O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi
Download 0.65 Mb.
|
2023-DISSERTATSIYA45
III bobga xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil etilayotgan yillarda paxta tozalash sanoati korxonalarida paxta xomashyosini ishlab chiqarishda sifatli va pirislash o‘rni katta bo‘lgan. Xususan, Samarqand viloyati paxta tozalash sanoati korxonalarida asosiy ishlab chiquvchi kuchlari paxtachilik sanoati korxonalari tarmoqlaridan iborat bo‘lib, bu kompleksda paxtachilikka xizmat ko‘rsatuvchi yoki uning mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar ko‘p bo‘ldi. Bunday holat Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash zavodlarida ham yuzaga keldi. Paxta tozalash zavodlarining tinim bilmay kecha-yu kunduz faoliyat olib borishi, shaharning ekologik jihatdan havosi chang bilan ifloslanishiga olib keldi. Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash zavodlarida texnik uskunalarning yetishmasligi, chang ushlab qoluvchi filtrlarning mavjudi ham eskirib, ishdan chiqqanligi tufayli sanoat korxonasining o‘zida changlarning yuqori darajada ekanligi, ishchilar salomatligiga va atrof-muhitga salbiy ta’sir etdi. Respublika komiteti o‘tkazgan tekshirishda aniqlashicha paxta tozalash sanoati korxonalarida sifasiz paxta xomashyosini yani tashqarida usti ochiq omborlarda paxtani namlanish xollari kuzatilganligi bois ishlab chiqarishdagi sifati yuqori tola olimmagani, zavodlarda haligacha chek qo‘yilmagan. 1940-1980-yillardagi paxta tozalash sanoati korxonalarida ishlab chiqarishni ijobiy tarafi bilan birga salbiy jihatlari xam ko‘p edi. 1979-yilda sovet davlatining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Samarqand viloyatida ko‘plab kimyo korxonalariga changlarni ushlab qoluvchi uskunalar ajratilishiga qaramay, taqsimlanganda bu uskunalarning sanoat tarmoqlariga nisbatan 30 foizini berdi, xolos. Tozalash uskunalarining yetishmasligi natijasida chiqindilar atrof-muhitni ifloslab keldi. Aholi salomatligi borasida jiddiy ishlar amalga oshirilmas, hatto, atrof-muhitning sanoat tarmoqlaridan ifloslanishiga e’tibor berilmadi. Kimyo, metallga ishlov berish va kimyo gidroliz korxonalari chiqindilaridan tabiat hamda insonlar aziyat chekib keldi. Tadqiqot ishining xulosasiga ko‘ra, 1980-yillar oxiriga kelib, O‘zbekistondagi paxta tozalash sanoati korxonalarining texnik ahvoli ittifoqdosh respublikalardagi texnik uskunalarga qaramlik darajasi yuqori bo‘lgan. Natijada, sanoat korxonalari o‘z-o‘zidan iqtisodiy inqirozga duchor bo‘lgan va texnik talablarga javob beraolmay qolgan. Bunday holatlar ijtimoiy-iqtisodiy tanglikni vujudga keltirdi. O‘zbekistonda olib borilgan iqtisodiy islohotlar faqat markaz manfaati uchun bo‘lib, iqtisodiy rivojda inqiroz aniq edi, chunki rivojlangan davlatlarda bir tomonlama rivojlanish har qanday davlatni qoloq darajaga tushirgan. Jumladan, sobiq ittifoq davrida O‘zbekistonda SSR sanoatining nomutanosib qurilishlari oxir-oqibat o‘zini o‘nglab bo‘lmas inqirozga duchor etdi, paxtachilik bilan bog‘liq sanoatlashtirish, paxta rivojidagi kimyolashtirishning salbiy ta’siri atrof-muhit ekologiyasini tubdan o‘zgartirib yubordi. XULOSA O‘zbekistonda sovet hokimiyati o‘rnatilgan daslabki davrlardan boshlab, O‘zbekiston sanoati yillar davomida avvalo paxtachilikni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasiga aylantirib borilgan edi. Bu sohani rivojlantirish uchun markaz tomonidan irrigatsiya qurilishi va melioratsiya ishlarini jadallashtirishga zarur bo‘lgan mashina va mexanizmlarni hamda paxta tozalash sanoat asbob-uskunalarini ishlab chiqarishga e’tibor yil sayin kuchaytirib borildi. O‘zbekiston SSR sanoatiga bildirilayotgan yuqori talablar bu yerda yangi texnologiyalarni, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini joriy qilish bilan hamohang emasdi. Bu esa muqarrar ravishda belgilangan rejaning bajarilmasligiga va boshqa nomutanosibliklarga olib kelardi, bular ayniqsa sanoatning paxta tozalash sanoati korxonalari, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarida aniq ko‘zga tashlanar edi. Besh yillik rejalarining bajarilishi esa bir tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, asosiy e’tibor mashinasozlikni, metallurgiya, kimyo sanoatlarini, shuningdek, yonilg‘i-energetika majmui tarmoqlarini rivojlantirishga, ayniqsa, gaz qazib olishni ko‘paytirishga qaratilar edi. 1940-1980-yillarda paxta tozalash sanoati Samarqand viloyati bo‘yicha o‘rganilmagan dolzarb mavzulardan birini tashkil etadi. Bu davrda Samarqand ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy holatlar uyg‘unlashib yaxlit tadqiqot ob’ekti sifatida ilmiy jihatdan tahlil qilish va ularga yangicha yondashish, arxiv hujjatlar, adabiyotlarni o‘rganish natijasida mavzuga umumiy xulosalarga kelindi: 1. Respublikadagi rahbar insonlar mustaqil ravishda ichki va tashqi siyosatni yurgizishda mahrum bo‘lganligi, sanoat korxonalaridagi oddiy muommolarga ham markazdagilar maslahatiga qarab ish tutar edi va ularning buyuruqlarini bajaruvchisiga aylantirib qo‘ygan edi. 2. Samarqand viloyatida paxta tozalash, Kattaqo‘rg‘on paxta tozalash (ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi) va ko‘plab zavodlarning yonida paxta omborlari(usti ochiq holda) bir joyda qurilishi, bir-biriga xavfsizlik tizimini inobatga olinmasligi, ishchi xodimlar mehnat muhofazalarining sustligi, sanitar qoidalariga rioya qilinmasligi, bu esa korxonalardagi mehnat unumdorligining pasayib ketishi va unga yaqin joyda yashovchi aholining kasallanishiga sabab bo‘ldi. 3. Samarqand paxta tozalash sanoati sohasidagi texnik uskunalarning ta’mir talabligi, xomashyoni ishlab chiqarishda turlixil texnik nozozliklar aniqlanishi. Ishlab chiqarish uskunalarining talabga javob bermasligi, buning natijasida rejaga muvofiq topshiriq bajarilmasligi holatlari mavjud edi. 4. Ikkinchi jaxon urishi yillarida paxta tozalash sanoati korxonalari faoliyati sutlashib qolganligi va urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda paxtachilik va paxta sanoati korxonalari markaz tomonidan zo‘r berib kuchaytirilib borldi. Markazning faqat bir tomonlama siyosati O‘zbekistondagi boshqa sanoat korxonalarini rivojlanishiga yo‘l qo‘yilmadi. Shuningdek Sanoat ishlab chiqarishning texnika bilan qurollanish darajasi juda past bo‘ldi. 5. O‘zbekistonda paxta tozalash sanoatni rivojlantirish maqsadida respublikaga markazdan maxsus mashinalar, stanoklar va malakali ishchilar yuborildi. Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, shunday korxonalar qurildi. Toshkentda birinchi paxta tozalash zavodi 1881-yili qurildi. 6. Malakali kadrlarning yetishmasligi, xomashyo tanqisligi, asbob-uskunalarning kamligi va boshqa sabablarga qaramasdan urush davrida zavodlarda ish faoliyati nihoyatda zo‘r berib ishlashlar holatlari kuzatildi. Lekin korxonalarda to‘xtab qolish holatlari kuzatildi. Sovet davlati mustamlakasi davrida yurtimiz aholisining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tubdan o‘zgarish davri turli islohotlar zamirida ko‘rinadi. Zero qishloq xo‘jaligiga, dehqonchilik asoslarining natural xo‘jaligiga asoslangan, O‘rta Osiyo davlatlari aholisi o‘zlari uchun butkul yangi bo‘lgan ishlab chiqarish sohasiga o‘tdi. Barcha sohaga ishlab chiqarishning negizi sifatida kirib kelgan zavod fabrikalarning izchil rivojlanishi jadallashdi. Ikkinchi jaxon urushida jang maydonida fidokorona xizmat qilibgina qolmay, ushbu davrda va undan so‘ng urush asoratiga tushdi. Sovet hukumati aholi bandligini oshirish va ishchi kuchidan maksimal darajada foydalanish uchun zavod-fabrikalarning tashkil etilishini jadallashtirish siyosatida ham faol xizmat ko‘rsatdi. Shuningdek, 1980-yillarda paxta bilan bog‘liq sanoatning rivojlanishida og‘ir sanoatning ham keskin darajada oshirdi. Mamlakatda yagona xalq xo‘jaligi, urushdan keyingi yillarda sanoatning rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyati uni rivojlantirishni yuqoriga ko‘tarish, ishlab chiqarishning ko‘p tarmoqli strukturasi paydo bo‘lganligi, fan-texnika yutuqlari tez joriy etilganligi, ishlab chiqarish vositalarining eng ilg‘or turlari o‘zlashtirilganligidadir. Shularning barchasi birlashib sanoatning tarmoq strukturasini takomillashtirishga olib keldi. Respublikada paxta tozalash sanoatni ustun darajada rivojlantirishga imkon beruvchi barcha omillar ko‘plab paxta, pilla, kanop xomashyosi, yoqilg‘i energetika yetarli darajada mavjud edi. XX asrning 40-80-yillarida Samarqand viloyatidagi paxta tozalash sanoati korxonalari tarixini o‘rganish darajasi yuzasidan umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mazkur mavzuga tegishli ma’lumotlar Sovet davridan to hozirgi kungacha o‘rganilgan masalalarni ayrim jihatlari qator maqola va dissertatsiya va risolalarda qisman yoritilib o‘tilgan. Alohida tadqiqot mavzusi sifatida keng qamrovli qilib aynan Samarqand viloyati haqida yoritilmagan. Shuningdek, dissertatsiya yuzasidan quyidagi taklif va tafsiyalar berildi: 1. texnologik uskunalarning asosiy fondlar passiv qismining jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan korxonalarda paxta tozalash sanoati sohasida yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlariga asoslangan tarmoqlarning rivojlantirishning turli yo‘l va choralarini izlab topish; 2. qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish imkoniyatlaridan foydalangan holda, barcha resurslarni jalb qilish; 3. qarovsiz yotgan foydalanilmayotgan binolarda paxta tozalash zavodlarini ekologik jixaddan yagittan tamirlab zamonaviy chang tozlagizlarni qo‘llash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlashda paxtani sifatli ishlash kabi korxonalarni joylashtirish yaxshi natija beradi deb hisoblayman. 1940-1980-yillarda O‘zbekistondagi paxta tozalash sanoati korxonalari faoliyatining ekologik holatga ta’siri, iqtisodiyotning xomashyoga asoslangan bir tomonlama paxtani rivojlantirish, yuzaga kelgan turli ijtimoiy-ekologik muammolarga oid bir qator ilmiy adabiyotlar mavjudligi dissertatsiya ishida keltirib o‘tildi. Mavzuni o‘rganish bo‘yicha adabiyotlarni 3 guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin. Lekin sovet davlati hukmronligi yillarida dolzarb mavzusiga aylangan ekologik muammoga bag‘ishlangan asarlar va ilmiy-tadqiqot ishlari deyarli yaratilmadi. Ayrim asarlarda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga salbiy ta’siri, ayniqsa, ekologik muammolarning jiddiy xavfi masalasi kommunistik mafkura tazyiqi bilan to‘liq ochib berilmaganligi dissertatsiyada aniq misollar bilan ochib berilgan. XX asrning 40-80 yillariga oid Respublikamiz va xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma asarlar, tarixiy hujjatlarni yanada kengroq o‘rganishimiz kerakdir. To‘plangan va isbotlangan ma’lumotlar asosida Samarqand viloyatidagi paxta tozalash sanoati sohasining tarixini ochilmagan qirralarini yanada chuqurroq o‘rganib yoritib berishimiz kerak. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling