O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


Download 0.65 Mb.
bet4/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

Tadqiqot obyekti sifatida XX asrning 40-80-yillari Samarqand viloyati paxta tozalash sanoati korxonalari tarixi va uning ekologiyaga ta’siri olindi.
Tadqiqot predmeti. Samarqand viloyatida XX asrning 40-80 yillarida paxta tozalash sanoati korxonalari rivoji, undagi muammolar, viloyat paxta tozalash sanoati korxonalari tarmoqlari va uning respublika iqtisodiy hayotida tutgan o‘rnini o‘rganish belgilandi.
Tadqiqotning maqsadi, XX asr 40-80-yillarida Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoati korxonalarining qurilishiga qaratilgan sovet davlati siyosatining mohiyatini ilmiy tarixiy jihatdan yoritish va paxta tozalash korxonalari tomonidan chiqarilgan changlarning ekologiya hamda inson salomatligiga ta’sirini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari, tadqiqot ishining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat qilib belgilandi;
-O‘zbekiston, xususan, Samarqand viloyatida XX asrning 40-80-yillarida paxta tozalash sanoati rivojlanishi va uning muammolarini manbashunosligi va tarixshunosligini o‘rganish;
- O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati korxonalarining barpo etilishi tarixini tadqiq etish;
- Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoati korxonalari tarmoqlarining qurilishi va uning muammolarini tahlil etish;
- Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoati korxonalarining qurilishini o‘rganish;
- Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoati korxonalarining tarmoqlarga ajratilishi tarixini yoritish;
- Samarqand viloyatida paxta tozalash korxonalarida moddiy-texnik holatlarni o‘rganish;
- Samarqand viloyatida paxta yakkahokimligini rivojlanishini yoritish;
- Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoati korxonalaring ekologiyaga ta’sirini yoritish va ilmiy xulosalar berishdan iborat.
Ilmiy yangiligi. Ilmiy yangiligi arxiv ma’lumotlar o‘rganildi. Ushbu tadqiqot ishining o‘rganilish jarayonida ko‘plab manbalarga murojaat qilinib, batafsil yoritildi va quyidagi natijalarga erishildi. Samarqand viloyatida respublikadagi boshqa hududlarga nisbatan o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turishi ya’ni, paxtachilik, paxta tozalash korxonalari, Samarqand superfosfat, to‘qimachilik va ishlab chiqarish, sanoatning turli xil sohalariga bo‘linib Kattaqo‘rg‘on, Pasdarg‘om, Jomboy, Samarqand paxta tozalash sanoati korxonalari, paxtachilikka, ixtisoslashtirilganligi, Kttaqo‘rg‘on mashinasozlik, Samarqand paxta tozalash korxonalari qurilish materiallari ishlab chiqarish, Juma, Ziyadin, Jomboy, Ulug‘bek, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, paxta tozalash zavodlari rivojlanganligi aniqlandi. Samarqand viloyati mamlakatning boshqa mintaqalariga nisbatan iqlimi yersuv resurslari, boy yer osti boyliklariga ega bo‘lsada, bu yerdagi mavjud korxonalarda kamomad va o‘g‘rilik, katta mablag‘larni o‘zlashtirish kabi holatlar oziq-ovqat sanoati, paxta tozalash sohasi va yengil sanoatda ko‘p uchraganligi, mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikdagi e’tiborsizlik oqibatida korxonalarni kerakli uskunalar bilan ta’minlash imkonini bermaganligi, aniqlandi. Samarqand viloyatida paxta tozalash korxonalarning ko‘pchiligi aholiga yaqin yashaydigan shaharlarda qurilganligi, bu yerlar respublika hududining 10 foizini tashkil etganligi, korxonalarda suvlarni tozalovchi inshootlarning yo‘qligi, atmosferaga chiqariladigan zararli chiqindilarni ushlab qoluvchi uskunlarning yo‘qligi, mahalliy aholi orasida tish yemirilishi, kalsiy yetishmasligi, onkologik, o‘tkir ichak kasalliklari, nafas olish organlari kasalliklarining ko‘payib ketishiga olib kelganligi isbotlandi. Samarqand viloyatida paxta tozalash korxonalarining tarmoqlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar sovet itfoqining turli hududlariga jo‘natib turilganligi, aniqlandi. Shuningdek Paxta tozalash korxonalarida zamonaviy texnikalarni qo‘llanilgani, va mutaxassis kadrlarning kelishi, kadrlar almashunuvi jarayoni o‘rganildi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling