O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi
Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoating holati
Download 0.65 Mb.
|
2023-DISSERTATSIYA45
2.2.Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoating holati.
Paxta tozalash mashinasi paxta tolasini yoki lintni chigitdan va terilgan paxtaning boshqa aralashmalaridan ajratuvchi qurilma. “Tozalangan” paxta toylarga siqiladi, keyin uni ip yoki ipga aylantiradigan tegirmonlarga yuboriladi. Paxta tozalash va o‘rash uskunalari joylashgan bino ba’zan paxta tozalash zavodi deb ataladi. Jinning ikki turi mavjud, rulo va arra. Rolikli paxta tozalash mashinalari arzonroq va arra tipidagi paxta tozalash mashinalari kabi murakkab bo‘lmasada, ular odatda unumdor emas. Ko‘proq keng tarqalgan paxta tolasi paxta tolalarini mahkamlangan quvurg‘alar orqali tortadigan bir qator dumaloq arra pichoqlarini ishlatadi. Urug‘lar quvurg‘alar bilan to‘sib qo‘yiladi, toladan uzoqlashadi va keyingi ishlov berish uchun yig‘iladi. Ushbu turdagi jinning eng qadimgi namunasi 1793-yilda Eli Uitni tomonidan ixtiro qilingan73. Dastlabki paxta tozalash zavodlari hayvonlar, odatda xachirlar, shuningdek, suv g‘ildiraklari va oxir-oqibat bug‘ dvigatellari tomonidan ishlab chiqarilgan. Yigirmanchi asrning boshlariga kelib, benzinli dvigatellar ko‘pchilik bug‘ dvigatellari o‘rnini bosdi va elektr quvvati paydo bo‘lgach, elektr motorlar paxta tozalash zavodlarini quvvat bilan ta‘minladi. Zamonaviy paxta tozalash mashinalari yangi terilgan paxta tarkibidagi boshqa turdagi iflosliklarni, masalan, barglar, tayoqlar, ochilmagan bo‘laklar va toshlarni olib tashlaydi. Samarqand davlat paxta tozalash zavodi Samarqand “Samzagotxlopkotrest” pudratchilik, paxta terimi va paxtani birlamchi qayta ishlash tresti yani Samarqand paxta zavodi 1916-yilda tashkil etilgan va 1917-yilgacha xususiy mulkdor Simxayelevga tegishli bo‘lgan74. 1917-yilda zavod milliylashtirildi. 1922-yildan zavod Samarqand davlat paxta tozalash zavodi, 1926-yildan bu zavod “O‘zbek xlopok” aksiyadorlik jamiyatiga bo‘ysunuvchi 66-sonli Samarqand paxta tozalash zavodi deb ataladi. 1930-yildan zavod Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi xalq komissarligi tasarrufiga oʻtdi. 1934-yildan zavod Oʻzbekiston SSR sanoat xalq komissarligi huzuridagi Respublika paxta zavodlari va paxta tayyorlash tresti tasarrufida edi. 1939-yildan kombinat Respublika paxta xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash tresti, Oʻzzagʻotxlopka-tresti, Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati xalq komissarlari huzuridagi Paxtasanoat bosh boshqarmasiga boʻysunadi. 1948-yildan buyon zavod Oʻzbekiston SSR toʻqimachilik sanoati vazirligi Paxtasanoat bosh boshqarmasining Respublika paxta tayyorlash va qayta ishlash trestiga boʻysunadi. 1949-yildan zavod OʻzbekistonSSR Yengil sanoat vazirligining Samarqand paxta xom ashyosini tayyorlash va qayta ishlash davlat trestiga boʻysundi. Sababi O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1949- yil 28-yanvardagi Farmoni bilan 1953-yildan buyon zavod 1-sonli Samarqand paxta tozalash zavodi nomini oldi va Oʻzbekiston SSR Xalq isteʼmol mollari vazirligining Samarqand paxta xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash trestiga boʻysunadi. Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi 1953-yil 21-sentyabrdagi 1525-sonli qarori75 bilan amalga oshirildi. 1956-yildan buyon zavod Oʻzbekiston SSR Toʻqimachilik sanoati vazirligining Samarqand paxta xom ashyosini tayyorlash va birlamchi qayta ishlash trestiga boʻysunadi. SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1956-yil 31-maydagi farmoni va Oʻzbekiston SSR Vazirlar Sovetining 1956-yil dekabrdagi farmoni asosida va 1957-yil iyun oyidan Samarqand paxta tozalash zavodi Samarqand maʼmuriy iqtisodiy rayoni xalq xoʻjaligi kengashining paxta sanoati boʻlimiga boʻysunadi. Sababi O‘zbekiston SSR Vazirlar Sovetining 1957- yil 27-maydagi 305-sonli qarori asosida76. 1960-yil iyul oyidan buyon zavod O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligi kengashining Samarqand paxta xomashyosini tayyorlash va birlamchi qayta ishlash trestiga bo‘ysunadi. Bu xaqda O‘zbekiston SSR vazirlar sovetining 583 sonli qarori77. Samarqand paxta zavodida 1950-yil 1-aprelgacha boʻlgan davrda plan liniyalari boʻyicha 17718 tonna paxta chigiti yetishtirilgan78 va ish haqi hisobi bo‘yicha 19770 tonna urug‘lik kreditga kiritildi. Juma paxta zavodida 1949-yil uchun 1950-yilning birinchi choragida) ishlab chiqarishdan kelgan paxta chigitlari yomon saqlangan edi, lekin ular og‘irlik bo‘yicha emas, balki rejali me’yorlar bo‘yicha tushdi. chelak paxta zavodida 1949- yil va 1950-yilning birinchi choragida qoniqarsiz saqlanmaganligi sababli 6690 tonna paxta chigitining sifati yomonlashgan79. Asosan Zirabuloq paxta zavodida yigirmabeshta tamirlash ishlari va juma paxta zavodida beshta tamirlash ishlari olib borilgan. Ulugbek paxta zavodida qurilish ishlari munosabati bilan yuqoridagi ta’mirlash ishlarining bajarilishi shuningdek rejada hisobga olinmagan moddiy mablag‘ hisobidan tamirlandi. 1971-yilda ikkita zavod Samarqand va Kattaqo‘rg‘on paxta zavodlarida ish faoliyati korxonalarda rejadagi belgilangan miqdordan oshib ketganligi bois zavodlar shu yilda berilgan normani kechigib bajarilishiga yo‘l qo‘yildi80. Zavodlarning mavjud bank oldidagi qarzi 140,2 ming rublni tashkil etgan bo‘lsa, yil yakunida 119,2 ming rublni qoplanmagan qoldiqg‘i esa 20,9 % tashkil etdi. Samarqand paxta zovodi 6,7 ming rubl va Kattaqo‘rg‘on paxta zavodlari 1,2 ming rubl miqdorda qarzdorlik mavjud bo‘lgan. 1972-yilning birinchi choragida ortiqcha sarflangan xarajatlarni qoplash bo‘yicha ushbu paxta tozalash zavodlari 60,3 ming rubl miqdorida paxta zavodlari daromat topdi. Shunday qilib, qarzni qoplash muddati uchun davlat banki oldidagi majburiyatlarini paxta zavodlari muddatidan oldin bajardi. 1972-yilda ishlab chiqarishni yaxshi tashkil qilish bilan paxta zavodlarida holat yaxshilandi. Samarqand viloyati paxta tozalash korxonalari uchun ajratilgan mablag‘lar 1969-yil uchun davlat invetsitsion rejasi 1772 ming rubl , shu jumladan qurilish montaj ishlariga 756 ming rubl, asbob uskunalar uchun 915 ming rubl va boshqa xarajatlar uchun 101 ming rubl miqdorida belgilandi. Qurilish mantaj-uskunalariga ishlariga 160 ming va boshqa xarajatlar uchun 596 ming rubl ishlatildi. 1970-yilgi 1-yanvar holatiga ko’ra bajarilgan ish Jami ajratilgan mablag‘lar 1441 ming rubl Shu jumladan qurilish-montaj ishlariga 578 ming rubl Asbob-uskunalarga 821 ming rubl ajratilgan81. Boshqa harajatlarga 42 ming rubl ajratilgan va ko‘rsatgichlar o‘z vaqtida bajarilgan. Samarqan viloyati paxta zavodlarida paxta qayta ishlash rejasi quydagi jadvalda tafsiflanadi. 1969 yilda82 (birinchi ilovaga qarang). Chelak paxta zavodi qurilish-tamirlash ishlari 1968-yil fevral oyida boshlangan. Jami 196 ming rubl sarflangan va Shundan 106 mining rubl qurilish montaj ishlariga sarflangan. 1968-yilda jami 139-ming rubl pul mablag‘lari ishlatilgan va qurilish-tamirlash ishlari yil yakunida yakunlandi83. Zavodagi qurilish ishlaridagi holat kichik o‘lchamli lint presslar uchun poydevor o‘rnatish va qisman devorlarni gipslash bilan qurilish ishlari deyarli to‘liq bajarilgan bo‘lsada, tolali press quvur linyasining bir qismi siklon qurilmalarini o‘rnatish yakunlanmadi. Yana ikkita o‘rnatish lintining presslari ishga tushurilmagan lekin tozalash sexi va qurilish ishlari deyarli yakunlandi. Devorlardagi o‘rnatish teshiklari yopilmagan va devorlari suvalmagan bazi, quvirlardan tashqari Zavodda uskunalarni o‘rnatish ishlari va pech kamerasiga binolar qurildi asbob uskunalarni o‘rnatish ishlari deyarli yakunlandi. O‘tga chidamli 80 tonna g‘isht yetishmasligi sababli pechlar yotqizishni boshlamagan va chigit va paxta xom ashyosini tashish Smeta xujjatlari yo‘qligi sababli ish boshlanmagan. Labaratorya idorasida qurilish ishlari nixoyasiga yetdi va kabel va dush moslamalarini o‘rnatishni kerak bo‘ladigan jixozlar yuqligi sababli labaratorya idorasi ishga tushmadi. Suyuq yoqilg‘ini nasos stansiyasi bilan saqlash yangi joyga ko‘chirish munosabati bilan nixoyasiga yetkazilmagan. Payariq zavodida qurilish tamirlash ishlaridagi jarayon uskunalar yo‘qligi sababli o‘rnatilmagan bino ichidagi elektr taminotidagi ishlar yil yakuniga qadar 80% bajarildi. Suv taminoti va kanalizatsiyadagi quvurlar va quduqlar tashqi tarmoqlari qurib bitkazilib, yagona nasos stansiyasi qurilgan. Samarqand paxta zavodida qurilish-tamirlash ishlari bilan bog‘liq muammolar shundaki, zavodda suv taminoti va kanalizatsiya quvirlar yotqizildi, birlashtirilgan nasos zallari qurildi, kanalizatsiya nasos stansiyasi va o‘t o‘chirish moslamasi uchun chuqur qazilgan. Kattaqo‘rg‘on paxta zavodi zavodda tozalash sexi qurilishi pech bo‘limi qurilgan tozalash sexining ramkasi yig‘ildi 2 tamirlash ishlari Ishtixon, Metan, Oqtepa, stansiyalari zavodlarida tozalash sexlari qayta tiklandi, zavod hududidagi paxta xom ashyosi omborlariga asfalt yotqizish ishlari qayta tiklandi. Zirabuloq pata zavodi Tamirlash ishlari Sultonobot paxta zovodi va qudug‘i panjarasi tiklandi, chorkent stansiyasidagi quduq tiklandi xatirchi punkitida to‘siqlar o‘rnatildi zavodda tayyor maxsulot nasosi tiklandi. Xatirchi zavodida 52 ishchi uchun yotoqxona qurildi va bunga mablag‘lar Xatirchi zavovodi ish xaqi fondidan olindi84. Jomboy paxta zavodida qurilish ishlari dush pavelonining qurilishi deyarli yakunlandi, lekin baza uchun hudud TMK paxta tresstiga berilishi bilan sovun oquva suvlarni tushirish va filtirlash maydonchalari masalasi hal etilmaan.Qayta tiklash ishlari zavod tozalash sexini qayta tiklash ishlari deyarli yakunlanib jomboy zavodidagi yotoqxona foydalanishga topshirildi. Juma paxta zavodida qayta tiklash ishlari Juma paxta zavodidagi yo‘llar va maydonchalar atroflari to‘siqlari tiklandi. Paxta zavodlarinining 1971-yildagi umumiy ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlari va Texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini yanada yaxshilash chora tadbirlari to‘g‘risida85.11 fevral 1972- Samarqand Kengaytirilgan paxta zavodi direktorlar kengashida paxta zavodlarining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijalarinini ko‘rib chiqib Zagotxlopkotrest 1971-yil ummuman olganda zavodlar to‘qizzinchi besh yillikning davlat majburyatlarini bajardi.Trestga qarashli barcha korxonalarda paxta xomoshyosini yig‘ishtirib olish rejasini ortig‘i bilan bajarib, g‘o‘zani asrab avaylash bo‘yicha o‘zvaqtida profilaktika choralari ko‘rildi va natijada paxta xomashyosi o‘tish joylarida yo‘qotishlar bir muncha kamaydi. Barcha paxta tozalash zavodlari tola, Tovar maxsulotni ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha rejani ortig‘i bilan bajardi va 1970-yilga nisbatan 28,5 mining tonna lint 4,6 ming tonnaga kop tola ishlab chiqarildi va 58,4 millon so‘mga tovar maxsulot sotildi. Shu jumladan eksportga tola jo‘natish rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Tola sifati 1970-yilga nisbatan 11,8% ga oshdi mehnat unumdorligi o‘rtacha ish haqidan 4,1% yuqori, ishchilar soni 143 ta kam bo‘lsa ham 254 rubl miqdorida ish haqi fondini tejashga erishildi. 1971-yilda kapital qo‘yilmalar, shu jumladan qurilish-montaj ishlari bo‘yich arejaning bajarilishi taminlandi. 1979-yilda Samarqad viloyati paxta tozalash zavodlariga ajratilgan mablag‘i86 (Ikkinchi ilovaga qarang). 1971-1975 yillarda O‘zbekiston SSRda 19 paxta zavodi qurilgan bo‘lib, 1971-yil Samarqand trestda 8 ta zavod 31 ta punkt va zavod qoshida punktlar bo‘lgan. Shu yil 458206 tonna paxta xomashyosini qayta tayyorlab, reja bo‘yicha 395000 ta ya’ni 114% ni bajargan87. Aytish kerakki aloxida paxta tozalash korxonalarida maxsulotning bajarilmasligi viloyatning ayrim hududlarining ayrim biologik hususiyatlari shuningdek assortimentni yig‘ib olishning buzilishi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lgan. Taqqoslash uchun tola chiqishi bo‘yicha ko‘rsatgichning kop emasligi keltirilgan bo‘lib Samarqand viloyatidagi paxta zavodlarda jumladan Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Zirabuloq, Juma, Jomboy, Chelak, paxta zavodlarida 1970-yidagiga nisbatan 1971-yilda nisbatan kirish va o‘tish joylari bo‘yicha tejamkorlik bo‘lganligi buning natijasida ishlab chiqarishda chiqindini haddan oshib ketishga yo‘l qo‘yiladi. Asosan isrofgarchilik narxning oshishi, standart urug‘lar sonning kamligi, quyi namlarga katta o‘tish natijasida urug‘lar bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Quyidagilarni keltirish mumkinki lint va va paxta chigitining urug‘lari sifatining pasayishi sabablari aynan namlikning ortishi natijasida vujudga kelgan. Paxtanini qayta ishlash davrida zavodlarda qayta ishlangan paxta buyurtmasi shu jumladan ishlab chiqarish topshirig‘i 66 kun talabdan kam bajarilgan, chunki to‘r uzilgan. Paxta terish texnologoiyasiga rioya etilishi ustidan zarur nazoratni yo‘qligi shuningdek mutaxasiz kadrlarning yetishmasligi sabab mashinada terilgan paxta xomashyosini qayta ishlashga to‘g‘ri kelgan. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki umuman olganda trest bo‘yicha rejaning asosiy ko‘rsatkichlari kechiktirilib bo‘lsada bajarilgan. Shu yili zavodlar rejadan ortiq 7948 tonna tola va 10862 ming so‘mlik tovar mahsuloti sotilgan. Umuman olganda, Zavodlar to'qqizinchi besh yillikning birinchi yilining sotsialistik majburiyatlarini ortig‘i bilan bajardi. Barcha paxta zavodlari tovar mahsuloti sotish va tola ishlab chiqarish bo'yicha yillik rejani muddatidan oldin bajardilar.1970-yilga nisbatan paxta tozalash zavodlari 20,5 tonnaga, paxta linterlari 4,6 ming tonnaga tovar mahsuloti 58,4 million so‘mga sotildi va ishlab chiqarishdagi ayrim natijalar yaxshilandi lekin paxta zavodlari o‘z imkoniyatlaridan past ishladi ya’ni Samarqand paxta zavodi o‘z majburyatini ta’minla olmadi. Zavodlarda lint va yalpi mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishida shu yili zavodlar ichida Chelak paxta zavodi yalpi mahsulot ishlab chiqarish rejasini 96,6 foizga bajardi. 5 ta paxta zavodidan Kattaqo‘rg‘on, Zirabuloq, Juma, jomboy va Chelak linter ishlab chiqarish rejalari bajarilgan bo‘lsa, faqat Juma paxta zavodida ishlar bajarilmagan. 1970-yilga nisbatan texnologik asbob-uskunalarning unumdorligi biroz oshdi. Linterlarda 17,47 tonna kgga nisbatan 18,1tonna kg ga yetdi. Ayrim paxta tozalash korxonalarida erishilgan yutuqlarga qaramay paxta tozalash unumdorligi hali ham past holatda saqlanib qoldi. Misol uchun Juma paxta zavodida paxta tozalash 7,6 tonna kilogrammga yetgan bo‘lsa, jomboy paxta zovodida faqat 5,19 tonna kg texnologik asbob-uskunalarning past mahsuldorligini hisobga olsak bu katta ortiqcha to'xtash vaqtlari yalpi vaqtga 10,9% haqiqiy ishlamay qolish vaqti 12,11% ni tashkil etdi. Ayniqsa, Samarqand paxta zavodida to‘xtab qolishlar ko‘p quritish-tozalash sexlari namlik va ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgan holda qabul qilingan paxta xomashyosini to‘liq kam ishlov berishni, ayniqsa, mashina terishini ta’minlay olmagani ham uskunaning unumdorligiga ta’sir ko‘rsatdi. yuqori namlik bilan taxminan 69% qayta ishlangan xom ashyo natijasida. Texnologik asbob-uskunalar unumdorligining pastligi ishlab chiqarish brigadalari uchun malakali kadrlar jinlar, linterlar, rostlagichlar yetishmasligi, ishchilar yetishmasligi bilan ham izohlanadi. Ayniqsa bu ko‘rsadkichlar Samarqand, Jomboy va Kattaqo‘rg‘on paxta zavodlarida bu sezilarli bo‘lgan. Shuningdek Samarqand paxta kombinati keyinchalik 6 ta tayyorlov punkti ishchilarini ishga tushiradi oraliq masofasi 12-60 kmni tashkil qilgan. 1972-yilda yangi texnikani joriy etish toʻgʻrisida OʻzSSR Vazirlar Soveti tomonidan 1971-yilda tasdiqlangan yangi texnika rejasi88 viloyat paxta zavodlarida quyidagi chora-tadbirlarni joriy etish ko‘zda tutildi. xomashyo va tayyor mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun yangi laboratoriya qurilmalarini joriy etish. Shuningdek 12 ta qurilma olindi, ulardan 10 tasi joriy etildi. 2 dona AXM qolbola analizatorlari Konstruksiyadagi kamchiliklar tufayli va Paxtasanoat vazirligi buyrug‘i asosida nuqsonlarni bartaraf etish uchun yetkazib beruvchiga qaytarildi. Mexanik tolali tarqatuvchilar MBP - I ni 2 ta to‘plam va proyeksiya hisoblagichlari PSV-I 1 dona miqdorida olindi tola lint va boshqa tayyor mahsulotlarni temir yo‘l va avtotransport vositalariga mexanizatsiyalashgan holda yuklashni joriy etish reja bo‘yicha 150 tonna paxta xomashyosini qayta ishlash uchun ishlab chiqarishga va zavoddan tashqari tayyorlov markazlarida DOKga yetkazib berish mexanizmlarini joriy etish ko‘zda tutildi. Reja bo'yicha 270,6t yani 6,5foizga bajarildi tartibsizliklarni mexanizatsiyalashgan tarzda demontaj qilishni va RBA yordamida paxta xomashyosini mashinalarga yuklashni joriy etish, haqiqiy ko‘rsatkich 888 tonna reja bo‘yicha 169 foizga bajarildi. 1971-yil uchun mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik bo‘yicha nomenklatura tadbirlarini amalga oshirish ko‘zda tutildi. Darhaqiqat, bir yilda barcha paxta zavodlari Samarqand zavodi tomonidan ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirdi. Jumladan baxtsiz hodisalar soni 1970-yilga nisbatan 16 taga kamaydi. O‘tgan yilning o‘zida Zirabuloq paxta zavodiga qarashli Sultonobod zavodida bir martadan ortiq halokatli voqea sodir bo‘lgan. 1971-yildan boshlab Samarqand tayyorlov tresti korxonalari tomonidan elektr energiyasi bilan uzluksiz va tejamkorlik bilan ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. “Oq-Oltin” paxta yig‘im-terim stansiyasi foydalanishga topshirildi. Kattaqo‘rg‘on paxta zavodini tashqi elektr ta’minoti bo’yicha ishlar nihoyasiga yetkazish ishlari olib borilgan. Xatirchi paxta zavodida rekonstruksiya qilish bo‘yicha 70 ga yaqin elektr ishlari yakunlandi. Shuningdek, elektr energiyasidan oqilona foydalanish borasida ham katta ishlar amalga oshirildi. O‘tgan yili 2 ta generator trest bo‘yicha 87 t.kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi, bu umumiy iste’molning 8,5 foizini tashkil etadi shu jumladan zavodlar Samarqand, Kattaqoʻrgʻon, Zirabuloq, Jomboy, Juma, Chelak, zavodlarida trest bo‘yicha rejaning asosiy ko‘rsatkichlari bajarilgan va rejadan ortiq 7948 tonna tola va 10862 ming so‘mlik tovar mahsuloti sotilgan. Umuman olganda Jamboy paxta zavodining katta tejamkorligi 1971-yilning I va II choraklarida elektr energiyasi istemolining solishtirma ko‘rsatkichlarining asossiz oshirib ko‘rsatilganligi bilan izohlanadi. Paxta terish maishnashridyan foydalanish paxtachilikning rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Tayyorlash maskanlariga paxta topshirish surʼati oshdi, paxta tozalash zavodlarida esa 1955-yildan qurilish-tozalash sexlari qurila boshladi. 1960-yilgacha Oʻzbekistonda 226 quritish-tozalash sexi ishladi. 1960-65 yillarda Paxta tozalash sanoatisda tayyorlanayotgan tola sifatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qoʻllanildi. 1966-70 yillarda quritish-tozalash sexlarining texnologik jihozlari takomtlashtirildi. Tozalash samaradorligi 45% gacha boʻlgan kuchli 30 VP tola tozalagich CHX-ZM va 6A-12M rusumli takomillashgan taxta tozalagichlar yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qoʻllanildi. Barcha tayyorlangan paxtani oʻz vaqtida qayta ishlash uchun 1971-1975-yillarda yangi korxonalar, quritish-tozalash va tozalash sexlarining qurilishini tezla-tish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlash choralari koʻriddi, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruk-siyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli quritgichlar, tola tozalagichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press ustanovkalari ishlatildi. Samarqand tayyorlov kombinati ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand 2-fevral 1971-yilda ishlab chiqarish va moliyaviy tanazzulga paxta korxonalari faoliyati yakunlari va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash to‘g‘risida Paxta korxonalarida ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati natijalarini kengaytirilgan tartibda ko‘rib chiqildi. 1971-yil umuman olganda, to‘qqizinchi besh yillikning birinchi yilining sotsialistik majburiyatlarini bajarish uchun paxta tozalash barcha korxonalarida paxta xomashyosi qayta ishlab chiqarildi. Paxtani saqlab qolish bo‘yicha o‘z vaqtida profilaktika choralari ko‘rildi va buning natijasida paxta xomashyosini o‘tkazishdagi yo‘qotishlar birmuncha kamaydi. Barcha paxtakorlar tola, tovar mahsuloti yetishtirish va sotish rejasini yana bir bor bajardilar. 1970- yilga nisbatan 28,5 ming tonna ko‘proq tola ishlab chiqarildi. Lint 4,6 ming tonnaga va tovar mahsuloti 58,4 min rublga sotilgan. Tola, jumladan, eksportga jo‘natish rejasi ortig‘i bilan bajarildi. Tola sifati 1970-yilga nisbatan 11,8 foizga oshdi. mehnat unumdorligi o‘rtacha ish haqidan 4,1 foizga yuqori. 245 ming rubl miqdorida ish haqi fondini tejashga erishildi. 1971-yilda qurilish-montaj ishlarini o‘z ichiga olgan holda, tushirish rejasi ta’minlandi. Foydadan ajratmalar byudjetiga rejadagi bilan 2795 ming rubl ajratildi. Paxta tozalash zavodlarining moliyaviy ahvoli sezilarli darajada yaxshilandi. Banklarning pul ajratish kechikishiga barham berildi. Barcha qoloq joylar o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlandi va moliyaviy reja bajarildi. Natijada paxta zavodlari uchun 1971- yil uchun korxona fondi, shuningdek, uy-joy qurilishi fondi tasdiqlandi. Paxta tozalash korxonalarining yillik hisoboti muddatidan 22 kun oldin topshirildi. Shu bilan birga, ayrim paxtakorlar o‘z ishida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan va o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib ishlagan va trestning umumiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini pasaytirgan. Rejadagi ortiqcha to‘xtab turish, mehnat va ishlab chiqarishning yetarli darajada tashkil etilmaganligi sababli 716 tonna lint yetkazib berilmagan. Shu yil rejaga nisbatan 2 barobar ko‘p, 85,3 foiz paxta ishlab chiqarish nazarda tutilgan edi. 1972-yildagi Samarqand tayyorlov paxta trestining boshqa zavodlarida 31ta tayyorlov punkti, shu jumladan 5 ishlab chiqarish stantsiyasi mavjud bo‘lgan. Samarqand viloyatida paxta yig‘im-terim rejasi 1972-yilda 26,7,7 ga bajarilib, 458 ming 206 tonna paxta xomashyosi olindi. Samarqand viloyatida Paxta mashinalarida terilgan umumiy hosildan 160744 tonna hosil olindi. 1-guruh vintli mashinalar bilan 157078 tonna yig‘ib olindi. Umuman olganda, zavodlar o‘ninchi besh yillikning birinchi yilining sotsialistik majburiyatlarini bajardi. Tovar mahsuloti sotish bo‘yicha 1972-yillik reja 13-dekabrda, tola ishlab chiqarish bo‘yicha 15-dekabrda bajarildi. Barcha paxta yetishtiruvchilar tovar ishlab chiqarish va sotish rejasini bajardilar. Tovar mahsuloti sotish rejasi 4,2 foizga bajarilib, rejadan ortiq 10862 tonna va o‘tgan yilga nisbatan 50,4 million rublga yoki 25,8% ga oshirilgan. Tola ishlab chiqarish rejasi barcha paxtakorlar tomonidan 20522 tonna yoki 22,5 foizga oshgan. 1971-yilda eksportga paxta tolasi yetkazib berish rejasi 108,5 foizga ortig‘i bilan bajarilib,1,9 tonna ortig‘i jo‘natildi. Qabul qiluvchilar tomonidan eksportga yetkazib berish rejasining bajarilishi quyidagicha89 (Uchinchi ilovaga qarang). 1971-yilda zavodlar jami 145,2 tonna paxta tolasini topshirishlari kerak edi. Eksport uchun 54,6 tonna. Haqiqatda 154,1 tonna, shundan eksportga 56,6 tonna yuk jo‘natildi. Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar bo‘yicha yetkazib berish rejasining bajarilishi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi90 (To‘rtinchi ilovaga qarang). Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling