Ko‘p yillik sport tayyorgarligining tuzilishi. Qisqacha mazmuni


Download 92.76 Kb.
bet1/6
Sana20.11.2023
Hajmi92.76 Kb.
#1789308
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu


KO‘P YILLIK SPORT TAYYORGARLIGINING TUZILISHI.
Qisqacha mazmuni.
Sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligi tuzilishini aniqlovchi asosiy omillar sportchi organizmining o‘sishi va rivojlanishining yoshga bog‘liq fiziologik bosqichlari, adaptiv jarayonlarning shakllanish qonuniyatlari hisoblanadi.
Uzoq muddatli mashg‘ulotlarning quyidagi bosqichlari mavjud: boshlang‘ich yoki dastlabki, asosiy umumiy tayyorgarlik, ixtisoslashtirilgan asosiy tayyorgarlik, individual imkoniyatlarni maksimal darajada ro‘yobga chiqarish, yutuqlarni saqlash va sportga moslashish.

    1. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarini aniqlovchi omillar.

Ko‘p yillik tayyorgarlikning davomiyligi va tuzilishi quyidagi omillarga bog‘liq:

  1. inson organizmining o‘sishi va rivojlanishining qonuniyatlari;

  2. sportning biror turini olib boruvchi funksional tizimlarning adaptatsion jarayonlarning shakllanishi qonuniyatlari;

  3. sportchining individual va jinsiy o‘ziga xosligi, ularning biologik yetilishining templari;

  4. sportchining qaysi yoshdan boshlab shug‘ullangani, shuningdek maxsus trenirovkaga qachon kirishgani;

  5. trenirovka jarayonida qo‘llaniladigan vosita va usullar, yuklamalar dinamikasi, trenirovka jarayonining strukturalarini paydo bo‘lishi;

  6. yuklamalardan keyin organizmni tiklash uchun qo‘llaniladigan qo‘shimcha stimulyasiya omillaridan foydalanish. Ushbu omillar quyidagilarni aniqlaydi:

a) ko‘p yillik tayyorgarlikning umumiy davomiyligini (sportdagi staj);
b) yuqori sport ko‘rsatkichlariga erishish uchun zarur vaqt;
v) sport natijalariga erishilgan yosh;
Ko‘p yillik tayyorgarlik quyidagilarni hisobga olishi kerak:

  1. Eng yuqori yuklamalar hajmini sportchining optimal yoshida individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda yaqinlatirish.

  2. Morfofunksional rivojlanishdagi nomutanosiblik, endokrin tizimning keskin qayta tuzilishi, sport natijalari barqarorligining pasayishi, jismoniy mashqlardan keyin tiklanish jarayonlarining sekinlashishi bilan kechadigan rivojlanishning pubertal davridagi mashg‘ulot jarayonini diqqat bilan rejalashtirish.

  3. Erta sport ixtisoslashuvi, qoida tariqasida, sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan qiziqishning pasayishiga, yuqori sport natijalarini, sportni tark etishga sabab bo‘ladi.

  4. Mashg‘ulot jarayonining faollashishi sport yutuqlarining tez o‘sishiga olib keladi va shu bilan birga sportchilarning eng yuqori saviyada chiqishlari muddatini qisqartirdi.

  5. Individual yosh rivojlanishini hisobga olgan holda yuklamalarning hajmi va intensivligini optimallashtirish zarur.

  6. Sportchi tanasining emotsional, aqliy, funksional va jismoniy charchashiga olib keladigan "ijobiy" va "salbiy stereotiplarning" namoyon bo‘lishini hisobga olish zarurati. Organizmning emosional – ruhiy, funksional va jismoniy zaiflashishiga olib keluvchi “ijobiy” va “salbiy streotiplarining” ko‘rinishini hisobga olish zarur.

  7. Sportning bir turi(disiplina)dan ikkinchi turi(dislipna)ga o‘z vaqtida o‘tish.


    1. Download 92.76 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling