O’zbekistonda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirilishini yanada takomillashtirish yo’llari


Download 285.17 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi285.17 Kb.
#1119216
1   2   3   4
Bog'liq
Qishloq xo\'jalik iqtisodiyoti Xolmurodova Laylo

baholash mumkin.

Qishloq xo’jaligi yer fondini qo’llab-quvvatlash va sifatini yaxshilash, paxta ekiladigan yerlarni optimallashtirish, boshoqli don ekinlari, sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik uchun ajratilgan maydonlarni kengaytirish hisobidan ekin amyydonlari tarkibida o’zgarishlarni amalga oshirilgan islohotlarning yana bir yo’nalishidir. Buning natijasida O’zbekistonning g’alla mustaqilligiga erishganligi, aholi jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari – go’sht, sut, tuxum va meva-sabzavot mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga erishganligi bilan to’liq ta’minlashga erishilganli bilan izohlash mumkin. Mamlakatimiz kelgusidagi meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish, qayta ishlash va eksport qilish bo’yicha ulkan imkoniyatlar mavjud. O’zbekiston noyob tuproq-iqtim sharoiti, quyoshli kunlar bir yilda 320 kun bo’lishi, barcha to’rt faslining izchil almashinuvi keng turdagi yuqori sifatli meva va sabzavotlarning asosiy navlarini yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Ekin maydonlari tarkibi optimallashtirish natijasida, ―Andijon, Kosonsoy, Chortoq, O’rta Chirchiq, O’zbekiston va Buvayda tumanlarida paxta ekin maydonlari qisman qisqartiriladi, Asaka, Yangiyo’l va Jomboy tumanlarida paxta ekishdan butunlay voz kechildi. Shu asosda paxtadan bo’shagan 30 ming gektardan ortiq sug’oriladigan yerdan don ekinlari, sabzovot, kartoshka yetishtirish yo’lga qo’yildi, bog’ va uzumzorlar barpo etildi. Natijada 2012-2014 yillarda paxta yetishtirish hajmi saqlangan holda, sabzavot yetishtirish 16.3 foiz, poliz ekinlari 16.6 va meva yetishtirish qariyb 21 foizga o’sdi. 2017 yildan e`tiboran respublikamizning ko`plab tumanlarida paxta va g`alla maydonlari qisqartirilib meva-sabzavot va poliz ekinlari maydonlarini kengaytirishga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.

O`zbekiston respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev 2016 yil yakunlariga bag`ishlangan ma`ruzasida qishloq xo`jaligidagi holatga alohida to`xtalib o`tdi. “2016 yilda qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni va tarkibiy o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish bo'yicha tizimli ishlar davom ettirildi. Shu bilan birga, 2016 yil uchun belgilangan prognoz ko'rsatkichlar va ustuvor vazifalarni bajarishni ta'minlamagan ayrim rahbarlarga bugun hukumat majlisida alohida baho berishni zarur, deb hisoblayman. Birinchi – bu yer maydonlarini optimallashtirishdagi kamchiliklar. Toshkent, Namangan, Jizzax, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bu jarayon talab darajasida o'tkazilmagan. Xalq deputatlari tuman Kengashlari tomonidan fermer xo'jaliklarini tashkil etish bo'yicha nomzodlar tanlashda jiddiy xatolarga yo'l qo'yilgan.


Download 285.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling