O’zbekistonda milliy xavfsizligiga tahdidlar va unga nisbatan O’zbekistonning pozitsiyasi


Download 20.34 Kb.
bet2/2
Sana05.01.2022
Hajmi20.34 Kb.
#207383
1   2
Bog'liq
9-topshiriq

Uchinchidan–iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash. O‘zbekiston iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi, avvalo, xususiy sektorni jadal rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur konetsepsiya mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali jamiyatning iqtisodiy qudratini ta’minlashni nazarda tutadi.

Shuning uchun ham bugun fermerlik va tadbirkorlikni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.



To‘rtinchidan – moliyaviy barqarorlikka erishish. Bu umumiy xarajat yalpi daromaddan oshib ketmasligi, byudjet kamomadi 3 foizdan, inflyatsiya darajasi esa 6-8 foizdan oshmasligini ta’minlash demakdir. Shu yilning birinchi choragida iqtisodiyotni isloh qilish, mamlakatni yangilash va chuqurlashtirish orqali iqtisodiyotni izchil rivojlantirish

tendensiyalari saqlanib qoldi.

XXI asrning dastlabki yillarida to‘plangan tajriba har bir millatning mavjudligi, barqaror taraqqiyoti va xavfsizligi, birinchi galda, yangi tahdid va xavf-xatarlarning manbalari, sabablari, oqibatlari qay darajada anglanayotgani, idrok etilayotgani hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarining aniqligi,

izchilligi va samarasi, bir so‘z bilan aytganda “tahdidbardoshlik” darajasiga bevosita bog‘liq ekanligidan dalolat beradi



Xullas, tahdidbardosh jamiyat taraqqiyotga intiladi hamda u progressive rivojlanishga haqli va vakolatli yagona birlik sifatida jamiyat barhayotligini ta’minlovchi barcha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy immunitetlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Har qanday jamiyatning yashovchanligi uning yuqorida ta’kidlangan immunitetlar darajasi bilan belgilanadi. Tahdidbardosh jamiyatning salohiyati shu bilan belgilanadiki, bunda u har qanday ichki va tashqi, mavjud va ehtimoliy, rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan tahdidlarning oldini olib yoki o‘z vaqtida javob berib, shu tariqa optimal taraqqiyotning davomiyligini ta’minlab boradi. Jamiyatda ezgu va yovuz kuchlar o‘rtasida doimiy raqobat mavjud ekan hamda ular siyosiy leksikonda taraqqiyot va tahdid shaklida talaffuz etilib, ijtimoiy hayotda namoyon ekan, milliy taraqqiyotimizning optimal rivojini ta’minlash uchun jamiyatning tahdidbardoshlik salohiyatini yuksaltirish har birimizning zimmamizdagi mas’uliyatdir.
Download 20.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling