O’zbekistonda maxsar plantatsiyasining juda kamligi ishlab chiqarishda biroz muammolarni yuzaga keltiradi, yani kun sayin istemolchilarning yog’ga bo’lga talabining ortib borayotganini etiborga olsak bo’ladi


Download 16.04 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi16.04 Kb.
#1435691
  1   2   3
Bog'liq
Talaba bbb


Talaba
+99891 712 14 03
@allayorovanasiba9gmail.com
Loyiha haqida qisqacha tarif

Loyihaning kelib chiqishi

Bu loyihaning kelib chiqishining asosiy sabablari bu hozirgi kunda mamlakatimizda maxsar plantatsiyalarining soni kamligi va yog’ga bo’lgan ehtiyojning ortganligi sababli hamda maxsar yog’i bir qancha kasalliklarga davo ekanligini keltirib o’tsak bo’adi. Bunga misol qilib oladigan bo’lsak gul qismidan shikastlangan sochlar, quyoshdan himoya qilish, davolash va oldini olishda va juda quruq terining lipid qatlamini tiklash uchun qarishga qarshi kurashishda va antiaksidant xususiyatli ekanligi, gullariga ishlov berilganda tarkibida gilikozidlarni mavjudligi gilikozidlar qandli diabetning oldini olishda va davolashda qo’llaniladi. Shu sababdan maxsar plantatsiyasini tuzishni tanladim.

Mavjud muammo

O’zbekistonda maxsar plantatsiyasining juda kamligi ishlab chiqarishda biroz muammolarni yuzaga keltiradi, yani kun sayin istemolchilarning yog’ga bo’lga talabining ortib borayotganini etiborga olsak bo’ladi. O’rta Osiyoda faqat O’zbekistonda- Jizzax, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida lalmi yerlaridagina maxsar plantatsiyalarini ko’rishimiz mumkin. Maxsar yog’ining sifati va uning tarkibi boshqa yog’larga nisbatan yaxshi ammo yog’ olish uchun o’zimizda maxsar plantatsiyalarining yo’qligi shu bilan birga qayta ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilmaganidir.

Taklif etilayotgan yechim

Bu loyihada biz asosan birinchi navbatda plantatsiyani tashkil qilish uchun bizning hudud yani Surxondaryo iqlimi va sharoiti juda ham mosligi sababli plantatsiyani tashkil qilish va ekin tayyor bo’lgandan keyin yog’ olishni yo’lga qo’yish keyinchalik yog’ni qayta ishlashni rivojlantirishdir. Maxsardan faqatgina yog’ olib qolmasdan qishloq chorva mollar uchun to’yimli bo’lgan kunjara olish, va sanoatda bargi va navdasidan esa kartamin pigmenti borligi uchun sariq va qizil tabbiy bo’yoqlar olinadi, maxsar tarkibidan olinadiga yog’ning tarkibi kungaboqar yog’idan unchalik farq qilmaydi.

Amalga oshish muddati

Bu loyihani amalga oshirish uchun bizdan ko’p mablag’ talab etilmaydi. Shunchaki almashinib ekishni to’g’ri yo’lga qo’ysak maqsadga muvofiq bo’ladi. Loyihani amalga oshirish uchun 1- 2 yil o’rtacha vaqt ketadi maxsar 1 yillik o’simlik hisoblanadi. Maxsar suvsizlikka, issiq iqlimga va shu bilan birga maysalar -6 -7 gradus sovuqlikka ham bardosh bera oladi, pishib yetilguncha 3-4 marta sug’oriladi. Maxsar urug’i asosan Efiopiya va Afg’onistondan keltirilgan hozirgi kunda o’zimizda ham yetishtirilib chiqariladi. Pishib yetilish davri 95-135 kunni tashkil qiladi.

Loyiha budjeti



Biz loyihani boshlanishiga 5 gektarda plantatsiya tashkil qilmoqchimiz. 1 gektar maydonga 12 kg maxsar urug’i orasini 30-45 sm uzoqlikda ekiladi. 1 kg maxsar urug’i 8 ming so’m. 5 gektarga 60 kg urug’ ketadi. 60 kg urug’ning Narxi 460 ming bo’ladi. Urug’ni ekishdan 1 oy oldin yerga ishlov beriladi bunda 1 gektarga 200 kg ammafos o’rta hisobda olinadi. 5 gektar uchun 1 tonna ammafos sarf bo’ladi. 1 kg ammafosning naxi 6 ming so’mdan 1 tonna amafos 6 milion bo’ladi. Maysalar unib chiqqandan keyin har hil zararkunandalarga qarshi dorilar bilan suspenziya qilinadi o’rtacha hisobda 3 milion. Shu bilan birga yerga mahalliy o’g’it eritmasidan solinadi o’rtacha 2 milion. Loyiha orqali 3 kishini ish bilan taminlaymiz. Ishchilarga oylik maosh 1.500 dan 4 oy uchun 6 milion. Yerga ishlov berish uchun texnikadan foydalanamiz 5 milion. Bu loyihaga jami 22 milion 460 ming so’m xarajat ketadi.



Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling