O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda paxta yakkahokimligining kuchayishi
Download 0.65 Mb.
|
2023-DISSERTATSIYA45
1.2. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda paxta yakkahokimligining kuchayishi.
Ikkkinchi jahon urushdan keyingi yillarda paxtachilikni rivojlantirish masalasi yana kun tartibiga chiqdi. SSSR Xalq Komissarlari Soveti va VKP(b) Markaziy qo‘mitasi respublika mehnatkashlarini 1947-yilda paxtachilikni urushdan oldingi darajaga olib chiqishga chaqirdi22. Tabiiyki, asosiy kuchlar yangi rejalarni amalga oshirish uchun safarbar etildi. Urushga qadar respublikadagi zavodlar yiliga 500 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarardi. 1945-yilda davlatga 200 ming tonna mahsulot topshirgan edilar. To‘rtinchi besh yillik yakunida esa paxta zavodlari 700 ming tonna paxta hosilini qayta ishlashi lozim edi. Paxtakorlar oldiga hosildorlikni gektaridan 17,4 sentnerga ko‘tarishdek mas‘uliyatli vazifa qo‘yildi23. Paxta ekiladigan maydonlarga esa yana 96 ming gektar yer qo‘shildi. Paxtachilik tarmog‘iga qo‘yilayotgan talablar yildan-yilga oshib borardi. 1950- yilga kelib paxta ekiladigan maydonlar 1 million gektarga ortdi. Paxtakorlar esa hosildorlikni gektaridan 22,4 sentnerga yetqazishni maqsad qilib qo‘ydilar. To‘rtinchi besh yillik mobaynida O‘zbekiston SSRda qator chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda davlatga 2 million tonnadan ko‘prok paxta yetkazib berishi, 40 milliard metr gazlama, 700 ming tonna o‘simlik yog‘i va 140 ming tonna lint topshirishi zarur edi. 1945-yilning 8 oyi mobaynida paxta tozalash sanoati davlat rejasini 56 foizga bajardi, xolos. Bu paxta tolasi rejadagidan 90 ming tonna kam olingan degani edi. O‘zbekistan KP Markaziy qo‘mitasining XII plenumi tarmoqdagi ahvolni har jihatdan o‘rganib chiqdi24. Plenum bir qator partiya rahbarlarining o‘z vazifasiga mas‘uliyatsizlik bilan qarayotganini tanqid qildi. Shuningdek, paxta tozalash sanoatidagi salbiy natijalar o‘z navbatida yog‘-moy sanoatiga ham ta’sir ko‘rsatishi ta‘kidlandi. Yog‘-moy zavodlari o‘sha yili rejadagidan 15 ming tonna kam mahsulot topshirgan edilar. Plenum partiya va Sovet organlarini paxta tozalash va yog‘-moy sanoati xalq xo‘jaligidagi yetakchi tarmoqlardan ekanini anglashga chaqirdi. Plenum qarorlariga muvofiq ushbu tarmoqlardagi ishlab chiqarishni tubdan yaxshilash, har bir zavodning kundalik faoliyati bilan tanishib borish va zarur bo‘lganda kerakli yordamlarni ko‘rsatish lozim edi. O‘z navbatida temiryo‘l transportidagi rahbar xodimlar ham XII Plenum nazaridan chetda qolmadi. Ularga respublikadagi to‘qimachilik korxonalari uchun zarur bo‘lgan paxta tolasini o‘z vaqtida eltib berishni nazorat qilish vazifasi yuklandi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun albatta, ko‘p miqdorda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kerak bo‘lardi. 1946 yilning 1-yanvariga kelib respublika paxta yetishtirish bo‘yicha davlat rejasini 104 foizga bajardi25. O‘zbekistonlik paxtakorlar 1 million 116 ming tonna paxta hosilini yig‘ib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Hosildorlik esa gektariga 13 sentnerni tashkil etdi. Bu paxtachilikning urushdan keyingi dastlabki g‘alabasi edi. O‘zbekiston KP(b)ning sezdida (1944-yil mart)paxtachilikdagi yutuqlariga alohida o‘rin berildi26. Shuningdek tarmoqda erishilgan yuksak natijalar respublika paxta tozalash sanoatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aytildi. Markaziy qo‘mitaning yakuniy maruzasida O‘zbekiston yengil sanoatidagi asosiy tarmoq, paxta xomashyosini yetkazib berishdan iborat ekani ochiq bayon qilindi. O‘zbekistonda paxta tazalash sanoati mamlakat miqyosida umumiy tola hajmining 71 foizini tashkil etardi27. Bu paytga kelib paxta tozalash zavodlarining ishlab chiqarish quvvati oshgan va zavodlar faoliyatida muhim rol o‘ynovchi energiya bazasini mustahkamlashga erishilgandi. Biroq, shunday bo‘lsada, respublika paxta tolasini ishlab chiqarishda hali urushdan oldingi natijaga erisha olmagan edi. Ayni palla kezlarda paxta tozalash sanoatining faoliyati muhim ahamiyat kasb eta bordi. Partiya va Sovet organlari tarmoq, faoliyatini qattiq nazorat qilar, mavjud zavodlardagi ishlab chiqarish sur‘atini pasaytirmaslikka intilar, yangi zavodlar barpo qilish rejasi ustida bosh qotirardi. Natijada paxta tozalash zavodlari yangi texnika bilan ta’minlandi. Hamma zavodlardan eski jin uskunalari olib tashlandi. Ular o‘rniga o‘rta tolali paxta uchun mo‘ljallangan XDD va ingichka tolali paxtaga moslangan XDV markali yangi “jin”lar keltirildi. VKP(b) Markaziy qo‘mitasining 1947-yilda bo‘lib o‘tgan fevral Plenumida qishloq, xo‘jaligini, xususan, paxtachilikni yuqori natijalarga olib chiqish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqishdi28. Paxta hosili uchun belgilangan narx sezilarli miqdorda oshdi. Qishloq xo‘jaligi qo‘shimcha traktorlar va boshqa zarur uskunalar bilan ta‘minlandi. Paxtachilikda 1950-yili yuksak natijaga erishildi. Paxta hosildorligi ortgan, paxta tolasi ishlab chiqarish 1945-yilgi natijalar bilan solishtirganda 3 barobar oshgan edi. O‘sha yili O‘zbekiston SSR paxta tozalash saonoati davlatga 641 ming tonna sifatli paxta tolasi topshirishga muvaffaq bo‘ldi29. O‘z navbatida Sovet hukumati paxtachilik sohasidagi yutuqlarni munosib baholadi va 538 nafar paxtakor Sotsialistik mehnat qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldi, 900 ga yaqin kishi Lenin ordeni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston paxta zavodlarida mehnat jarayonini mexanizatsiyalashtirish asosiy vazifalardan biriga aylandi. Tez orada paxtani pnevmatik usulda tizimgacha yetkazib berish, paxtani doplat, paxta toylarini vagonlarga yuklash kabi jarayonlar avtomatlashtirildi. Holbuki, 1946-yilga qadar bu jarayonlar asosan qo‘lda bajarilardi30.Oqibatda paxta zavodlarida xodimlarning deyarli 70 foizi yuk ortish va tushirish bilan mashg‘ul bo‘lib qolardi. Faqat 25 foiz xodimlar ishlab chiqarish jarayonida mehnat qilar, 5 foiz ishchi esa mexanizatsiyalar bilan shug‘ullanardi. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra paxta zavodlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida mehnat unumdorligi 40 foizga ortishi mumkin edi. Raqamlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish maqsadida olimlar «Juravl» deb nomlanuvchi yangi tizimni o‘ylab topdilar. Bunda baland minoraning tepa qismiga o‘rnatilgan xartumsimon o‘xutar taram atrofida aylanar va paxtani kerakli yerga oson yetkazib berardi. Paxtani sopqanorlarsiz tashish maqsadida Toshkent paxta zavodi ishlab chiqqan tross tizimidan foydalanishga o‘tdilar. Bu tizim telejkalar, har xil rolikli transportyorlar, ko‘targichlar, borti kengaytirilgan lint transportyorlari, harakatlanuvchi pnevmatik uskunalar, chigit tashuvchi konteynerlar, tor releli yo‘llar, elektrokara va troleykaralar, 100 elektroshtebellar, kranlardan iborat edi. Bundan tashqari mazkur zavod paxta hosili, chigit va paxta tolasi og‘irligini o‘lchashning mexanizatsiyalashtirilgan usulini taklif qildi. Mazkur tizimdan foydalanish faqat bir narsani zavod hududining to‘liq, asfaltlanishini talab etardi.Yuqori darajali mexanizatsiyalashtirish jarayoni tufayli paxta zavodlaridagi ishchi kuchini 40 foizga, tayyorlov punktlarida esa 25 foizga qisqartirish imkoni yaratildi. O‘z navbatida bu jarayonni amalga oshirish uchun 500 ming rubl kerak bo‘lardi. O‘zbekistan paxta zavodlarida «Ruskiy dizel» zavodi ishlab chiqargan N-34, N-49, YUN-47 markali dizellar qo‘llanilardi. Bundan tashqadri Kopomen zavodining 9K-4, 20K-4, 8-S,12-S, 60-S, 25-S markali quvvati sekundiga 200, 465, 300, 400 va 900 litrni tashkil etuvchi dizellaridan xam foydalanilardi. Paxta zavodlarida XSB, XSX, XSA markali, quvvati soatiga 7 tonnadan 9 tonnagacha bulgan separatorlar ishlardi. Tozalash darajasi 50-60 foizni tashkil etadigan paxta tozalovchi qurilma soatiga 12 tonna quvvat bilan ishlardi31. Distibyuratorga paxta xomashyosini yetkazib turuvchi taqsimlash moslamasining ishlab chiqarish quvvati soatiga 9 tonnani tashkil etardi. Shuningdek paxta tozalash sanoatida tozalash darajasi 27-33 foiz ishlab chiqarish quvvati soatiga 3,5 tonna bo‘lgan XAD markali jin ta’minotchilari qo‘llanardi.1960-yilgacha O‘zbekistonda 226 ta quritish-tozalash sexi ishladi32.1960-65-yillarda paxta tozalash sanoatida tayyorlanayotgan tola sifatini yaxshilashga imkon beradigan OVP va OVP-A tola tozalagichlar qo‘llanildi. 1966- 70-yillarda quritish tozalash sexlarining texnologik jihatlari takomillashtirildi. Tozalash samaradorligi 45 foizgacha bo‘lgan kuchli ZOVP tola tozalagich, CHX-ZM va 6A12M rusumli takomillashgan paxta tozalagich yaratildi, ROV rusumli paxta tolasi regeneratori qo‘llanildi. Barcha tayyorlangan paxtani o‘z vaqtida qayta ishlash uchun 1971-1975 yillarda yangi korxonalar, quritish-tozalash va tozalash sexlarining qurilishini tezlatish, ularni yangi texnologik uskunalar va mexanizatsiya vositalari bilan ta‘mirlash choralari ko‘rildi. Shuningdek, ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiyalash ishlari boshlandi. Korxonalarda yuqori unumli quritgichlar, paxta tozalagichlar, gidravlik press qurilmalari ishlatildi. 1980-yillarda samaradorligi yuqori bo‘lgan «Mexnat» paxta tozalagichi, «Paxtakor» tola tozalagichi, RX paxta generatori yaratildi va ishga tushirildi. 1980-yillar paxtani qayta ishlashda qatnashadigan jami asosiy texnologik jihozlarni yangilash davri bo‘ldi. Xalq xo‘jaligidagi rivojlanishlar bois respublikada ishchi-xizmatchilar soni ham to‘xtovsiz ortib borardi. 1940-yilda respublika xalq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi-xizmatchilar soni 696 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 1950-yilda 852 ming ishchi-xizmatchi ro‘yxatga olindi. 1950-yilda 66 ming yangi ishchi kuchi tayyorlandi. Bundan tashqari texnikum va boshqa o‘rta-maxsus bilim yurtlarida yana 33,8 ming nafar bo‘lg‘usi ishchilar ta’lim olishar, oliy o‘quv yurtlarida esa 31,6 ming talaba bor edi33. Bu tayyorgarliklar beshinchi besh yillik davrida o‘z mevasini berdi. 1951-1955-yillarda O‘zbekiston sanoati yangi yutuqlarga erishdi. Ishdagi faollik va mehnat sifatini yaxshilashga bo‘lgan qiziqish ortib bordi, mehnat musobaqadlari boshlandi. 1957-yildan uchta zavodda tayyorlangan paxta tozalash sanoati uchun zarur bo‘lgan mashina va jihozlar turli vazirliklar shug'ullangan bo‘lsa, ixtisoslashgan «Uzbekxlopkomash» zavodi shug‘ullana boshladi. O‘zbekiston paxta tozalash sanoatida ishlatilayotgan mashinalar birmuncha takomillashgan va ishlab chiqarish quvvati ortdi. Bu 1958-yildan boshlab yiliga 3,5 million tonna paxta xomashyosini tozalab qayta ishlash imkonini berdi. Biroq, paxtachilik tarmog‘iga qo‘yilayotgan talab yildan-yilga o‘sib borayotgan, respublikadagi paxta tozalash korxonalari yiliga 5 million tonna xomashyoni qayta ishlash darajasiga erishishlari lozim edi. KPSS ning XXI syezdida 1959-1965- yillarda mamlakatda paxta ishlab chiqarish hajmini yiliga 5,7-6,1 million tonnaga yetkazish lozimligi alohida ta‘kidlab o‘tilgan34. Bu 1958-yil rejasidan 30-40 foiz ortiq,degani edi. Mamlakat miqiyosida yetishtiriladigan paxta xomashyosining 3,4-3,7 million tonnasi, ya’ni 60 foiziga yaqini O‘zbekistan hissasiga to‘g‘ri kelardi. Bu ulkan rejani bajarish paxtachilik sohasiga aloqador tarmoqlarni doimiy nazorat qilishni talab etardi. O‘z navbatida qishloq xo‘jalik mashinalari, zarur mexanizm va agregatlar soni ko‘paytirish, mineral o‘g‘itlarni o‘tgan yillardagiga nisbatan ko‘proq ishlab chiqarish, paxta zavodlari quvvatini oshirish, mashinasozlik va ximiya zavodlarini kengaytirib, paxta hosilini mashinalarda yig‘ib olishni yo‘lga qo‘yish zarur edi. 1959-yili O‘zbekiston paxtadan 3 millon 302 ming tonna xosil olishga erishdi. Bu paytga kelib paxta xomashyosini tozalash jarayonidagi dastlabki bosqichlar mexanizatsiyalashib ulgurgandi. Xomashyoni qabul qilib olish, toza-lash va quritish, saqlash, zavod ichidagi tashish jarayonlarida mashinalar xizmat qilardi. O'zbekiston Kompartiyasining navbatdan tashqari XIX syezdi respub-lika paxta tozalash sanoati oldiga juda katta talab qo‘ydi. Ya’ni 1965-yilga qadar paxta tozalash zavodlari yiliga bir million 305,9 ming tonna paxta tolasini tayyorlab beradigan darajaga yetishlari kerak edi35. Paxta momig‘i ishlab chiqarishda esa ko‘rsatkichni 95,6 ming tonnadan 191,2 ming tonnagacha olib chiqish lozim bo‘lardi. Vaziyat paxta tozalash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatini oshirishni taqazo etdi. Zavodlarda qo‘llanayotgan “jin”lar soni 1958-yilda 368 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 1965-yilga qadar bu raqam 414 taga yetka-zildi. Linter mashinalar soni 1078 tadan 1378 taga ortgandi. Har bir zavod paxta tolasi ishlab chiqarish hajmini 20 foizga oshirdi. Shuningdek, yana 5 ta paxta tozalash zavodi qurildi. XIX syezda paxtachilik tarmog‘i bilan bog‘liq yana bir masalani kun tartibiga qo‘yildi. Endi tayyorlov punktlari va zavodlardagi xomashyoni yuklash-tushirish jarayonlarini mashinalar yordamida bajarish, bar-cha tayyorlov punktlarida yuqori quvvatli kuritish-tozalash sexlarini tashkil etish, paxta zavodalaridagi ishning ma’lum bosqichlarini avtomatlashtirish zarur edi. Paxtadan olinayotgan xosil hajmining ortgani respublika yog‘-moy sanoatining rivojiga kam o‘z ta’sirini o‘tkazdi. 1964-yilda esa Sobiq Ittifoqda yagona sanal-gan Andijon paxtachilik instituti tashkil etildi36. Bu tadbirlar tez orada o‘zining natijasini ko‘rsatdi. 1965-yilda davlatga rejadagi 3 million 615 ming tonna o‘rniga 3 million 904 ming tonna paxta xomashyosi topshirildi. Hosilning 23,3 foizi paxta terish mashinalari yordamida terib olindi. 1959-1965-yillar oralig‘ida yangi uskunalar bilan jihozlangan 5 ta paxta zavodi qurildi37. Har bir zavodda yiliga o‘rta hisobda 53,5 ming tonna xomash-yo qayta ishlanardi. Mavjud zavodlarning umumiy quvvati esa 26,7 foizga oshgandi. 1965-yilda respublika paxta tozalash zavodlari 3 million 682 ming tonna xomashyoni qayta ishladi. Bu 1959-yilgi natijalardan (2 million 997 ming tonna) 25 foiz ko‘p degani edi. Yetti yillik davrida jami 23 million 673 ming tonna paxta yetishtirildi. Respublikadagi zavodlar bu mahsulotdan 7732 ming tonna sifatli paxta tolasini ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Sakkizinchi besh yillik davrida (1965-1970 ) O‘zbekiston davlatga rejadagi 3 million 538 ming tonna o‘rniga 4 million 670 ming tonna paxta xomashyosi topshirdi. Paxta tolasini ishlab chiqarish hajmi ortdi. 1966-yili butun mamlakat bo‘ylab Oktyabr to‘ntarishining 50-yilligiga bag‘ishlangan mehnat musobaqalari (sotsialistik musobaqalar) keng yoyildi. Qo‘rg‘ontepa, Andijon, Quva, Buxoro va Farg‘onadagi paxta zavodlari sakkizinchi besh yillik majburiyatlarini ortigi bilan bajarishga so‘z berdilar. Iqdisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash, barcha zavodlarda sifat masalasiga alohida e’tibor berish davr talabi edi. Mehnat musobaqasiga kirishgan paxta zavodlari bir qator vazifalarni belgilab olishdi. Paxta tolasi, lint, chigit tayyorlash bo‘yicha davlat rejasini muddatidan oldin bajarish, paxtadan ko‘proq miqdorda tola olish-ga erishish, qisqa fursat ichida tayyorlov punktlari va zavodlarni kapital ta’mir-dan chiqarish. Mazkur inshootlar xududini obodonlashtarish va ko‘kalamzorlashtirish, mehnat mudofasini yaxshilash va yangi texnologiyalar keltirilishi jarayonini tezlashtirish birinchi galdagi vazifalardan edi. 1980-yillar-ga kelib O‘zbekiston paxta tozalash sanoatiga tegishli zavodlar soni 122 taga yetdi38.1970-1980-yillarda respublika bo‘yicha jami 51 million 774 ming tonna paxta xomashyosi qayta ishlandi va 16 million 391 ming tonna paxta tolasi ish-lab chiqarildi39. O‘rtacha tola chiqarishi esa 31,7 foizni tashkil qilardi. 1980-yilda barcha paxta tozalash zavodlarining umumiy quvvati 2123532 tonna tolaga teng edi. Aniq raqamlarga asoslansak, 1 million 745,3 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilgandi40. Demak, paxta zavodlari quvvatining bor yo‘g‘i 82,2 foizidan foydalanilgan edi. Tarmoqda texnologik rivojlanish sur’ati ham orta bordi. Jumladan,1970-yilda “jin”larning umumiy soni 607 ta bo‘lsa, 1980-yilga ke-lib paxta tozalash sanoatida 729 ta “jin” borligi ma’lum bo‘ldi41. Har bir zavodning o‘rtacha quvvati 16,6 foizga oshdi. Har bir ishchi yiliga 1970-yildagidek 95 tonna emas, balki 112 tonna paxta tolasi ishlab chiqarardi42. 1980-yilda esa paxta tozalash zavodlarida rejadagi 3076,3 ming tonna o‘rniga 3086 ming tonna chigit tayyorlandi. 1980-yilda respublika paxta tozalash sanoatida davlat standartlariga 91-92 foiz to‘g‘ri keladigan yuqori sifatli paxta tolasi olishga erishildi. Bu davrga kelib paxta tozalash jarayonini belgilangan vaqtga aniq hisob-kitoblar bilan joylashtirish ustida tajriba olib borilardi. Respublika konstruktorlari yuqori sifatli paxta tolasiga mo‘ljallangan xomashyoni a’lo darajada yoritadigan moslamalarni va tozalash qurilmalarini ixtiro qilishdi. O‘sha yillari paxta zavodlarida keng qo‘llangan 3-OVP va Z-OVPA markali tola tozalovchi moslamalar davlat standartlariga mos tarzda a’lo sifatli paxta tolasini ishlab chiqarishga imkon berdi. 1980-yillarda paxta zavodlarida ancha takomillashgan DP130 va DV- 1M markali “jin”lardan foydalanildi. Mahsulot sifati ko‘p hollarda paxta tozalash jarayonida qatnashuvchi asosiy mashina xisoblanadigan “jin”larga bog‘liq bo‘ldi. 1970-1980-yillarda O‘zbekiston paxta tozalash sanoatini zarur asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlovchi asosiy korxona «Uzbekxlopkomash» birlashmasi hisoblanardi43. Toshkent mashinasozlik zavodi, Andijondagi «Kommunar» zavo-di, Samarqand va Kattaqo'rg‘ondagi «Xlopkomash» zavodlari, Chustdagi ehti-yot qismlar zavodi ushbu birlashma tarkibiga kirardi. Birlashma asosan jin, linter-mashina, quritish va tozalash qurilmasi, LX-2 markali paxta tozalash uskunasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanardi. Birlashmada tayyorlangan «Mexnat» marka-li tozalash uskunasi va RX markali tozalash-tiklash qurilmasi nafaqat Sobiq Ittifoqda shuhrat qozondi, balki xorij mamlakatlarida O‘tkazilgan qator tanlov-larda ham yuqori baxolandi. Andijondagi «Kommunar» va Kattaqo‘rg‘ondagi «Xlopkomash» zavodlari asosan paxta sanoati uchun kerak bo‘ladigan mexanizmlarni ishlab chiqarardi. 1977-yilning o‘zida «Uzbekxlopkomash» birlashmasi tayyorlagan maxsulotlarning umumiy narxi bir necha o‘n million rublga baxolandi. O‘sha yili 661 ta jin va linter mashina, 323 ta tozalash moslamasi, 158 ta tola tozalash qurilmasi, 160 ta paxtani quritish uskunasi, 778 ta ta’minlovchi moslama (pitatel) ni tayyorlab berdi. Birlashma tarkibiga kiruvchi zavodlarda jami 250 turdagi mahsulot ishlab chiqarilar edi. 1970-1980-yillarda respublika paxta tozalash zavodlarida o‘rta tolali paxtani qayta ishlashga moslangan jin va linter mashinalarni zamon talablariga mos ravishda takomillashtirishga katta ahamiyat berildi. UMPD va UMPL markali jin va linter mashinalari uchun qo‘shimcha qismlar tayyorlandi. Shu tufayli jin va linterlarning ishlab chiqarish quvvati ortdi. Albatta, 1970-1980-yillarda respublika paxta tozalash sanoatida yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham bor edi. Ba’zi hollarda kerakli uskunalarning o‘z muddatida yetkazib berilmasligi tufayli ishlab chiqarishda paxta tolasi, lint va chigitning sifati pasayib ketardi. Ba’zida esa ehtiyot qismlar yetishmasligi bilan bog‘lik, muammolar paydo bo‘lardi. «Signal» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi paxtaning navini, namligi va ifloslanish darajasini aniqlab beruvchi laboratoriya jihozlarini tayyorlar, lekin ba’zan bu mahsulotlar talabga javob bermasdi. Paxtaning navi va namlik darajasini qisqa vaqd ichida, aniq, tarzda belgilab beruvchi jihozlarning o‘zi yo‘q edi. 1980-yillarda tizimda xomashyoni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash kabi jarayonlarga alohida e’tibor berildi. Xo‘jaliklar va paxta tozalash sanoati xodimlari hamma e’tiborni bir nuqtaga oliy sifatli paxta tolasi yetishtirish ishiga qaratdilar. Paxtani tozalash, chigitdan ajratish va xomashyoni quritish kabi jarayonlarning nazariy asoslari birmuncha takomil-lashdi. Yosh olimlarga paxtani qanday saralashni o‘rgatish uchun zavod va xo‘jaliklardan yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar jalb qilindi. 1980-yillarda ishlab chiqarishning o‘sishi va mashinada terilgan hosilni qayta ishlovchi texnologiyalarning takomillashuvi hisobiga paxta tozalash sanoatidagi asosiy fond sezilarli darajada o‘sdi. Biroq, ishlab chiqarishda va mehnat unumdorligida orqa-da siljish ko‘zga tashlanmadi. Mutaxasislar fikricha, hammasi paxtani yig‘ib olish va topshirish uchun sarflanadigan vaqtning qisqargani bilan bog‘liq edi. Bu muddatning qisqarishi tufayli tayyorlov tizimida qo‘shimcha uskunalarga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Yuk ortilgan traktorlarning tayyorlov punktlari oldida turib qoli-shiga yo‘l qo‘ymaslik lozim edi. 1980-yillarda paxta hosilini topshirish va qabul qilib olish jarayonidagi es-ki usullardan voz kechishga to‘g‘ri keldi44. 1950-yillarda paxtakorlar yig‘ilgan hosilni ertalabki quyosh nurida quritib olish harakatiga tushishar, qurigan paxtani qoplarga joylab aravalarga yuklashardi. Aravalar juda sekin harakat qilgani ko‘p vaqt sarf bo‘lar va vaqd kechqurunlari paxta qabul punktiga yetkazilardi. U payt-da hali quritish-tozalash sexlari yo‘q edi. Hosilni qabul qilish tun paytida o‘r-tacha 10 soat davom etardi. 1980-yilda respublikada 546 ta paxta qabul qilish punkti hisobga olingan edi45. Hosilni qabul qilish jarayoni asosan tunda amalga oshirilgani uchun har yili o‘rtacha 67704 klvt energiya sarf bo‘lardi. Faqat tayyorlov mavsumining o‘zida tarmoqda paxtani qabul qilish uchun 6 million kilovatt elektr energiya sarf qilinardi. Ana shu o‘rinsiz sarf-xarajatlarning oldini olish maqsadida barcha tayyorlov punktlarida paxta hosilini quritish-tozalash ishlari yangicha sharoitlarda yo‘lga qo‘yildi. Oqibatda qo‘l mehnati hajmi ka-maydi. Paxtani tunda emas, kunduzgi qabul qilishga o‘tilishi hosilning sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Sifatli paxta tolasi olishga erishish uchun har yili yig‘im-terimini sifatli tarzda amalga oshirish zarur. Buning uchun paxta zavodlarining tayyorlov tizimidan tortib qishloq, xo‘jaligi mutaxassislarigacha paxtachilik tarmoqlaridan yaxshi xabardor bo‘lishlari kerak. Shuningdek, paxta dalasida terim bilan band bo‘lgan terimchi va mexanizatorlar sifatli paxta tolasi, lint va chigitning sanoat rivojida qanchalik ahamiyatga ega ekanini yaxshi bi-lishi lozim. Paxtachilik sohasining ajralmas bo‘lagi sanaladigan tayyorlov punktlaridan unumli foydalanish ham soha rivojida muhim o‘rin tutadi. Xu-susan, tayyorlov punktlari paxta xomashyosidan bo‘shaydigan aprel-sentyabr oylarida ulardan ipak qurti pillasini va g‘alla tayyorlash ishlarida ham foydalanish mumkin, Qisqa muddat oralig‘ida har bir tayyorlov punktda tonnalab qimmat-baxo maxsulotni yetkazib berishi mumkin (ma’lumki, ipak qurti pillasi 40 kunlik muddat ichida tayyor bo‘ladi). Paxta xomashyosining sifatini oshirishda kuzda ekiladigan maydon hajmi ham g‘oyatda ahamiyatlidir. Paxta tozalash korxonalarida asosan 3 smenali ish tashkil qilingan. Bu esa mehnat jarayonida qator noqulayliklarga olib keladi. Birinchidan, tungi mehnat kam samara beradi. Ishlab chiqarishdagi sifatsiz mahsulotlar asosan tungi mehnat mahsulidir. Chunki tungi mehnat chog‘ida zavodning ish faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati ustidan nazorat qilish ancha susayadi. Shu bois tungi mehnat sharoitidagi ishlab chiqarish miq-dori kunduzgisiga qaraganda past bo‘ladi. Qolaversa, paxta zavodlarida uzluk-siz mehnat jarayonini tashkil etish uchun xomashyo yetishmaydi. Uch smenali mehnatni tashkil qilgan holda 5-6 oy ishlagan zavod yangi hosilga qadar to‘xtab qolishi mumkin. Kattaqo‘rg‘on paxta zavodi bu borada boshqa zavodlarga o‘r-nak bo‘ldi. 1981-yili bu zavodda katta va yorug‘ arralash sexi bunyod etildi46. Sex isitish qurilmalari va ventilyatsiya tizimi bilan ta’minlandi. Sex oynalari quyosh nuri tushadigan tomonga o‘rnatildi. Bu esa ish joylarini zarur miqdordagi yorug‘lik manbai bilan ta’minladi. Mana shu kabi tadbirlar ishlab chqarishda muhim o‘rin turadigan arra va bosha uskunalarning sifatli tayyorlanishi uchun zamin yaratdi. Demak, paxta zavodlarida sifatli mahsulot chiqarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Shunday ekan, paxta zavodlaridagi arra sexlari faoliyatini kerakli darajaga olib chiqish paxta tozalash tarmog‘i oldidagi muhim vazifa, deb bema-lol aytish mumkin. Paxta tozalash sanoatining rivojlanishida o‘z ishini yaxshi biladigan va ishlab chiqarish jarayonida yutuqlarga erishgan oliy toifali xodimlar ham alohida o‘rin tutadi. Yildan-yilga paxta tozalash sanoatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ishchi xodimlar uchun yaratilgan sharoit o‘zgarib bormoqda. Paxta zavodlari faoliyatidagi takomillashish jarayoni esa hech qachon to‘xtab qolmaydi. Bugungi kunda paxta zavodlari 8-10 ta sex va uchastkalarni qamrab oluvchi kombinatlarga aylangan. Xomashyoni yig‘ish bo‘limlari, birinchi va ikkinchi darajali quritish sexlari, paxta tozalash sexi, jinlash sexi, linterlash, toylash, tayyor mahsulotni joylashtirish, dorilash, urug‘lik chigit-ni qobiqsizlantirish sexlari bir butun holda zamonaviy paxta zavodini tashkil eta-di. O‘z navbatida zavodlarda xodimlarning bu bo‘limlardagi ish jarayoniga bo‘linishi ta’min etilgan. Paxta zavodlaridagi ish jarayonining to‘xtab qolmasligi paxta tozalash sanoatining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, ish jarayoni bilan bog‘liq muammo va qiyinchiliklar tushishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta ekiladigan maydonlar hajmi jadal sur’atlarda kengaytirildi. Birinchidan, Mirzacho‘l, Markaziy Farg'ona, Qarshi, Surxon Sherobod cho‘llarining o‘zlashtirilishi bilan birga ilgaridan sug‘oriladigan va boshqa ekin turlari ekiladigan maydonlarda ham paxta yetishtiriladigan bo‘ldi. 1930-1940-yillarda qishloq, aholisiga ajratib beriladigan tomorqa yer uchastkalari 0,15 gektardan 1980-yillarga kelib 0,12 va hatto 0,06 gektargacha qisqarib ketdi. Ikkinchidan, sobiq mahalliy rahbarlar «Markaz»ga yaxshi ko‘rinish uchun yuqoridan kelgan buyruqlarni so‘zsiz bajaribgina qolmasdan, bu borada hatto «tashabbuskorlik namuna»larini ham ko‘rsatganlar. Bog‘u-rog‘lar, poliz ekinlari maydonlari keskin qisqarganligidan, mamlakat fuqarolari inson organizmi uchun zarur bo‘lgan meva va sabzavot mahsulotlarini kam istemol qiladigan bo‘lib qoldilar. Yaylovlarning ko‘p qismi 128 paxta ekiladigan maydonlarga aylantirilganligi natijasida chorva mollari tuyog‘ining umumiy soni keskin qisqa-rib ketdi. Bu hol esa o'z navbatida respublika aholisi uchun juda zarur bo‘lgan go‘sht, sut va sut mahsulotlarini yetishtirishni juda og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. O‘zbekiston faqat paxta xomashyo bazasiga aylanib xoldi. Uchinchidan, mustabid tuzum paxta yakkahokimligi salbiy oqibatlarini yashirish niyatida boshqa xalqlar qatori o‘zbeklarni ham o‘z mafkuraviy ta’siri ostida mahkam ushlab turardi. Urushdan keyingi yillarda Sherobod, Qarshi hamda Sirdaryo va Jizzax cho‘llari-da sug‘oriladigan dehqonchilik asosida paxtachilikni rivojlanitirishga katta e’ti-bor qaratildi. 1946-1970-yillarda Mirzacho‘lda qishloq xo‘jaligini paxtachilikni kengaytirish uchun ko‘rilgan tadbirlar davomida urushdan keyingi yillarda O‘zbekistonda paxtachilik, irrigatsiya va melioratsiya ehtiyojlari uchun mashina-lar ishlab chiqarishdagi qoloqlikni tugatishga ham e’tibor qaratildi47. Asosiy vazi-fa ekin maydonlari hajmini urushdan avvalgi darajaga yetkazish, sug‘orish zonalaridagi yerlar holatini yaxshilashdan iborat edi. Masalan, 1936-yili sug‘oriladigan ekin maydoni 78,8 ming gektar, 1940-yili 114,1 ming gektar bo‘-lib, har yili 7,1 ming gektarga oshgan. 129 Boyovut va Sardoba massivlarida yerlarning holati keskin yomonlashganligi munosabati bilan O‘zbekiston huku-mati va Ministrlar Soveti 1957-yil 18-dekabrda «Mirzacho‘lning Boyovut va Sardoba massivlaridagi yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasidagi shoshilinch tadbirlar haqida» qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida bir qator ishlar amalga oshirildi(Yettisoy kollektori qayta ta’mirdan chiqarildi, «Do‘stlik», «Farhod» sovxozlarida nasos stansiyalari va drenajlar qurildi, sholi ekish man etildi). Mirzacho‘lning sug‘oriladigan yerlarida sho‘rlanishga qarshi kurash choralarini asoslab berish uchun «Uzgiprovodxoz» Kirov magistral kanallaridan suv oladigan zonada tuproqlarni qaytadan tekshirib ko‘rdi. 1, 3, 4 «Boyovut» va «Do‘stlik» sovxozlarida 1957-yilda tadqiqlarni bosh injener B.A. Mixelson rahbarligida tuproqshunos S.N.Poyarkov olib borgan edi48. Bu taqsimot sug‘oriladigan yerlar melioratsiyasi buyicha loyiha tuzish va uni amalga oshirish, keyinchalik sug‘oriladigan yerlar maydonini yanada kengaytirishda katta rol o‘ynadi. 1957-1958-yillarda «Sredazgiprovodxlopok» O‘rta Osiyo paxtachilik il-miy tadqiqot instituti yopiq gorizontal drenaj qurish buyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorladi va amalda sinash uchun yangi sovxozlarga topshirdi. 1957-yilda drenaj yotqizadigan birinchi mashina sinab ko‘rildi(avval esa qo‘lda bajarilgan). Bu mashina yaxshigina natijalar berdi. 1958-yilda «Mirzacho‘l quri-lish bosh boshqarmasi»ning ustaxonalarida drenaj yotqizadigan ana shunday ik-kita moslama tayyorlandi49. «Farhod» sovxozida ana shu moslamalar yordamida yopiq drenajlar qurildi. Shuni aytish kerakki, sho‘rlangan yerlarda ishlaydigan drenaj yotqizadigan moslamalar birinchi bor Mirzacho‘lda kashf etildi va amalda sinab qurildi, lekin drenaj quvurlari ishlab chiqarish hali yo‘lga qo‘yilmagan edi, shuning uchun ham Xilkovo zavodining asbeztsement quvurlaridan foydalanildi. Faqat 1961-yilda Xovos zavodi ishga 130 tushirilgandan keyingina drenajlar uchun maxsus sopol quvurlar ishlab chiqarila boshlandi. Kirov kanali ta'mirlana boshlangach uning suv yetkazish qobiliyati ancha oshdi, natijada 1946-1955-yil-lari 40,8 gektar yer qishloq xo‘jalik foydalanishiga kiritildi50. Yangi yerlarni o‘zlashtirish bilan birga ilgaridan sug‘orib kelingan yerlar holatini yaxshilash, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish buyicha katta ishlar olib borildi. 1946-yilda muhandislar L.A.Vartazaryan va G.A.Moisev rahbarligida irrigatsiya va kollek-tor-drenaj shaxobchalari qurilishida portlovchi moddalarni ishlatish usullari ish-lab chiqildi. Portlatish ishlari «Vzrniprom» tomonidan bajarildi. Uzunligi 8 kilometr bo‘lgan K-1 Fornm tarmog‘i shu yo‘l bilan qurildi. «Kommuna», «Oktyabr», «Krasniyvostok» kolxozlarida drenajlar dastlab portlovchi moddalar yordamida kavlandi, so‘ngra qo‘lda va ekskavatorlar yordamida tozalandi. Yerlar-ni sug‘orish va o‘zlashtirishda amaliy ishlar bilan bir qatorda, ilmiy-tadqiqot ishla-ri ham olib borildi, olim va mutaxassislar drenajdan foydalanishning samaradorligini o‘rgana boshladilar. 1947-1948-yillarda vertikal burg‘u quduqdari qurish va ulardan foydala-nish yuzasidan qator tajribalar o‘tkazildi. 1949-yil O‘zbekiston SSR yoshlar ittifo-qi yoshlarni Mirzacho‘l yerlarini o‘zlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga chaqirdi. Qisqa vaqt davomida Mirzacho‘lni o‘zlashtirish uchun 10 mingdan ortiq yoshlar ko‘chirib kelindi. 1948-yil yozida markaziy Fargonadan Mirzacho‘l va Sirdaryo tumanlariga majburiy sur’atda 6447 xo‘jalik, Buxoro viloyatining Shofirkon, Qorako‘l, G‘ijduvon, va boshqa tumanlaridan 200 dan ko‘proq, yosh oilalar ko‘chirib kelindi. 1950-yil 1-yanvaridan Mirzacho‘lga 8594 xo‘jalik respublikamizning ekizonalaridan ko‘chirib kelindi. Ulardan ko‘plari turli sabablarga ko‘ra qaytib ham ketib qolishdi. Rejali ko‘chirish asosida boshqa viloyatlardan kelgan kishilarga ekin ekish uchun keng maydonlar berildi. Agar 30-yillarda Mirzacho‘lda birgina Mashina traktor stantsiyasi (MTS) xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, 50-yillardan keyin 9 dan ortiqroq, (MTS) turga tumanga xizmat ko‘rsatdi51. 1957-yilda Mirzacho‘lga 12 mingdan ortiq turli viloyatlardan ko‘chma xo‘jaliklar kelib o‘rnashib cho‘ldagi o‘z mexnat faoliyatini boshlab yubordilar. Bu esa 1962-yili 181 ming gektar yerga paxta ekilib, xar gektaridan 12 sentnerdan hosil olindi. Shundan juda katta qismini «Golodnostepstroy» Mirzacho‘l qurili-shi bosh boshqarmasiga qarashli xo‘jaliklar yetkazib berdi. 1962-yili davlatga Mirzacho‘ldagi yangi tashkil topgan xo‘jaliklar 32 ming tonnadan ortiqroq paxta yetkazib berdilar. 1963-yil fevral oyida Sirdaryo viloyatining tashkil etilgani ham muhim voqea bo‘ldi. Paxtachilikda zaharli ximikatlar (butefos, merkaptoxos va hokazo) dan haddan tashqari ko‘p foydalanish, ularni saqlash va ishlatishda qo‘-pol xatolarga yo‘l qo‘yish unga salbiy oqibatlarga olib keldi52. Tuproq suv va havoning zaharlanishi, g‘alla va sabzavot ekinlariga, hatto chorva mollariga ham o‘zining zararli ta’sirini o‘tkazdi. Bularning bari biologik va ekologik oqibatlar-dan tashqari jiddiy ijtimoiy oqibatlarga ham olib keldi. Jumladan, turli xastaliklar va bolalar o‘rtasidagi o‘lim hollari ko‘payib ketdi. 1930-yillarda tarkib topgan paxta yakkahokimligi urush yillarida ancha o‘zgargan edi. Urush tugaganidan keyin markazning O‘zbekistonda paxta xomashyosi yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan siyosati yana qaytadan tiklandi. Toki sanoatini ta’minlash maqsadlari-da qabul qilingan maxsus qarorga muvofiq paxta xomashyosi yetishtirishni 1950-yilga kelib 1946-yildagiga qaraganda 2,5 barobar oshirish ko‘zda tutilgan edi. Markaz paxta xomashyosi ishlab chiqarish yuzasidan respublika uchun belgilan-gan rejani bajarishga doir ishlarni qattiq nazorat qilishib bordi. Paxta bo‘yicha topshiriqlarni bajarmaslik jiddiy choralar ko‘rilishiga oliy hokimiyat doiralarida muhokama qilinishdan tortib, jinoiy javobgarlikka tortilishgacha sabab bo‘lardi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling