Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlimning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari Reja
Download 4.87 Kb.
|
Turayeva Shodiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- E’tiboringiz uchun rahmat
Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha taʼlim fakulteti Maktabgacha taʼlim yoʼnalishi 2-kurs 201 guruh talabasi Turayeva Shodiyaning Maktabgacha taʼlim meʼyoriy asoslari fanidan yozgan TAQDIMOTIOʼzbekistonda maktabgacha taʼlimning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari Reja:1.O’zbekistonda maktabgacha ta’limning paydo bo’lishi. 2. Mustaqillikdan keyingi yillarda MTTning rivojlanishi O’zbekistonda maktabgacha tarbiyaning yuzaga kelishi o’tgan asrning 10-20 yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Turkistonda bolalarni gimnaziyaga kirishga tayyorlovchi xususiy bolalar bog’chalaridan tashqari boshqa maktabgacha tarbiya muassasalari bo’lmagan. . Biroq 1919 yilda davlatdagi siyosiy va iqtisodiy holat munosabati bilan o’sib kelayotgan avlodning sog’ligini saqlash, oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalari bilan shug’ullanuvchi “Bog’chalarni himoyalash Kengashi” tuzildi. Maktabgacha tarbiya ishini aniq tashkil qilish uchun 1918 yilda respublikada Toshkentning eski shahri o’zbek bolalari uchun 4-bolalar bog’chasi tashkil qilindi. 1919 yilda esa Samarqandda 2-bolalar bog’chasi va 3-bolalar uyida maktabgacha guruhlar ochildi. 1926 yilga kelib maktabgacha ta’lim muassasalarida (jami 40 ta) 2000ga yaqin bolalar bo’lgan.O’zbekistonning mustaqil davlat maqomini qo’lga kiritishi bilan jamiyatning ijtimoiy muammolari yanada ko’paydi va keskinlashdi. Birinchidan, siyosiy, ma’naviy, iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarning almashishi, ikkinchidan, bu davrda ijtimoiy muammolarni yaxshi tushunmaslik oqibatida ro’y berdi.O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta(lim tizimida maktabgacha ta(lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o‘qishga intilishini va bilim olishga bo’lgan dastlabki qiziqishini uyg‘otadigan muhim bosqichga aylantirildi.
Bugungi kunda respublika bo’yicha jami 4916 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 668 497 nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Shuningdek, yurtimizda 194 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatib, ularga 11 746 nafar tarbiyalanuvchilar qamrab olingan.Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015-2016 yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi (2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasida qayta tashkil etish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi.E’tiboringiz uchun rahmatDownload 4.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling