O’zbekistonda milliy xavfsizligiga tahdidlar va unga nisbatan O’zbekistonning pozitsiyasi


Download 20.34 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi20.34 Kb.
#207383
  1   2
Bog'liq
9-topshiriq



O’zbekistonda milliy xavfsizligiga tahdidlar va unga nisbatan O’zbekistonning pozitsiyasi.

Hozirgi davrda yuksak ma’naviyatli barkamol avlodni tarbiyalash yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish bilan bevosita bog‘liqdir. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. Karimov yozganidek: “Agarki mendan , hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalombor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim.” Haqiqatan ham xalq, millat o‘zining tarixi bilan tirik va tarixiga tayanib kelajagini barpo etadi. “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.”

Bugungi kunda jahon tinchligi va xavfsizligiga tahdid solayotgan jiddiy muammo–xalqaro terrorizmning avjiga chiqishidir. Terrorchilikka ixtisoslashgan transmilliy uyushgan jinoiy guruhlar faoliyat ko‘lamini kengaytirib, ushbu guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘poruvchilik harakatlari tobora vahshiy va g‘ayriinsoniy tus olmoqda3. Afsuski, xalqaro terrorchilik xavfining

o‘sishi begunoh insonlar ko‘rayotgan jismoniy va ma’naviy zararning ortib borayotganligida namoyon bo‘lmoqda.

Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida insoniyat g‘oyat murakkab va ziddiyatli jarayonning guvohi bo‘lmoqda.

Birinchidan, bu dunyo xaritasida yangi davlatlarning vujudga kelishi, insoniyatning tinch-totuv yashashi va taraqqiyotning o‘ziga xos bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladigan imkoniyatlarning paydo bo‘lishi; ikkinchidan, taraqqiyotga to‘siq bo‘ladigan, demokratik rivojlanishni izdan

chiqaradigan va insoniyat birligiga rahna soladigan g‘oyaviy yo‘nalishlarning vujudga kelishi;

uchinchidan, globallashuv jarayonini jamiyat hayotining barcha sohalariga kirib kelayotgani bilan belgilanadi. Bunday sharoitda “tahdid” tushunchasi hamda amaliyoti o‘ziga xos ma’no va mazmun kasb etadi.

Ushbu vaziyatda jamiyatimizning mustaqil demokratik taraqqiyoti xavfsizligini ta’minlash masalalari haqqoniy ravishda yangi va yanada murakkabroq vazifalarni oldimizga ko‘ndalang qilib qo‘ydi. Global vaziyatda tanlagan yo‘limizdan sobitqadamlik bilan borishimiz uchun hozirgi davr vujudga keltirgan tahdid omillarini har tomonlama chuqur anglash va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llarini izlab topish hamda amaliyotda qo‘llash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda

Shunisi ham muhimki, jahon maydonida xalqaro munosabatlarda harbiy kuch-qudrat emas, balki, intellektual salohiyat, aql-idrok, ilm-fan va ilg‘or texnologiyalar ustuvor ahamiyat kasb etishi mazkur tizimning takomillashuviga,yurtimizda bu borada to‘plangan tajribalarni ommalashtirishga xizmat qilgan bo‘lar edi.Bu tajribaning mazmun-mohiyati va ahamiyati quyidagi strategik omillar

bilan belgilanadi:

Birinchidan, jamiyatni ma’naviy yuksaltirish. Ma’lumki, zamonning shavqatsiz sinovlariga qarshi yuksak ma’naviyati va ma’rifati bilan javob bergan millat hech qachon zavolga yuz tutmagan. Chunki aynan shu omil millatning zamon bilan hamnafasligini ta’minlagan jamiyat hayotiga tahdidlar tug‘ilgan vaziyatlarda o‘ziga xos qalqon vazifasini o‘tagan.

Ikkinchidan, harbiy sohani mustahkamlash. O‘zbekistonning mudofaasi o‘z hududni, davlati va xalqini tajovuzlardan himoya qilish konsepsiyasiga tayanadi. Shu o‘rinda yurtimizda ixcham va yaxshi jihozlangan Qurolli kuchlarni tashkil etishdan maqsad: 1) davlat mustaqilligini saqlash;

2)mamlakatning hududiy yaxlitligini himoya qilish; 3)aholining osuda hayot kechirishini ta’minlash; 4) jamiyat havfsizligini muhofaza qilish ekanini har bir fuqaro yaxshi anglab olishi kerak. Bunday armiyaning tuzilishi mamlakatimizning tabiiy ehtiyoj va hayotiy manfaatlari bilan belgilanadi.




Download 20.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling