O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 0.65 Mb.
bet5/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiyaning birinchi bobida mavzu tarixshunosligi va manbashunosligi hamda O‘zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchayishi shuningdek, paxta tozalash sanoati korxonalarining qurilishi va ularning faoliyati tahlil etilgan. O‘zbekiston paxta tozalash sanoati korxonalarining mamlakat xalq xo‘jaligidagi o‘rni alohida tahlil etilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin paxta tozalash sanoati korxonalarida zamonaviy uskunalarni qo‘llanishi aniqlangan. Ishning ikkinchi bobida ikkinchi jahon urushidan so‘ng Samarqand viloyatida paxta yakkahokimligini kuchayishi shuningdek, viloyatda paxta tozalash sanoati korxonalarining qurilishi va ularning mamlakat xalq xo‘jaligidagi o‘rni tahlil qilindi. Dissertatsiya ishining uchinchi bobida Samarqand viloyatida paxta tozalash sanoati korxonalarida kadrlar masalasi va undagi muammolar hamda paxta tozalash sanoati korxonalari chiqargan changlarning ekologiyaga shuningdek, inson salomatligiga ta’sirlari manbalar va adabiyotlar tahlili asosida tadqiq etilgan.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Mavzu bo‘yicha adabiyotlar sharhi guruhlarga bo‘lingan holda o‘rganildi. Dissertatsiyaning birinchi bobi Sovet hokimiyati yillarida yozilgan tadqiqotlar, iqtisodiy rayonlashtirish siyosati4, paxta tozalash sanoatiga, shuningdek, Samarqand viloyati xususida tahlillar berilgan adbiyotlarga bo‘lib o‘rganish mumkin5. Ikkinchi guruhga mustaqillik yillari yaratilgan adabiyotlar6 va tadqiqotlarda7 savet davlatining iqtisodiy siyosati, paxta yakkaxokimligini oqibatlari, mustaqillik yillari yaratilgan adabiyotlarni kiritish mumkin. Uchinchi guruhga kiruvchi xorij adabiyotlarda ittifoqdosh respublikalar, shu jumladan,Samarqand viloyati haqida deyarli malumotlar berimagan8. Bu ishlarda tabiiy boyliklarni chuqur o‘rganish natijasida, aholining joylashishi, rayonlarning ishlab chiqarishni joylashtirishi, ularning salohiyati, rayonlararo aloqalarni rivojlantirish yo‘llari ishlab chiqilganligi alohida ta’kidlab o‘tiladi. Dissertatsiyaning birinchi bobi ikkinchi paragrafida batafsil tahlil etiladi.
Mavzuning soha rivojlanishi bilan birgalikdagi salbiy ta’sir doirasini tadqiq etganimizda dissertatsiyasni o‘rganish borasida aniq misollarga ega bo‘lamiz. Ularning tadqiqotlari mamlakatimizdagi tarixiy jarayonlarda aholining turmush tarzidagi kelib chiqqan muammolarning negizida sanoatlashishining tezlashuvi va buning oqibatida kelib chiqqan ekologik muommolar deb talqin qilanadi. Zero aholining ijtimoiy hayotiga ta’sir etgan salomatligi o‘zaro munosabatlaridagi nosog‘lom muhitning yaratilishi uchun sabablardan biri edi. Chunki nosog‘lom muhitdagi tabiiy zararlarga ega ega bo‘lgan inson omili taraqqiyot uchun fikr yuritishga ojiz va uning faoliayti taraqqiyot uchun xizmat qilmasligi izohlab o‘tiladi. Shu davrda paxta tozalash korxonalarining keng ko‘lamdagi qurilishi mahsulot ishlab chiqarish muammosini keltirib chiqardi, bu esa mahsulot samaradorligini oshirish uchun turli ximikat vositalaridan keng ko‘lamda foydalanishni talab etardi. Paxta tozalash sanoati korxonalarining sanoat tarmog‘ining asosiy hom ashyosi bo‘lgan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarining kimyoviy o‘g‘itlar bilan birgalikda kimyoviy usulda dorilanishi natijasida atrof-muhitga zararli ta’sirini izohlash joiz.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling