O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


Download 0.65 Mb.
bet11/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

II-bob. XX-ASRNING 40-80-YILLARIDA SAMARQAND VILOYATIDA
PAXTA YAKKAHOKIMLIGINI TA’SIRI HAMDA PAXTA TOZALASH
SANOATI KOMPLEKSLARI HOLATI VA MUAMMOLARI
2.1. Samarqand viloyatida paxta yakkahokimligi va uning oqibatlari.
Yengil sanoatning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini dastlabki qayta ishlash trikotaj, tikuvchilik fabrikalari, bilan shug‘ullanuvchi tarmoqlari orasida eng rivojlangan va keng tarqalgan paxta tozalash sanoatidir. Birinchi paxta tozalash zavodi Toshkentda 1879-yilda S.I. Nazarov tomonidan qurildi63. Keyinchalik S.I. Laxtin, M.I. Nikiforov va boshqa sanoatchilarning zavodlari ham ishga tush-di. Ular orasida YU. Davidov va Katta Yaroslav Manufaktura savdo-sanoat shirkatining paxta tozalash zavodlari eng katta sanoat korxonalaridan hisoblangan. Shuni takidlash joizki paxta tozalash zavodlarining ba’zilari paxta hosili bo‘lmagani sababli muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatmagan. Paxta tozalash zavodidagi ish jarayoni quyidagi tartibda olib borilgan: masalan, S.I. Nazarov zavodida 110 arrali 6 jin (paxta tozalaydigan mashina) mavjud edi. Har bir jin mahsuldorligi bir arraga sutkasiga 3 pud paxta hisobidan to‘g‘ri kelardi. Jin bug‘da, arra esa qo‘lda harakatga keltirilgan. Zavodda hammasi bo‘lib 12 kishi ishlar, ya’ni har jarayonga 6 tadan odam to‘g‘ri kelgan. Zavod jihozlari asta-sekin takomillasha borgan. Jinlar miqdori va paxtani pnevmatik (siqilgan havo bilan ishlaydigan) usulida uzatish bo‘yicha texnik jihoz ortib bordi. Qo‘l va vintli (parrakli) toylash ishchi kuchini ko‘p talab qilgani sababli mexanik dvigatellar yordamida harakatga keluvchi gidravlik uskunalar bilan almashtirildi. Bular barchasi paxta tozalash zavodlari ishlab chiqaradigan mahsulot hajmini oshirdi. 1885-yilda 130 ishchi ishlaydigan besh paxta tozalash zavodida 311 928 rublga mahsulot ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik savdo-sanoat shirkatlari tomonidan qurilgan zavodlar paydo bo‘ldi. Ular orasida Katta Yaroslav Manufakturalari va O‘rta Osiyo savdo-sanoat shirkatlari bor edi. 1893-yil ma’lumotlari bo‘yicha 8 zavodda hammasi bo‘lib 1 663 400 rublli 263 400 pud paxta tozalangan. Shaharga 1898-yil A.D. Ryadov momiq (paxta) fabrikasi ochildi64. U eski uvadalarni va paxta tozalash zavodi chiqindilarini tozalash bilan shug‘ullanardi. Bundan tashqari bu yerda paxtaning amerika navidan momiq va tuya juni qayta ishlangan. Zavod oboroti yiliga 20 ming rublni tashkil etgan. Toshkent viloyati Chinoz tumanidan Sherqo‘zi Umarov brigadasi 38 o‘rniga 55,1 s/ga 387 yoki Samarqand viloyati Narpay tumanidagi To‘ra Jo‘raev va N.Abdullaev brigadalari 30 s/ga o‘rniga 40,6 s/ga dan xosil oldilar65.
1946-1955-yillar davomida Samarqand viloyatida Kattaqo‘rg‘on suv ombori sig‘imining hajmi 2 barobar oshirildi. Paxta tozalash zavodlari dastlabki paytlarda qoloq texnikaga asoslangan edi. Zavodlarda faqat tola chigitidan ajrati-lar va preslanar, boshqa barcha ishlar qo‘lda bajarilar edi. Keyinchalik paxta tozalash sanoat korxonalarida quritish-tozalash sexlari bilan jihozlandi. Keyinchalik 1980-yillargacha bo‘lgan davrda respublikada 107 ta paxta tozalash zavodi va ko‘pchiligi quritish tozalash sexlariga ega bo‘lgan 490 ta paxta punktla-ri faoliyat olib borilgan. Paxta tozalash korxonalarining o‘rtacha mavsumiy ish-lash davomiyligi 3 oydan 11 oygacha uzaytirildi. 1940-yilda O‘zbekiston Paxta tozalash sanoatida 538 ming t tola, 15,3 ming t lint va 982 ming t chigit ishlab chiqarildi. Jumladan Samarqand viloyatida yengil sanoatning ro‘li katta bo‘lgan, va 50 ga yaqin korxonalarni o‘z ichiga olganligini bularga ( paxta tozalash zavodlarini, pillakashlik, shoyi to‘qish, tikuvchilik, fabrikalari) va boshqa korxonalar ishlagan. Paxta tozalash zavodlari Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Zirabuloq, Jomboy, Juma, shaharlarida va Payariq, Pasdarg‘om, Paxtachi rayonlarida joylashgan bo‘lib, iqtisodiy rayon paxtasini to‘liq tolaga aylantirib bergan. Samarqand viloyatida asosan paxtani Zarafshon vodiysi tekislik qismiga ekilgan. Paxta yakkahokimligini kuchayishi natijasida 1940-yilga qaraganda hududa 1980-yillarda 490 ming tonnaga yaqin paxta yetishtirilgan. Bu respublikada yalpi paxta hosildorligining 8% foizini tashkil etgan. Ma’lumki Samarqand viloyatida paxta yakkahokimligini kuchayishi natijasida paxta tozalash korxonalari sonini ortib borishini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun Samarqand viloyati paxta sanoati 1917-yilga qadar Samarqand va uning atrofida 34 ta paxta zavodi, 20 ta vino va boshda zavodlar faoliyat ko‘rsatgan. Sanoatda band bo‘lgan 1,5 ming ishchi yiliga 6 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.
1930-yillardan so‘ng Samarqand viloyatidagi 36 ta paxta tozalash zavodi, 5 ta yog‘ zavodi va 1 ta sovun zavodida mehnat qilgan ishchilarning umumiy soni 1323 kishini tashkil etgan. Samarqand viloyatida paxtachilik bilan birga donchilik ham yaxshi rivojlandi. Samarqand Fargona viloyati va Kaspiyorti viloyatiga don yetkazib berar edi. XX asr boshlarida mahalliy tadbirkorlar orasidan ancha yirik sarmoyadorlar qatlami shakllandi. Masalan, Y.U.Fuzailov Samarqanda yirik firmaga ega edi, Yusup Davidovning Toshkent, Piskent, Serovo, Shaxrixon, Marg‘ilon va boshqa joylarda zavodlari bor edi. U Muminjonov Kattaqo‘rg‘onda har biri 42 mingdan ortiq, pud paxtaga ishlov berish quvvatiga ega bo‘lgan zavodlarga egalik qilardi. Paxtachilik va paxta savdosi firmalar, kompaniyalar, shirkatlar, banklar, tuli-tuman vositachilar uchun nihoyatda katta daromad olish manbai edi. Yer, tijorat, Davlat banklari vositasida kichik kredit shirkatlari tashkil qilish orqali amalga oshirilgan kreditlar berish tizimi O‘zbekiston paxtachiligini Rossiya sanoatchilari va banklari manfaatlariga buysundirishning muhim shakli edi. XX asr boshlaridan e’tiboran banklar paxta savdosida mustaqil yo‘lga qadam qo‘ydilar. Shu maqsadda banklarning Turkistondagi bo‘limlari qoshida Toshkentda, Qoqonda, Samarqanda, Andijonda va boshqa shaharlarda tovarlar uchun maxsus omborlar ochildi, zavodlar ijaraga olindi, paxtani to‘qimachilik fabrikalariga monopol sotish huquqi qo‘shimcha sharti bilan malakali burjuaziya-ga kreditlar berildi. Tijorat banklarining paxta bilan savdo operatsiyalari, ularning O‘rta Osiyo bo‘limlari hisobotida aks ettirilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan hisobotlar kreditlar shakllari ancha rang-barang (turli shaxslar, firmalar, shirkatlar joriy hisob raqamiga, yuk xujjatlariga, paxtaga, tovarlarga va hokazolar) bo‘lganligidan dalolat beradi.
1924-yil 11-15-avgust kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan paxtakorlarning uchinchi Butunittifoq, kengashida BP Kuning paxta yetishtirishni ko‘paytirish, ekishni tashkil etish va paxta tayyorlashda katta ishlarni amalga oshirayotgani qayd etildi. Kengash ishtirokchilarining asosiy e’tibori ishlab chiqadrish faoliyati va alohida korxonalarning rentabelligi yoki norentabelligini kuzatish imkoniyatini yaratish maqsadida paxta sotib oluvchi punktlar, paxta zavodlari va boshqaruv apparatlari faoliyatini takomillashtirish va soddalashtirishga qaratildi. Paxta muammosining o‘z vaqtida va muvaffaqqiyatli hal etilishi mamlakat valyuta balansini ham mustahkamlashi mumkin edi. Rayonlarda bir tipdagi paxta tozalash va yog‘-moy zavodlarini tashkil qilish ko‘zda tutilgandi. Unga ko‘ra, bitta zavod-da 5 ga jin bulishi kerak edi. Paxta zavodlari uch ko‘rinishda bo‘lishi bir batareya-li 63 zavodlarda 5 ta, ikki batareyali zavodlarda 10 ta, uch batareyalilarda esa 15 ta jin bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, linterlarni yog‘-moy korxonalari ixtiyoriga berib, paxta zavodlarini paxta chigitini linterlash Kengash qarorlaridan yana bir muhimi shuki, unda paxta yetishtiruvchi respublikalar va jarayonidan ozod qilish-ga qaror qilindi. Paxta terish mashinalaridan foydalanish paxtachilikning rivojlanishida muhim bosqichi bo‘ldi.Tayyorlash maskanlariga paxta topshirish sur’ati oshdi, paxta tozalash zavodlarida esa 1955-yildan quritish-tozalash sexlari qurila boshladi.
1960-yilgacha O‘zbekistonda 226 ta quritish-tozalash sexi ishladi66. 1960-1965-yillarda paxta tozalash sanoatida tayyorlanayotgan tola sifatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qo‘llanildi. 1966-1970-yillar-da quritish-tozalash sexlarining texnologik jihatlari takomillashtirildi. Tozalash samaradorligi 45 foizgacha bo‘lgan kuchli ZOVP tola tozalagich, CHX-ZM va 6A12M rusumli takomillashgan paxta tozalagich yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qo‘llanildi. Barcha tayyorlangan paxtani o‘z vaqtida qayta ishlash uchun 1971-1975-yillarda yangi korxonalar, quritish-tozalash va tozalash sexlarining qurilishini tezlatish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizatsiya vositalari bilan taminlash choralari ko‘rildi. Shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli quritgichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press vositalari ishlatildi. 1980-yillarda samaradorligi yuqori bo‘lgan «Mehnat» paxta tozalagichi, «Paxtakor» tola tozalagichi, RX paxta generator yaratildi va ishgatushirildi67. 1980-yillar paxtani qayta ishlashda qatnashadigan jami asosiy texnologik jihozlarni yangilash davri bo‘ldi. Paxtaning sifat ko‘rsatkichlarini tezkorlik bilan aniqlaydigan ASX1 va VSX-1 nav aniqlagichlar yaratildi hamda ishlab chiqarishga joriy qilindi. Yuqoridagilardan xulosa qo‘shgan holda aytish kerakki, qishloqlardagi paxta zavodlarini kengaytirish va ko‘paytirishda ishchi kuchi, mutaxassislar, turar-joy yetishmasligi va boshqa ko‘rsatgichlar, muammolarga duch kelinishi tayin edi.
O‘zbekiston paxta zavodlarida 20178 nafar xodim ishdan chetlatildi va 15683 ta yangi ishchi qabul qilindi. Bir misol Kattaqo‘rg‘on paxta zavodida xodimlar tarkibi bir yilda ikki marta o‘zgardi. Vaziyatning bunday borishi 1934-yil rejalarini bajarishga imkon bermasdi. Sifatli paxta tolasi uchun jinlar yoniga quritish moslamalarini o‘rnatish, paxtachilikka oid ilmiy-tadqiqot ishlarining holatini yaxshilash, jinlarning ishlab chiqarish sur’ati pasayishi va paxta sifatiga tezlik qator savollarga javob topish lozim bo‘lardi. 1940-yilda paxta tozalash sanoatida 657,4 million rublga teng mahsulot olindi68. Bu 1913-yildagidan (219,9 million rubl) uch baravar ko‘p degani edi. Respublikada ishlab chiqariladigan mahsulot aylanmasi hajmi 7,2 martaga oshdi. 1941-yilda esa SNIIX-Prom mutaxassislari linterlarning ishlab chiqarish quvvatini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqdilar. Paxta tozalash zavodlarida sifatli ish jarayonini tashkil etishda arra mashinalarini ta’mirlash sexi yordamchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham alohida mas’uliyat yuklangan bu sexga jiddiy e’tibor berish kerak bo‘ladi. Afsuski, hamma zavodlarda ham arra mashinalarini ta’mirlash sexlari faoliyatni yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Ko‘pincha bu sexlardagi yoritish darajasi yetarli bo‘lmaydi. Sexni shamollatish tizimi va og‘ir mehnat jarayonini mexanizatsiyalashtirishga yetarli e’tibor berilmaydi. Kattaqo‘rg‘on paxta zavodi bu borada boshqa zavodlarga o‘rnak bo‘ldi. 1980-yili bu zavodda katta va yorug‘ arralash sexi bunyod etildi69. Sex isitish qurilmalari va ventilyatsiya tizimi bilan ta’minlandi. Sex oynalari quyosh nuri tushadigan tomonga o‘rnatildi. Bu esa ish joylarini zarur miqdordagi yorug‘lik manbai bilan ta’minladi. Mana shu kabi tadbirlar ishlab chiqarishda muhim o‘rin turadigan arra va boshqa uskunalarning sifatli tayyorlanishi uchun zamin yaratdi. Demak, paxta zavodlarida sifatli mahsulot chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday ekan, paxta zavodlaridagi arra sexlari faoliyatini kerakli darajaga olib chiqish paxta tozalash tarmog‘i oldidagi muhim vazifa, deb bemalol aytish mumkin.
Paxta tozalash sanoatining rivojlanishida o‘z ishini yaxshi biladigan va ishlab chiqarish jarayonida yutuqdarga erishgan oliy toifali xodimlar ham alohida o‘rin tutadi. Yildan yilga paxta tozalash sanoatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoit o‘zgarib bormoqda. Samarqand viloyati Urgut tumanida o‘ninchi besh yillik o‘tgan yillari mobaynida qariyb 11 mln. rubl kapital mablag‘ o‘zlashtirildi, 1279 ga yangi sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jaligi iste’moliga kiritildi, 2145 ga yerning meliorativ holati yaxshilandi. O‘zbekistonnig sanoat korxonalari har yili 1,2 million tonna, avtotransportdan 2,2 million tonna zaharli chiqindilar tarqatgan. Birgina Toshkent shahri transporti yiliga 360 ming tonnadan ortiq turli chiqindi gazlarni atrofga purkadi. Ular tarkibida 100 xildan ortiq zaharli moddalar mavjud edi. Zaharlanish faqat shaharlargagina xos bo‘lmasdan O‘zbekiston qishloqlarida ham xavfli tus oldi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan zaharli ximikatlar tabiatni xarob qildi.
1943-yil 17-avgustda O‘zbekiston SSR to‘qimachilik sanoati Xalq komissariatida paxta tozalash zavodlari va paxta tayyorlash Bosh boshqarmasi «Uzglavzagotxlopprom» tuzildi. 1946-yil Toshkentda O‘rta Osiyoda ilk bor paxtachilik mashinasozligi bo‘yicha maxsus konstruktorlik byurosi tuzildi. 1948-yil «Uzglavzagotxlopprom» O‘zbekiston SSR Yengil sanoati ministrligi tasarrufiga o‘tkazildi. 1950-yil O‘zbekiston SSR Paxtachilik Ministrligi tuzildi. 1953-yilning 1-martidan «Uzglavzagotxlopprom» boshqarmasi O‘zbekiston SSR Paxtachilik Ministrligi tasarrufiga o‘tkazildi. 1952-yil 15-yanvarda «Tashselmash» zavodi universal paxta tozalagichlarning birinchi partiyasini ishlab chiqardi. 1953-yil 4-iyundan «Uzglavzagotxlopprom» boshqarmasi O‘zbekiston SSR qishloq xo‘jaligi va tayyorlash Ministrligi tasarrufiga o‘tkazildi. Paxtachilikning yangi traktor-mexanizmlar bilan ta’minlanishi va yerni o‘g‘itlar bilan ishlov berishga imkon yaratilishi, mexanizator kadrlarning keng ko‘lamda tayyorlanishi natijasida kompleks mexanizatsiyani joriy etish, agrotexnikani keng qo‘llash, g‘o‘za barglarini to‘ktirish, mineral o‘g‘itlarni solish, zararkunandalarga qarshi kurashish kabi jarayonlar, asosan, texnika orqali bajariladigan bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligini traktor va turli texnika bilan ta’minlashi uning energetika quvvatini ham oshirdi. Misol uchun 1959-1964-yillarda elektr quvvati 2 barobar va boshqa mexanik dvigetellar quvvati esa 7,6 marta oshdi. Jumladan texnika bilan jihozlanish natijasida gektar hisobiga 1959-yildagi 136 ot kuchidan 1964-yili 215 ot kuchiga ko‘paydi, har bir ishlovchining energetika bilan qurollari ham 2,1 barobarga oshdi.
Sakkizinchi besh yillik davomida Buxoro, Kogon, Mangit, Zirabuloq, Andijon, Namangan, Oqo‘rg‘on, 106 Navoiy, Quva, Guliston, Toshloq va G‘ijduvon paxta zavodlari ayniqsa, yaxshi natijalarga erishdilar. 1970-yilda respublika paxta tozalash sanoatida 1,4 million tonna sifatli paxta tolasi ishlab chiqarildi. Hosilni qayta ishlash va davlat rejasini bajarish uchun berilgan vaqt tayyorlov punktlarining kengayishi va paxta tozalash zavodlarining ishlab chiqarish quvvati oshishiga sabab bo‘ldi. O‘z navbatida mavjud zavodlarni rekonstruktsiya qilish va yangilarini qurish muhim vazifalardan biriga aylandi. Bu vazifani amalga oshirish yo‘lida ko‘plab tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1980-yilda O‘zbekistan paxta tozalash sanoatiga tegishli zavodlar soni 122 taga yetdi.70
1970-1980 yillarda respublika buyicha jami 51 million 774 ming tonna paxta xom ashyosi qayta ishlandi va 16 million 391 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarildi. O‘rtacha tola chiqishi esa 31,7 foizni tashkil qilardi, Jumladan, 1970- yilda jinlarning umumiy soni 607 ta bo‘lsa, 1980-yilga kelib paxta tozalash sanoatida 729 ta jin borligi ma’lum bo‘ldi. Xar bir zavodning o‘rtacha quvvati 16,6 foizga oshdi. Xar bir ishchi yiliga 1970-yildagidek 95 tonna emas, balki 112 tonna paxta tolasi ishlab chiqarardi. 1980-yilda esa paxta tozalash zavodlarida rejadagi 3076,3 ming tonna o‘rniga 3086 ming tonna chigit tayyorlandi.
1970-1980-yillarda O‘zbekiston paxta tozalash sanoatini zarur asbob-uskunalar va extiyot qismlar bilan ta’minlovchi asosiy korxona «Uzbekxlopkomash» birlashmasi hisoblanardi. Toshkent mashinasozlik zavodi, Andijondagi «Kommunar» zavodi, Samarqand va Kattaqo‘g‘ondagi «Xlopkomash» zavodlari, Chustdagi extiyot qismlar zavodi ushbu birlashma tarkibiga kirardi71. Birlashma asosan jin, linter-mashina, quritish va tozalash qurilmasi, LX-2 markali paxta tozalash uskunasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanardi. Andijondagi «Kommunar» va Kattaqo‘rondagi «Xlopkomash» zavodlari asosan paxta sanoati uchun kerak bo‘ladigan mexanizmlarni ishlab chiqarardi. O‘sha yili 661 ta jin va linter mashina, 323 ta tozalash moslamasi, 158 ta tola tozalash qurilmasi, 160 ta paxtani quritish uskunasi, 778 ta ta’minlovchi moslama (pitatel)ni tayyorlab berdi. Birlashma tarkibiga kiruvchi zavodlarda jami 250 turdagi maxsulot ishlab chiqaradilar edi72. 1980-yillarga kelib paxta xosilini mashinalarda terib olishni keng miqyosda tashkil etish, tozalash-quritish jarayonini takomillashtirib, samaradorlikni oshirishga mablag‘lar sarflandi. Xosilni yigib olish jarayonida sifatning pasayishiga sabab bo‘luvchi holatlardan iloji boricha qochish kerak. Xususan, paxtani terim mashinalari bunkerlaridan o‘z vaqtida va o‘z o‘rnida qabul qilib olish, xomashyoning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuqori sifatli maxsulot olishning eng oddiy, biroq, muxim xususiyatlaridan sanaladi. Yig‘im-terimni sifatli tashkil qilish maqsadida paxta terish mashinalarining takomillashuviga aloxida e’tibor qaratildi. Aytish joizki tarmoq rivojida paxta zavodlari va paxta ekiladigan maydonlar o‘rtasidagi masofa ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Xosilni qabul qilish tun paytida o‘rtacha 10 soat davom etardi. 1980-yilda respublikada 546 ta paxta qabul qilish punkti hisobga olingan edi. Xosilni qabul qilish jarayoni asosan tunda amalga oshirilgani uchun xar yili o‘rtacha 67704 kvt/s energiya sarf bo‘lardi.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling