O’zbekistonda maxsar plantatsiyasining juda kamligi ishlab chiqarishda biroz muammolarni yuzaga keltiradi, yani kun sayin istemolchilarning yog’ga bo’lga talabining ortib borayotganini etiborga olsak bo’ladi


Download 16.04 Kb.
bet3/3
Sana06.05.2023
Hajmi16.04 Kb.
#1435691
1   2   3
Bog'liq
Talaba bbb

Maqsadlar va vazifalar

Muammoni yechish orqali erishilishi kutilayotgan maqsadlar

Agar plantatsiyasini tashkil qilib olsak albatta 1-2 yil ichida biz o’zimiz xoxlagan maqsadga erisha boshlaymiz. Agarda maxsar o’simligini yetishtirsak istemolchilarga sifatli sog’lik uchun zararsiz, tez hazm bo’luvchi yog’ va margarin maxsulotlarini olamiz. Bundan tashqari sovun olish va kunjara olishni ham yo’lga qo’ysak bo’ladi. Maxsardan olinadiagn kunjara chorvachilikni rivovlantirishda keng o’rin tutadi. Maxsar chorva mollari uchun ham ekiladi misol uchun qorako’l qo’ylarini boqishda va tuyalar uchun eng yaxshi hashak sifatida ekiladi. Shu bilan birgalikda maxsardan tibbiyot soxalarida ham dori darmon olishda keng qo’llaniladi.

Maqsadga elituvchi vazifalar

Bu loyihani bajarishimiz uchun albatta yaxshi urug’ navlari va almashinib ekiladigan yer tanlashimiz kerak. Yer unchalik ko’p suv bo’lmagan joyda bo’lsa ham bo’ladi. Shunchaki urug’ unib chiqandan keyin 3-4 marta sug’orilsa bo’ldi. Maxsar boshqa o’simliklar o’smaydigan joyda ham o’saveradi uning tomirlari 1-2 metrgacha chuqirlikka kirib boradi. O’z vaqtida maxsar o’simligiga ishlov berilsa biz kutilgan natijaga erishamiz.

Amalga oshirish muddati

Muddat va muddatlarning haqiqatga yaqinligi

Biz loyhaning amalga oshish muddatini o’rta hisobda 2-3 yil deb oldik. Aslida maxsar o’simligi 1-2 yillik hisoblanadi, lekin biz almashinib ekishni yo’lga qo’yishimiz uchun biroz vaqt talab qilinadi. Almashinib ekishni to’g’ri yo’lga qo’yganimizdagina biz ko’zlagan maqsadga yetishishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda ishchi kuchi va yetarlicha mablag’ kerakli bo’ladi. Maxsar ko’p suv talab qilmaydi faqatgina o’sish davrida o’z vaqtida sug’orilsa bo’ldi.

Manbalar

Loyiha jamoasi azolari va muhim shaxslar

Bu loyihaga O’z hissasini qo’shgan Termiz Muxandislik-Texnologiya Insituti Sanoat texnologiyalari fakulteti oziq-ovqat kafedrasi o’qituvchisi Bo’riyev Hakim. U kishi loyihaning hozirgi holatiga kelgunicha yordam berib keldi.

Download 16.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling