Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi; Asarlar va ilmiy ishlarda 1940-1980-yillarda paxta tozalash korxonalari sanoati tarixi qisqa bayon etilib, paxta tozalash korxonalari sanoati taraqqiyoti to‘liq bayon etilmagan. Tahlil etilgan ishlarning asosiy qismi kommunistik mafkura nuqtai-nazaridan o‘rganilgan bo‘lib, ayrimlari mavzuni ba’zi tomonlariga to‘xtalib o‘tilgan.
XX asrning 40-80-yillardagi paxta tozalash korxonalari sanoatning rivojlanishi jarayonini tarixiy jixatdan kompleks o‘ganishga oid ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmagan. Shundan kelib chiqqan holda magisrtlik dissertasiyasida davlatning paxta tozalash korxonalari sanoatga oid siyosatining tub mazmuni-mohiyatini yoritish maqsadida mavzuga oid voqea-hodisalar tarixiy jihatdan ob’ektiv tahlil etildi, manbalar xolisona, tanqidiy, haqqoniy taqqoslash nuqtai nazaridan o‘rganildi.
Tadqiqot borasidagi ko‘pgina masalalarning aniqlash va tahlil etishda foydalanildi. Ular orasida Samarqand viloyati paxta tozalash sanoatiga oid materiallar topildiki, bu kelajakda amalga oshiriladigan ishlar xususida ham katta ma’lumotlar to‘plashga imkon beradi. Bu hujjatlardan ayrim savollarga, viloyat paxta sanoatining taraqiyoti, paxta tozalash sanoat korxonalarining zamonaviy texnikalar bilan jihozlanishi, ishlab chiqarishga yangi texnikalarning joriy etilishlari ko‘rsatilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. O‘zbekistonning Samarqand viloyatida 1940-1980-yillari paxta tozalash sanoatni korxonalarining rivojlanish tajribasini o‘rganish, umumlashtirish. Tadqiqotdagi materiallar bayon etilgan qoida va xulosalardan o‘sib kelayotgan yoshlar uchun foydali taraflari aytib o‘tiladi ya’ni ularni mehnatsevarlik, ijodiy faollik ruhida tarbiyalashga ko‘maklashadi. Dissertatsiyada keltirilgan ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” fanidan qo‘llanma va darsliklar yozishda, ma’ruza matnlari tayyorlashda foydalanish mumkin.
Dissertatsiya ishi tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya ishi 9 betdan iborat bo‘lib; kirish, birinchi bob, ikkinchi bob, uchinchi bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat. (Uning tarkibida jadval kiritilgan)
Dissertasiya yozish davomida mavzuga oid, 2 ta maqola Respublika konferensiyalariga yuborildi va chop etilidi.
Do'stlaringiz bilan baham: |