Ko‘p yillik sport tayyorgarligining tuzilishi. Qisqacha mazmuni
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida ish dinamikasining hajmi va intensivligi
Download 92.76 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intensiv ishning umumiy hajmi %
- Ko‘p yillik tayyorgarlikni rejalashtirish.
- O‘smirlar razryadidagi bokschilarning vositalarini hajmini va yuklamalar intensivligini yillik rejalashtirish.
- Tayyorgarlik yo‘nalishi Tayyorlov davri Musobaqa oldi davri
- Musobaqa O‘tish davri
- Oylar IX X XI
- Tramplindan suvga sakrovchilar uchun yillik mashg‘ulot siklining taxminiy reja-jadvali. Mashg‘ulotlarning 3 – yili uchun
- Tayyorgar-likning yo‘nalishi Tayyorlov Musobaqa
- Musobaqa O‘tish Yil davomida IX
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida ish dinamikasining hajmi va intensivligi.
Organizmning jismoniy yuklamalarni ko‘tara olishini adaptasion imkoniyati bir necha yillar davomida asta –sekin ortib boradi, shuning uchun katta hajmdagi va intensivligi yuqori bo‘lgan ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichida sekinlik bilan o‘sishi lozim, adaptasiya rivojlanishidan o‘tib ketmasligi kerak.(35-jad.) Ko‘p yillik tayyorgarlikni rejalashtirish. Sportchilar uchun ko‘p yillik mashg‘ulotlar rejasi ularning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, sport tajribasi, mashg‘ulot sikllari va boshqa omillarga qarab 2, 3 yil va undan ko‘proq muddatga tuziladi. Ko‘p yillik rejani tuzishda dastlabki ma’lumotlar va uning samaradorligini baholash quyidagilardan iborat: eng yaxshi natijalarga erishish uchun mashg‘ulotlarning davomiyligi va ularning toifadan toifaga o‘sish sur’ati, yuqori sport natijalariga erishish uchun optimal yosh, sportchining individual xususiyatlari, mashg‘ulot joylarining moddiy-texnik ta’minoti va boshqa omillar. 36- jadval. O‘smirlar razryadidagi bokschilarning vositalarini hajmini va yuklamalar intensivligini yillik rejalashtirish.
Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida yillik rejalashtirish ko‘pincha sport turi bilan, sport dissiplinasi va tayyorgarlik bosqichi bilan aniqlanadi. Sportning asiklik turlarida, masalan boksda tayyorgarlikning yillik siklini rejalashtarishda hajm, intensivlik va qo‘llanadigan vositalar sportning boshqa turlari va dissiplinalaridan keskin farqlanadi. (36-jad.) Boksda yuklamalarni yillik rejalashtirilishi ikkita sikl tuzilishiga ega, qishki va yozgi chempionatlarniki. Yuklamalarning xarakteristikasi asosida mashqlarni bajarish intensivligi va ularning soatlardagi davomiyligi yotadi. O‘smirlarda UJT - 42,6 %, YOJT - 27,2%, MJT – 27,7%, musobaqa tayyorgarligi – 3% ni tashkil etadi. 37- jadval. Tramplindan suvga sakrovchilar uchun yillik mashg‘ulot siklining taxminiy reja-jadvali. Mashg‘ulotlarning 3 – yili uchun
Suvga sakrovchilarning tayyorgarlik vositasini rejalashtirish sportning atletik turlaridan farqlanadi, atletik turlarda e’tibor kuch, tezlik va chidamlilikni rivojlantirisha beriladi. Suvga sakrovchilar tayyorgarligida e’tibor ko‘proq texnik tayyorgarlik va harakat koordinasiyasini rivojlantirishga qaratiladi. (37-jad.) Bob bo‘yicha xulosalar. Inson yoshiga bog‘liq tananing o‘sishi va rivojlanish qonuniyatlari uzoq muddatli tayyorgarlik bosqichlarini belgilaydi. Iqtidorli sportchi ko‘p yillik mashg‘ulot bosqichlarini tezroq bosib o‘tadi. Ko‘p yillik mashg‘ulotlar bosqichlari qat’iy ketma-ketlikka, vazifalar ketma-ketligiga, yuklarni bosqichma-bosqich oshirishga va tanlangan sport turi bo‘yicha mutaxassislikni rivojlantirishga ega. Ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarining maqsadi: sportchining sportga yaroqliligini, yuqori natijalarga erishish qobiliyatini, iqtidorini va qobiliyatini aniqlash; sportchining motivatsiyasini tarbiyalash, rivojlantirish va takomillashtirish, eng yuqori sport natijalariga erishishga intilish. Download 92.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling