O’zbekistonda moliya bozorini shakllanishi va rivojlanishi


Download 42.47 Kb.
bet2/6
Sana19.04.2023
Hajmi42.47 Kb.
#1365286
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moliyA

Shou-biznes bazor; intellektual tovar bozorining eng yirik turlaridan biri hisoblanadi. Bu bozor yordamida har xiI pullik tomoshalar ko'rsatish yo'li bilan daromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsus firmalar, madaniy-musiqaviy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shug'ullanadi.
Mal(va bozari - bu bozor moliya resurslari, ya'ni pul va pulga
tenglashtirilgan qog'ozlar bozoridir va shu bilan bir qatorda, moliya
tizimini ajrnlmas qismi hisoblanadi. Bunda oldi-sotdi qilinadi, pul
mablag'larining talab va taklifga qarab, erkin harakati ta'minlanadi.
Moliya bozorida firmalar, moliya muassasalari, davlat va aholi qatnashadi.
Moliya bozori keng ma'noda pul bozori, kapital bozori, investitsiya bozori, qimmatli qog'ozlar bozori, valuta bozori, sug'urta bozori va boshqalami birlashtiradi'.
Pul bozori qisqa muddatli kredit bozori, kapital bozori esa uzoq
muddatJi kredit bozori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu bozorda
puldorlar, banklar (vositaehilar) va pulga muhtojlar qatnashadilar,
sotilgan pul narxi esa foizni tashkil etadi. Qimmatli qog'ozlar bozorida
aksiya, obligatsiya, xazina majburiyatlari, sertifikatlar oldi- sotdi qilinadi. Bu bozor fond bozori deb yuritiladi. Qimmatli qog'ozlaming dastlabki sotilishi birlamchi fond bozorida o'tkaziIadi, chiqarilgan qimmatli qog'ozlar obuna shaklida yoki ro'yxat bilan xaridorlarga sotiladi. Ulaming qayta sotilishi ikkilamchi fond bozorida yuz beradi, uni fond birjasi deb yuritiladi. Pul va qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotni boshqarishning muhim yo'llaridan biridir. Bu bozor davlat xarajatlarini kreditlash va bud jet taqchilligini qoplashning manbayi sifatida kaUa ahamiyatga egadir.
Moliya bozori orqali vaqtinchalik bo'sh turgan moJiyaviy
resurslar harakatga keltiriladi. Moliya bozori kapitalini demokratiyalashtiradi, oz miqdordagi moliyaviy resurslami to'plab yirik kapitaIga aylantiradi, ko'pchiIikni
foyda topishdan bahramand etadi. Bozorda kapital egalari vaqtinchalik bo'sh turgan moliyaviy resurslaridan daromad olishni xohlasa, bozoming boshqa qatnashchilari esa, joriy iste'molga yoki tovarlar va xizmatIar ishlab chiqarishga,
qurilishga yoki savdoga investitsiya qilishga ehtiyoj sezishadi.
Aholining jamg'armalari - vaqtinchalik bo'sh moliya resurslarini
taklif qilishdir. Kredit investitsiyalarj vaqtinchalik bo'sh moliya
resurslariga talabgor. Oxir-oqibatda kredit resurslarining talab va taklifi
moliya resurslarining oldi-sotdi jarayoni yuz beradigan o'ziga xos
moliya bozorlarining paydo bo'lishini belgilaydi.
Moliya bozori va ularga faoliyat ko'rsatadigan muassasalari
mamlakatning moliya tizimini tashkil qiladi.
Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy zarurat
bo'igan ko'pgina muhim vazifalarni bajaradi:
1. Jamg'arish vazifasi. Moliya muassasalari tizimi aholiga,
korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog'ozlar -
depozit sertifikatlar, obligatsiyalar shaklidagi pul jamg'armalarining
xilma-xil usullarini taklif qiladi. Moliya muassasalari korxonalar va
uy xo'jaliklarining «vaqtinchalik harakatsiz pullari)~ning xarid
qobiliyatini saqlash va ko'paytirish majburiyatini oladi.
2. Kreditlash vazifasi. Bu - moliya tizimining faol vazifasidir.
U birinchi vazifa bilan chambarchas bog'lanib ketgan, chunki
moliya muassasalarining, xususan, banklarning kredit berish
salohiyatini mamlakat iqtisodiyotida jamg'arilayotgan moliya
mabIag'lari hajmiga bevosita bog'liqdir.
J. To 'Iovlarga xizmat ko 'rsatish vazifasi. Har qanday iqtisodiyotda
tovar, fllo1iya operatsiyalari bilan bog'liq bo'igan to'lovlar doimo
8
va katta hajmlarda amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar
(koTXonalar) o'z xodimlariga ish haqi va mukofotlar beradi,
xomashyo va tovar yetkazib beruvchilarga haq to'laydi, soliqlar va
boshqa majburiy to'lovlami to'laydi va h.k. Bu hisob-kitoblaming
barcha turli-tuman vositalari, jumladan, to'iov topshiriqnomalari,
talabnomalar, akkreditivlar, chekiar, vekseHar, kredit kartochkalari
va h.k. yordamida bajariladi.

Download 42.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling