etish, shuningdek, saylangan organlarda faoliyat ko‘rsatish;

-malakali mutaxassislar, byudjet sohalari xodimlari, pedagoglar, shifokorlar, muhandis-texnik va ilm-fan vakillari, xizmat ko‘rsatish sohalari mehnatkashlari manfaatlarini himoya qilish. 

“Adolatt” ijtimoiy-siyosiy gazetasi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy nashri hisoblanadi, gazeta 1995 yil 22 fevralda tashkil etilgan229.

O‘zbekiston “Adolat” SDPning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlarda, shuningdek, barcha tuman va shaharlarda partiyaning mahalliy kengashlari faoliyat olib bormoqda. Partiya o‘z saflariga 157222 ta (2016 y. ma’lumoti) a’zolarni birlashtirgan. 4033 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud. Partiya safida 78670 ta ayollar, 68145 ta 30 yoshgacha bo‘lgan a’zolar faoliyat yuritadi. Partiyaning markaziy matbuot nashri - «Adolat» ijtimoiy-siyosiy gazetasidir230. Partiya oxirgi saylov – 2014 y. 21 dekabrdagi saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 20 ta, mahalliy vakillik organlari kengashlarida 834 ta deputatlik o‘rnini egalladi. To‘rt marta Prezidenlikka saylovlarda o‘z nomzodi bilan ishtirok etdi231.


Download 52.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling