O’zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilishini yanada takomillashtirish yo’llari


Download 285.17 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi285.17 Kb.
#1119216
1   2   3   4
Bog'liq
Qishloq xo\'jalik iqtisodiyoti Xolmurodova Laylo

Ikkinchi – ayrim fermer xo'jaliklari yetarlicha aylanma mablag'lar, zarur texnika va boshqa moddiy-texnik resurslarga ega emas. Bu qishloq xo'jaligi ekinlarining hosildorligiga, shartnoma majburiyatlari bajarilishiga va fermer xo'jaliklarining rentabelligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Uchinchi – ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani va ayrim rahbarlarning,

jumladan, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro viloyatlari sobiq hokimlarining shaxsiy mas'uliyatsizligi sababli bir qator tumanlar va fermer xo'jaliklarida kutilgan darajada paxta hosili olinmadi.

Kosonsoy, Angor, Muzrabot, Qiziriq, Sherobod, Quyichirchiq, Qo'shtepa tumanlarida paxta sotish bo'yicha shartnoma majburiyatlari 60-65 foiz darajasida qolib ketgan. Zarbdor, Paxtakor, Arnasoy, Mirzaobod, Xovos, Sardoba, Guliston, Chust va Bekobod tumanlarida davlat zaxirasi uchun g'alla yetkazib berish majburiyatlari bajarilmagan. Ana shu faktlarning har biri bo'yicha majlis bayonida printsipial va qat'iy baho berish zarur.

Qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirishda fermer ho’jaliklarining o’rni.

Fermer xo’jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-harajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko’paytirishdan iborat.

SHuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktyabrdagi “Fermer xo’jaliklari yer maydonlarini optimallashtirish to’g’risida”gi F-3077- sonli va 2009 yil 22 oktyabrdagi “Fermer xo’jaliklarining yer uchastkalari hajmlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-3287-sonli farmoyishlarining amalda ijrosini ta’minlash orqali fermer xo’jalilari faoliyatini samaradorligini yanada oshirish fermerlarning yerning haqiqiy egasi sifatida xolis va oshkora tan olish, ish asosda yer va boshqa resurslardan oqilona va samarali foydalanish, kelgusida hsildorlikni oshirish hamda xo’jaliklarning moliyaviy ahvolini qishloq xo’jalik daromadlarini o’sishni ta’minlashga qaratildi.


“Kichik hajmdagi yerga ega bo’lgan fermer xo’jaliklari uchun tijorat banklaridan kredit va asosiy vositalarni lizinggga olish muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Ba’zi hollarda bank lizing kompaniyalari asosiy vositalarni lizinga berish uchun xo’jalik yer maydonini kamida 40-50 gektar bo’lishini talab etmoqda. CHunki bunda kam hajmdagi yer maydoniga ega bo’lgan xo’jaliklar o’z faoliyatidan olingan sof daromad hisobiga lizing to’lovlarini to’lashga qiyinchilikka duch keladilar”19. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 29 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2015 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi 1455- sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan viloyat hokimining 2015 yil 10 yanvardagi № 5 sonli qaroriga muvofiq 2015 yilda viloyat iqtisodiyotiga moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan jalb etilgan kapital qo’yilmalar hajmi 655,5 mlrd. so’mga teng bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,2 foizga bajarilgan. Viloyatda 2015 yilning yanvar-dekabr oyi davomida markazlashgan investitsiyalar jami 147,2 mlrd. so’mni tashkil etib, shundan Respublika byudjeti 78,3 mlrd. so’mni, byudjetdan tashqari jamg’armalar mablag’lari 28,9 mlrd.
so’mni, chet el investitsiyalari va Davlat kafolati ostidagi kreditlar 39,9 mlrd. so’mni tashkil etdi. SHuningdek, markazlashmagan investitsiyalar 508,2 mlrd. so’mni, ya’ni korxonalarning mablag’lari 196,4 mlrd. so’m, tijorat banklarining kreditlari va boshqa qarz mablag’lari 85,4 mlrd. so’m, to’g’ridan-to’g’ri jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar 25,7 mlrd. so’m, aholi mablag’lari hisobidan 200,7
mlrd. so’mni tashkil etadi.

Download 285.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling