O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


III. Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoatining ekologiyaga ta’siri hamda tarmoqlarda kadrlar tayyorlash siyosati va uning oqibatlari


Download 0.65 Mb.
bet14/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

III. Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoatining ekologiyaga ta’siri hamda tarmoqlarda kadrlar tayyorlash siyosati va uning oqibatlari.
3.1. Paxta tozalash sanoati korxonalarining ekologiyaga ta’siri.
Bilamizki jaxonda qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga birlamchi ishlov berish jaroyonida atmosferaga chiqariladigan chang miqdori keskin kamayishiga yo‘naltiriladigan yuqori samarodor elektr tehnologik qurilmalarni ishlab chiqarish hozirgi kun taraqqiyoti uchun dolzarb xisoblanadi. Xozirgi kunda “Xalqaro konsultativ qo‘mita malumotlariga qaraydigan bo‘lsak asosan dunyo bo‘yicha 2017-2018-yil mavsumida 25 mln tonnaga yaqin paxta xomashyosi yetishtirilib oliganini xisobga olsak” paxta xomashyosiga ishlov beruvchi korxonalarida chiqadigan changli havoni tozalaydigan energiya va resurstejamkor tehnologiyalar va mukammal tehnik vositalarni qo‘llash hamda joriy etish yetakchi o‘rinni egallamoqda deb aytishimiz mumkin. Maskur soxada rivojlangan xorijiy davlatlardan, AQSh, Xitoy, Yaponya, Fransiya, Germanya, Xindiston, Brazilya, Rossiya, va boshqa davlatlarda ma’lum bir yutuqlarga erishilgan bo‘lib, ularda tehnologik jarayondan chiqayotgan ifloslangan xavoni tozalashda energiya tejamkor tehnologiyalar va tehnik vositalarni takomillashtirishga aloxida axamiyat berilib kelimoqda. Shuni aytish lozimki jaxonda paxta tozalash sanoatida paxta xomashyosiga ishlov berish uchun ishlab chiqarish jarayonida atmosferaga chiqarilib yuborilayotgan xavoni changdan tozalashning samarali usullarini va ilmiy-tehnikaviy yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarini olib borish birmuncha ahamiyat kasb etmoqda. Aytish kerakki bu yo‘nalishda, jumladan elektr tehnologik qurilmalarda Sitrimer shakldagi tok zaryaddan foydalanib jarayonning sholishtirma quvvatini kamaytirish, davriy impulus kuchlanishli mashina generatorlar parametrlarini va xarakteriskalarini tadqiq etish xamda elektrofiltrlar sistemasining umumiy elektr taminot sxemalarini ishlab chiqish asosiy vazifalardan biri xisoblanadi. Aytish kerakki Respublikamizda paxta tozalash korxonalarida paxtaga dastlabki ishlov berish tehnologik jarayonlarida xosil bo‘layotgan zararli changlarni belgilagan chegaraviy ruxsat etilgan konsetratsiya miqdorigacha kamaytirish orqali atrof muxitni muxofaza qilish va xafli kasalliklarni oldini olish maqsadida xavoni tozalaydigan energiyatejamkor qurilmalarni ishlab chiqishga doir keng qamrovli chora tadbirlar ishalab chiqarilmoqda. “2017-2021 yilllarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Xalqaro strategiyasida jumladan, atrof-tabiiy muxit axoli sog‘lig‘i va genofoniga putur yetkazuvchi ekologik muammolarning oldini olish, energiya resurslarini tejash” vazifasi belgilab berilgan edi. Maskur vazifalarni amalga oshirish, jumladan paxta tozalash zavodlaridagi elektofiltrlar sistemasi elektr taminot sxemasi parametrlarini asoslash va ishlab chiqarishga joriy etish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida samara beradi. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Atmosfera xavosini ximoyalash to‘g‘risida”gi qonuni, muxim axamiyat kasb etadi91. Paxta tozalash korxonalarining mashina-uskunlaridan chiqayotgan changlangan xavoni shamol atrof muxitga tarqatishi orqali ifloslanadi. Quritish-tozalash sexida ajralib chiqadigan chang, quritish-mashina uskunalari joylashgan bino xavosiga nisbatan kam, ya’ni 5-7 mg/metr kub chang bo‘ladi. Buning sababi quritgichlarga yuqori namlikdagi paxta tushishidir, namlik paxtadan mayda changni ajratilishiga to‘sqinlik qiladi. Yirik dispersli chang dag‘al dispersli bo‘lsa ham gaz oqimi bilan birga quritgichdan chiqadi, chiqarish shaxtasini yaqinida esa bino tomiga va quritish sexi yaqiniga yerga cho‘kadi. Chiqadigan chang miqdori so‘tkasiga 500-600 kg ni tashkil qiladi92. Mavjut paxta qurigichlari shaxtasini kesmi bo‘yicha xarakatlanayotgan quritish agentining tezligi 1,3 dan 2,5 m/t gacha bo‘lib, bu tezlik ayrim paxta tolalari uchun iflos aralashmalarni aylanish tezligidan yuqori va enining o‘lcham 5mm gacha bo‘lgan iflos zarrachalarni tomga chiqishini taminlaydi.
Paxtani dastlabki qayta ishlash, tashish, quritish, tozalash, jinlash, linterlash, ishlab chiqarishning tolali chiqindilarini qayta ishlashda ishlab chiqarish binolari havosiga va atmosferasiga ko‘p miqdorda chang ajralib chiqadi93. Chang asosan 3 ta fraksiyadan iborat: iflos zarrachalar g‘o‘zaning maydalangan bo‘laklar, tolali va mineral zarrachalar (mineral zarrachalar paxtaga tuproq orqali o‘tadi) paxtani qayta ishlash vaqtida undan ajralib chiqadigan changning iflos va tolali zarrachalaridir. Atmosferaga chiqariladigan barcha ishlangan havo texnologik va aspirasion turga bo‘linadi. Birinchisi texnologik mashina uskunalardan, ikkinchisi changlantirish sistemalaridan chiqadi. Paxta, tola, lint va ishlab chiqarish chiqindilari havo transporti paxta tozalash zavodidagi ishlangan havoni chiqarish bo‘yicha asosiy uchastka hisoblanadi. Quritish-tozalash, jinlash, linterlash va tolali chiqindilarni qayta ishlash sexida anchagina miqdorda chang bo‘ladi. Paxta tozalash korxonasida texnologik davomida ajralib chiqadigan chang tarkibi o‘zgarib boradi. Paxtani dastlabki qayta ishlash jarayonining boshlanishida havo tarkibida ko‘p miqdorda mineral fraksiyalar bo‘lgan chang ajralib chiqadi. Paxtani keyingi ishlov berishlarda tola va lint olishda ajralib chiqadigan changda organik moddalar ko‘proq bo‘ladi. Bular chigit qobig‘i, barg bo‘laklari va g‘o‘zaning boshqa qismlari, shuningdek tolali bo‘lakchalardir.
Paxta tozalash korxonalaridan chiqayotgan changlarni asosiy qismi tehnologik jarayonlar pnevmotransportlar orqali chiqadi. 1940-1975-yillarda ximya sanoati rivojlandi. Jumladan sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish 13 martaga o‘sgan bo‘lsa, ximya sanoati 196 martaga o‘sdi94. Uchinchi beshyillikda uning maxsulotlari yana ikki martaga oshdi bu o‘z navbatida bu tadbirlar ekologik muammolarni va inson salomatligiga jiddiy zararlar yetkazib borildi. Bular asosan paxta sanoatiga qo‘llanila boshladi misol uchun azotli, fosforli, va murakkab o‘g‘itlar (ammofos) sulfat kislotalar, spirt va furfurol, lak-bo‘yoq va rezina byumlar, dori-darmonlar, zaxarli moddalar, ximyaviy tolalar plastmassalar va ko‘plab boshqa maxsulotlar shular jumlasidandir. O‘zbekistonda paxta sanoatining rivojlanishi uchun markazning ko‘rsatmalari bilan kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish kuchaytirib borildi. Jumladan 1940-yildayoq Chirchiq elektroximya kombinanti ishga tushirildi. 1946-yilda Qo‘qon, va 1957-yilda Samarqand superfosfat zavodlari qurildi95. Keyengi yillarda 1969-yildan Samarqand superfosfat zavodi tubdan rekonstruksiya qilinib, murakkab o‘g‘itlar (ammafos) ishlab chiqarila boshladi96. Keyenchalik paxtani xosilini yaxshilash maxsadida go‘zani xosilini rivojlantiradigan kimyoviy vositalarni ishlab chiqara boshladi. Bu tadbirlar inson salomatligini o‘ylamagan holda qilinib kelindi. Asosiy kimyoviy vositalarning turli maqsadlarda foydalaniladigan yana bir turi sulfat kislotadir. Bu kimyoviy vositalar Qo‘qon va Samarqand viloyatlarida tayyorlanib, kelingan bu nafaqat inson salomatligi uchun balki ekologik buzulishlarga xam olib kelingan.
Paxtachilikning yangi navlari Farg‘ona, Sirdaryo va Samarkand viloyatlarida tobora ko‘p yetishtirilib borildi. Ular, ayniqsa, Farg‘ona vodiysida salmoqli o‘rinni egalladi. Bu yerda yetishtiriladigan paxta butun Turkiston o‘lkasida olinadigan paxtaning 60 foizidan ortig‘ini tashkil etgan. Uninchi va O‘nbirinchi besh yilliklar davomida paxta tozalash sanoatida qator muammolar vujudga keldi. Paxta zavodlarida ishlab chiqarish jarayonida ajratiladigan chiqindi miqdori oshib ketdi. Bu chiqindilardan asosan issiqxonalardagi xaroratni saqlab turish va qoramollarni boqishda foydalanilardi. Ishlab chiqarish chiqindilari miqdorining oshishi bois aylanma masulot xajmi juda katta raqamlarda aks etardi. Biroq, paxta tozalash sanoatidagi asosiy maxsulot bo‘lgan tola ishlab chiqarish keyin pasayib borar edi.
Paxta zavodida tola chiqindilarini alohida saqlash va tozalash uchun alohida joy ajratish uchun paxta zavodlarida sutkalik ishlab chiqariladigan o‘lik bo‘lmagan tola chiqindilarining to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik, tolalarni presslashni qatiyan taqiqlash, tozalanmagan tola chiqindilari, paxta vodiylari sifat nazorati bo‘limi boshliqlari va paxta trestlari sifat nazorati bo‘limi boshliqlari hamda paxta vodiylari davlat kultivatorlari ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladigan tolali chiqindilar sifatini tizimli ravishda tekshirish majburiyatini yuklansishi kerakligi aytilgan. Paxta zavodlarida tolali chiqindilardan toʻgʻri foydalanish va ularni hududiy boʻlinmalari boʻlmagan ittifoq respublikalarining Vazirlar Kengashlariga, avtonom respublikalar Vazirlar Kengashlariga, viloyat hudud va ijroiya qoʻmitalari va boshqa viloyatlar va tumanlar va tumanlar boʻlinmalariga toʻsiqsiz yetkazib berilishi ustidan nazorat oʻrnatish aytilgan. SSSR Xalq Komissarlari Kengashining 1945-yil 22-avgustdagi 2139-sonli qaroriga muvofiq respublikaga bo‘ysunuvchi shaharlarning shahar ijroiya qo‘mitalari bilan birgalikda97 buyrug‘ida aytilgan edi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling