Ko‘p yillik sport tayyorgarligining tuzilishi. Qisqacha mazmuni


Ixtisoslashtirilgan bazali tayyorgarlik bosqichi


Download 92.76 Kb.
bet3/6
Sana20.11.2023
Hajmi92.76 Kb.
#1789308
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

Ixtisoslashtirilgan bazali tayyorgarlik bosqichi.
Ixtisoslashtirilgan bazali tayyorgarlik bosqichining maqsadi sportga qobiliyatini aniqlash va sport ustasi bo‘lish istiqboli; sportda yuqori sport natijalariga intilish tarbiyalanadi.
Bosqich ikki qismga bo‘linadi: umumiy va ixtisoslashtirilgan. Bosqichning umumiy (birinchi) qismining vazifasi: UJT va YoJTni keng qo‘llash, o‘xshash sport turlari va mashqlaridan foydalanish, ularning ko‘nikma va malakasini takomillashtirish. Birinchi qismining asosiy vazifasi sportchini sportning turli xillarida tekshirib ko‘rish va aniq bir turida uning qobiliyatini aniqlash. Bosqichning maxsus (ikkinchi) qismining vazifasi: maxsus tayyorgarlik sport turida qobiliyatini rivojlantirish.
Trenirovkalar hajmi jihatdan maksimalga yaqinlashtiriladi (75 – 85 % SU), lekin pastroq intensivlikda. Organizmning funksional imkoniyatlarini tezlik-kuch, murakkab koordinasion yoki chidamlilik mashqlariga, portlovchi kuchga va hokazolarga moyilligi aniqlanadi. Nerv-muskul apparati va energetik mexanizmlarning qayta qurilishi natijasida tezlik-kuch va koordinasion to‘siqlar paydo (natijani o‘sib borishini to‘xtatish) bo‘lishi mumkin. Bosqich sportchi I kattalar razryadi yoki sport ustaligiga nomzod (SUN) normativini bajarganda tugaydi.
Shaxsiy imkoniyatlarni maksimal darajada amalga oshirish bosqichi.
Ushbu bosqichda tanlagan sport turi va chuqur ixtisoslashtirish uchun tanlangan musobaqa disiplinalari bo‘yicha maksimal natijalarga erishish rejalashtirilgan. Ushbu bosqich har bir sport turi bo‘yicha yuqori sport natijalariga erishish uchun qulay yoshga to‘g‘ri kelishi kerak.
Maqsadi – sportchining jahon va Olimpiada o‘yinlarining chempioni bo‘la olish imkoniyatini aniqlash: sportchila oliy sport yutuqlari rekordlarni egallash uchun intilishni tarbiyalash.
Vazifasi: sport turlarida va dasturlarida chuqurroq ixtisoslashish, musobaqa amaliyotini keskin ko‘tarilishi va unga tayyorgarlik, tez rivojlanishni kuchli adaptasiyasi va “ishchi gipertrofiyasini” keltirib chiqaruvchi trenirovka vositalaridan foydalanish.
Umumiy hajm va intensivligi maksimalga yaqinlashadi (chempionlik), haftalik mikrosiklda mashg‘ulotlar soni 15-20 taga va ko‘proqqa yetib boradi, integral tayyorgarlikning (musobaqa) ahamiyati ko‘tariladi. Eng katta natijalarga funksional rivojlanishning tabiiy cho‘qqisi mashg‘ulot yuklamalarining eng yuqori cho‘qqisiga to‘g‘ri keladigan sportchilar erishadilar. Erkak sportchilar Jahon va Olimpiya chempioni bo‘lishi uchun 3-4 yil davomida kuchli trenirovkalar qilishi kerak. Ayollarda bu davr qisqaroq o‘tadi – 1-3 yil. Sport turi taktik-texnik tomondan murakkab o‘zaro harakatda bo‘lsa, mohirlikni egallash uchun shuncha ko‘p vaqt ketadi, masalan sport o‘yinlarida.

Download 92.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling