O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi
Download 0.65 Mb.
|
2023-DISSERTATSIYA45
I bob bo‘yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda, Sovet davlati davrida olib borilgan tadqiqotlarda shuni ko‘rish mumkinki asosiy e’tibor Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, sovet xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirishga bog‘liq masalalar, kun tartibiga qo‘yilib iqtisodiy viloyatlardagi asosiy paxta yakkahokimligini kuchaytirishga va paxta tozalash sanoati korxonalari shuningdek, qishloq xo‘jaligini rivojlanish jarayonlariga qaratilib, iqtisodiy rayonlarni tuzishdagi muammolar, sanoat korxonalari faoliyatining bir tomonga yo‘naltirilishi, mehnat resurslarining taqsimlanishi masalalari deyarli o‘rganilmadi. O‘zbekiston SSR boshqa ittifoqdosh respublikalarga qaraganda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun har tomonlama qulay bo‘lgan respublika bo‘lib, keng maydonni egallagan vodiylari, unumdor yerlari, jazirama qum sahrolari, tog‘lar, yerosti va boshqa tabiiy boyliklari bilan alohida o‘ringa ega edi. O‘zbekiston SSR sanoati mamlakat sanoatining tarkibiy qismi hisoblanib, respublikaning ishlab chiqarish usuli va uslubi o‘ziga xos bo‘lgan. O‘zbekiston SSR asosiy paxta xomashyosi yetishtiradigan va paxtachilikka xizmat qiladigan sanoatning rivojlanishi bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lib keldi. Paxtachilik kompleksi-ga kiruvchi qishloq xo‘jalik va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha respublika mamlakatda yagona hisoblangan. Respublikada paxta tozalash korxonalarining salmog‘i katta bo‘lganligi bilan birgalikda paxtachilikda respublikada qishloq xo‘jaligi uchun mineral o‘g‘it yetishtirish, paxta, to‘qimachilik va unga mashina hamda uskunalar yetkazuvchi korxonalar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohalarini rivojlanish imkonini bergan. Shu tariqa, O‘zbekistonda SSR asosiy e’tibor paxtaga qaratilganiligi sababli bu yerda xalq xo‘jaligining nuqsonli, bir tomonlama xomashyo tuzilmasi shakllandi va rivojlandi. Aytish joizki mustaqillik yillari yaratilgan adabiyotlar va tadqiqotlarda sovet davlatining iqtisodiy siyosati, agrar islohotlari, paxta yakkahokimligining oqibatlari, va paxta tozalash sanoati korxonalarinig salmog‘i oshib borganligi sababli shuningdek, O‘zbekistonning xalq xo‘jaligini sovet ittifoqi xalq xo‘jaligi kompleksiga moslashtirilishi, respublikani rayonlashtirish kabi masalalar yoritilgan. Mavzuni o‘rganish bo‘yicha adabiyotlarni 3 guruhga bo‘lib o‘rganish mumkinligini ta’kidlandi. Tadqiqot ishining birinchi guruhga mansub ishlar haqida shuni ta’kidlash kerakki, bu davrda tarixchi, iqtisodchi va siyosatchilar sinfiy-siyosiy va mafkuraviy tazyiq ostida mavzuga yaqin bo‘lgan masalalar yuzasidan monografiya, tadqiqotlardan keng foydalangan. Lekin sovet davlati hukmronligi yillarida dolzarb mavzusiga aylangan paxta tozalash sanoati korxonalari sohasi tarmoqlari va ularning faoliyatiga bag‘ishlangan asarlar va ilmiy-tadqiqot ishlari deyarli yaratilmadi. Ayrim asarlarda ma’muriy-buyruqboz-lik tizimi va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotga salbiy ta’siri, kommunistik mafkura tazyiqi bilan to‘liq ochib berilmaganligi dissertasiyada aniq misollar bilan ochib berilgan. Shu bilan birga, ayni paytda, mazkur asarlardagi ayrim faktik ma’lumotlar davrga ob’ektiv baho berishda muhim manba hisoblanishi ham ta’kidlab o‘tilgan. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tub-dan takomillashganligi, ekologik muammolarga bag‘ishlangan boshqa sohadagi iqtisodiyot, biologiya, texnika, geologiya, kimyogar, texnik mutaxassislarning ishlaridan, qolaversa tarix sohasida ham anchagina boy tajriba to‘planganligi, darsliklar va ilmiy asarlar yaratilganligi dissertatsiyaninmg ushbu bobida to‘liq aks ettirildi. Biroq, ularda qo‘yilgan mavzu qisman yoritilgan bo‘lib, yaxlit va umumlashtirilgan holda tadqiq etilmaganligi asoslab berilgan. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling