O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi


O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi


Download 52.87 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi52.87 Kb.
#1580120
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (MTDP) 1995 yil 3 iyunda tashkil topdi. O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O‘zbekistonning globallashib borayotgan jahonda munosib o‘rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz faxrlanadigan milliy an’analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo‘lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bunday shaxslar – partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillarida boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash, o‘zlikni anglash, milliy g‘oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma’naviy hayotida diniy an’analarni tiklash kabi xayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. Ushbu ishni sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarish, uning samaradorligini oshirish zarur.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining yangilangan asosiy siyosiy shiori: “Maqsadimiz – O‘zbekiston fuqarosi ongida o‘z mamlakatining tarixiy o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalash va mustahkamlash!”. Partiyaning asosiy maqsadi:

–Davlatning yangi xalqaro sharoitlarda va geosiyosiy voqelikda milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish yuzasidan amaliy qadamlarining taktik va strategik maqsadlari va vazifalari zamirida milliy tiklanish va rivojlanishning umumiy mafkurasi va keng qamrovli dasturi mavjudligi – bizning muqaddas orzumiz va strategiyamiz bo‘lgan - yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti, xalq farovonligi – umummilliy g‘oyasi atrofida jamiyatimizni birlashtirishga asoslangan yo‘lini O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O‘zMTDP) qo‘llab-quvvatlaydi.

Partiyaning oliy rahbar organi Partiya Qurultoyi bo‘lib, u kamida besh yilda bir marta chaqiriladi. Partiyaning matbuot nashri - "Milliy tiklanish" ijtimoiy-siyosiy gazetasi232.

SHuningdek, partiya amal qiladigan asosiy siyosiy prinsiplar sifatida quyidagilar e’lon qilindi: MA’NAVIYAT, VATANPARVARLIK, UMUMMILLIY BIRDAMLIK, XALQ HOKIMIYATI, ADOLATLILIK va BAG‘RIKENGLIK233.

Partiya tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari 5578 ta boshlang‘ich tashkilot va 190000 partiya a’zolarini birlashtirib turadi. Partiyaning matbuot nashri – “Milliy tiklanish” gazetasi hisoblanadi.


Download 52.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling