O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


Download 0.65 Mb.
bet3/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

Xulosa………………………………………………………………….....

83




Adabiyotlar ro‘yxati……………………………………………………..

87




Ilovalar…………………………………………………………………....

92



Kirish
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakat iqtisodiyoti, uning kelajagini ta’minlovchi muhim omil bo‘lib qolmoqda. Islohot bu yangilanish, o‘zgarish degani, degan edi, O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Islohatlar ijobiy natija berishi uchun, avvalo, rahbarlarimiz va odamlarimiz o‘zgarishi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi1.Ma’lumki, bugungi O‘zbekiston diyorimizda ikki buyuk uyg‘onish davriga birinchi (ma‘rifiy IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar XIV-XVasrlar) renessansga beshik bo‘lgan.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim uyg‘onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun hozirgi vaqtda “Yangi O‘zbekiston” va “Uchinchi Renessans”so‘zlari hayotimizda yangragan va xalqimizni ruhlantirib kelayotgan ulug‘ maqsadlardan biriga aylanib qoldi. Renessans bu jamiyat azolarining barchasiga birdek nafi tegadigan, dunyo hamjamiyatining ilg‘or texnologiyalarini ilmiy asosda hayot asoslariga biriktirish bilan bog‘liq murakkab jarayon. Ma’lumki yurtimiz qariyb 70-yildan ziyod mustamlakachilik davrida, o‘zimizning milliy qarashlarimizga zid ravishdagi rivojlanishga asoslandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Barcha sohaning asosi iqtisod va iqtisodiy barkamollikning tayanchi bu ishlab chiqarish ekani ma’lum. Shu nuqtai nazar bilan bugun biz ushbu dissertatsiya misolida hududimizning ayrim joylari ya’ni paxta tozalash sanoati sohasining eng yuksak rivojlanish makoniga aylangan Samarqand viloyati misolidagi ayrim faktlarni keltirib o‘tamiz. Shu o‘rinda nima uchun paxta tozalash sanoati sohasida Samarqand viloyatining salmog‘i katta ekanligini keltirib o‘tishimiz lozim. O‘rganilgan manbalar, yoxud arxiv materiallari asosida shuni takidlash mumkinki, ushbu hududning aholisi zichligi, ishchi kuchining yetarli ekanligi, shuningdek milliy birlik masalasi va albatta savdo yo‘lining eng serqatnov joyida ekanligidan ham anglash qiyin emas. Mustaqillikni qo‘lga kiritgach, O‘zbekiston o‘z oldiga katta maqsad va vazifalar qo‘ygan edi. Asta-sekin ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar, keng ko‘lamdagi islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni yangi ko‘rinishga keltirish muhim maqsadlaridan biriga aylanib borayotgan edi. Hozirgi davrda iqtisodiy taraqqiyot sohasida o‘sish nuqtalarni aniqlash va ularga alohida ahamiyat qaratish va yangi O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muhim rol o‘ynaydi. Masalan biz uchun muhim bo‘lgan soha paxta tozalash sanoati sohasining bir qismi bo‘lgan paxta tozalash korxonalarini olaylik. O‘zbekistondagi korxonalarimiz bu sohada paxtani yetishtirishdan boshlab uni chuqur qayta ishlashgacha, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga qadar bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni puxta o‘zlashtirib, eksport va foyda hajmini bir necha barobar oshirgan taqdirdagina mazkur yo‘nalishda yetakchi mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha olishi mumkin ekan2.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tarixchi olimlarga murojat qilib shunday degan edi. “Sizlar millatimizning haqqoniy tarixini yaratib bering, toki u ma’naviy kuch-qudrat baxsh etsin, g‘ururini uyg‘otsin”. “Modomiki o‘z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat olinadigan xalqni yengib bo‘lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”3. Yurtimizda o‘tgan avlod vakillarining say harakatlari, fidokorona mehnatlari tufayli o‘z paytida mamlakatimizda yirik paxta tozalash korxonalari komplekslari barpo etildi va modernizasiya qilindi. Ularning aql-zakovati bilan sanoatning yangi, yuqori texnologiyalariga asoslangan tarmoqlari tashkil etildi, noyob infratuzilma obektlari qurildi. Respublikamizda har bir sanoat sohasi ozining ma’lum bir bosqichli tarixiga va davriga ega. O‘z-o‘zidan hozirgi rivojlanishga o‘sishga yetib kelinmagan. Sanoatning ham sohalari va tarmoqlari ko‘p bo‘lib bulardan, Samarqandagi paxta tozalash korxonasi sohasining tarixi va uning ekologiyaga ta’siri mavzusining dolzarbligi haqida tadqiqot olib borildi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida, paxta tozalash sanoati korxonalarining rivojlanishi muammolari va natijalari tarixini Samarqand viloyati misolida o‘rganish, shubhasiz, ushbu hududning tarixini, shuningdek sanoat sohasining ilmiy asoslarini yanada chuqurroq yoritish uchun imkoniyat yaratdi. Chunki,bu hududda paxta tozalash korxonalarini respublikamiz iqtisodiyotida hamda aholini ish bilan ta’minlashda alohida salohiyatga ega bo‘lib, ushbu sohalarning tarixiy rivojlanish tendensiyalarini ilmiy jihatdan tadqiqot etish bugungi kunda dolzarb vazifa sifatida turibdi.
Shu asosda quyida o‘rganilgan ma’lumotlar asosida tadqiqotimizning ilmiy yangiligi sifatida quyidagi muhim jihatlarni izohlashga harakat qilamiz.
Birinchidan, O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida sovet hokimiyati yillaridagi iqtisodiy rivojlanishini yani paxta yakkahokimligini kuchayishi natijasida paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarish holatini o‘ziga xos hususiyatlarini ilmiy tahlil qilish.
Ikkinchidan, sovet hokimiyati yillarida paxta tozalash korxonalari sanoati rivojlanishi omillarni tarixiy jihatdan bayon etish.
Uchinchidan, paxta tozalash sanoati korxonalarini yanada kuchaytirish yo‘lida zamonaviy tehnalogiyalarni qo‘llash va bu korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirishga bo‘lgan talab ehtiyojlarni ta’minlash masalasidagi siyosati mohiyatini yoritish.
To‘rtinchidan, davlat tomonidan Paxta yakkahokimligini kuchaytirishga bo‘lgan e‘tibor natijasida paxta tozalash korxonalarini rivojlanishi natijasida sanoatga oid bir yoqlama siyosat oqibatlari ko‘zbo‘yamachilik hollari kuzatilib, barcha tarmoqlarni izdan chiqishiga olib kelgan va ularning sabablarini ilmiy tahlil etish.
Beshinchidan, sovet hukumati tomonidan asossiz olib borilgan islohotlar demokratiyalashni amalga oshirishdagi ma’muriy buyuruqbozlik tizimining paxta tozalash korxonalaridagi holatni korxonalardan chiqadigan changlarning inson hayotiga ta’siri ekologik muammolarini va salbiy oqibatlarini sabablarini ochib berish.
Oltinchidan,sovet hokimiyatining ikkinchi jahon urushidan so‘ng paxta tozalash sanoati korxonalarining iqtisodiyotini turg‘unlik holatidan olib chiqish sohasida amalga oshirgan siyosati, tarixiy voqelikni tahlil qilishdan iborat.
Yettinchidan, paxta tozalash sanoati korxonalarini qurish va qayta ta’mirlash markazning ko‘rsatmasi bilan mahalliy sharoitlarni hisobga olmagan holda amalga oshirilganligi,natijada paxta tozalash sanoati korxonalarining texnik asbob-uskunalari bilan ta’minlash muommolari keltirib chiqargan sabablarni o‘rganish.
Yuqoridagi fikrlarni o‘rganib, paxta tozalash korxonalarini tarixni o‘rganishda sovet ittifoqi davrida erishilgan natijalar yutuqlar, ekologik muommolar, kamchiliklar, ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan siyosatning tub mohiyatini tarixiy jihatdan xolisona, tanqidiy, va haqqoniy tahlil etish tadqiqotning obekti sifatida tanlab olinishiga asos bo‘ldi. Dastlab Turkiston deb, so‘ng O‘zbekiston SSR deb nomlanuvchi mamlakatimiz hududi asrlar davomida agrar turmush tarziga moslashgani va asosan qishloq ho‘jalik sohasi va paxta yetishtirishga mo‘ljallangan deb hisoblanadi. Milliy qarashlarni chetga surib Rossiya mustamlakasining ilk yillarida yurtimiz aholisini ishchilar sinfi sifatidagi faoliyatini keng targ‘ib etib, barpo etilgan zavod fabrikalarda ayollarni ham ishchi sifatida ishlatish bilan paxta tozalash korxonalari yuksalish darajasiga kelindi. Ikkinchi jahon urushi yillarida paxta tozalash korxonalari o‘z faoliyatini olib borib, zamonaviy texnikalar bilan ta‘minlanmadi. Shuningdek o‘rganilayotgan tadqiqot davrlari 1940-1980-yillar davomida paxta tozalash korxonalari sanoati sohasining keng ko‘lamda qurilish ishlarining oshib borishi hududdagi ekologik muammolarning ham asosiy mezonlaridan biri hisoblandi deb ayta olamiz.
O‘rta Osiyo boshqa davlatlarga qaraganda geografik o‘rni, tarixiy o‘tmishi, tabiiy sharoiti va resurslari jihatidan ajralib turadi. Respublikamizda ishlab chiqarish kuchlarida Sovet Ittifoqi qudratli industriyasining ajralmas qismi bo'lgan sanoat korxonalari borgan sari katta ahamiyatga ega hisoblandi. Sovet Ittifoqi rahbarlari turli hududlarda paxta tozalash korxonalari tarmoqlariga xos zavod fabrikalar qurib aholining ishchi kuchidan maksimal darajada foydalanishga kirishdi, bu borada tanlangan soha hudud infratuzilmasiga mos keladimi yo‘qmi, ekologiyaga ziyon yetkazadimi yo‘qmi, hududning aholisi son jihatdan samaradorlik faoliyatiga mosmi degan muhim omillar hisobga olinmagan. Masalan, fabrika-zavod sanoatining hududi bo‘yicha joylanishi ham bir xil emas edi.
O‘zbekistonda 1940-1980-yillarda paxta tozalsh sanoati korxonalari tarixini o‘rganish va uning oqibatlarini tafsiflab berish vatanimiz tarix fani oldida turgan va xolis, xar tomonlama chuqur yoritib berishni talab qiluvchi dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Eng avvalo, O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati korxonalari tarixi va uning ekalogiyaga ta’siri (Samarqand viloyati misolida) faoliyatiga doir xujjatlar, qarorlarning mazmun-mohiyatini ochib berish zaruryatidan kelib chiqadi. Shuningdek, tadqiqotning dolzarbligi paxta tozalash korxonalarinig faoliyati, qurilishi, kadrlar masalasi, tahlil qilinadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling