O‘zbekistonda paxta sanoati yakkahokimligini kuchayishi manbashunosligi hamda tarixshunosligi


O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati korxonalarining qurilishi va undagi muammolari


Download 0.65 Mb.
bet9/21
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1619547
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
2023-DISSERTATSIYA45

1.3. O‘zbekistonda paxta tozalash sanoati korxonalarining qurilishi va undagi muammolari.
Turkistonda uzoq yillar davomida sanoat ishlab chiqarishning asosiy qismini mayda hunarmandchilik korxonalari tashkil etardi. Birinchi sanoat turidagi paxta tozalash zavodi chutkali ikkita yog‘och jindan iborat bo‘lib, 1881-yili Toshkentda qurilgandi53. Tolani chigitdan ajratish va qo‘lda harakatga keltiriladigan vintli resslagich yordamida toylashdan tashqari hamma og‘ir mehnat jarayonlari qo‘l bilan bajarilardi. Revolyutsiyadan oldingi paxta zavodlari sanoat savdo korxona-lari bo‘lib, ular paxtani sotish markazlarida tashkil topdi. Shu sababli dastlabki davrlarda paxta tozalash zavodlari asosan shaharlarda qurildi. Ekin maydonlari-ning kengayishi va temir yo‘llar qurilishi munosabati bilan paxta tozalash sanoati xomashyo ishlab chiqariladigan rayonlarda ham vujudga keltirila boshladi. Paxtachilik sohasidagi hamma moliyaviy, savdo va ishlab chiqarish operatsiyalari paxta tozalash zavodlari boshchiligida amalga oshiriladi. Paxta tozalash zavodlari dehqonlardan paxta sotib olib, uni qayta ishlab tola olish ishlarini amalga oshirish bilan birga, bu tolani to'qimachilik fabrikalarining vakillariga jo‘natar yoki paxta bilan savdo qiluvchi firmalarga sotar edilar. Bunga sabab: a) texnika taraqqiyotining pastligi, b) ishlab chiqarish texnologiyasini tashkil qilish darajasining yomonligi; v) ish sharoitining og‘irligi edi. 1880-1890-yillarda Turkistonda 63 ta korxona ochilgan bo‘lsa, ulardan 22 tasi paxta tozalash zavod-lari edi54. 1890-yildan 1900-yilgacha yana 111 korxona tashkil etildi. Bundan 52 tasi paxta zavodlari, 3 tasi esa yog‘-moy zavodi edi.
XX asr boshlarida 157 ta paxta tozalash zavodi bo‘lib, ular mahalliy rus va chet el kapitalistlariga tegishli edi. Turkistonning Samarqand, Sirdaryo va Farg‘o-na kabi uch viloyatda 1867-1900-yillar mobaynida 170 sanoat korxonasi ochil-gan bo‘lsa, 10 yil mobaynida yana 220 ta 4 yil ichida esa 180 ta korxona ishga tushirildi55. Ko‘rinib turibdiki bu qisqa davr ichida paxta tozalash korxonalari-ning soni oshirilib borilgan. Ayniqsa, 1889-1916-yillar orasida amerika navi ekiladigan Turkiston o‘lkasi paxta maydoni 7 barobarga ko‘paygan. Birinchi ja-hon urushi yilllarida Turkiston o‘lkasi paxtasi rus sanoati ehtiyojini 50% tashkil qilgan. Birgina Qo‘qonning o‘zida 22 ta paxta tozalash zavodi ishlagan56.1917-yilga qadar Samarqand va uning atrofida 34 ta paxta, 20 ta vino va boshda zavod-lar faoliyat ko‘rsatgan. Sanoatda band bo‘lgan 1,5 ming ishchi yiliga 6 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan. XIX asr oxirida Qo‘qon asosiy paxtachilik rayoni va paxta savdosi markaziga aylandi. 1897-yilda Qo‘qon shahrida 81 mingdan ziyod aholi yashagan bo‘lsa, 1910-yilda uning nufuzi 113 mingga yetdi. Shahar va uning atrofida 31 ta paxta tozalash va 5 ta yog‘-moy zavodlari, 7 ta pilla quritish sexlari mavjud edi. Ayni paytda Andijon uyezdida ham paxta maydonla-ri kengayib bordi. 1890-yilda bu yerda 8654 desyatina yerga paxta ekilgan bo‘lsa, 1900-yilda bu raqam 83 ming desyatinaga yetdi.
1913-1914- yillarda Andijondagi 26 ta paxta zavodlarida 7533053 pud pax-ta xomashyosi tozalangan (har bir zavodga o'rtacha 283733 pud) bo‘lsa, Namangandagi 17 ta zavodda o‘sha yillari 4114949 pud (dar bir zavodga o‘rta-cha 242056 pud), Qo‘qondagi 10 ta zavodda esa 2351735 pud (har bir zavodga o‘rtacha 235174 pud) paxta tozalangan57. 1915 yilda Andijondagi 27 ta paxta va 2 ta yog‘-moy zavodlarida 3 ming kishi mehnat qilardi. Uyezd hissasiga butun Farg‘ona bo‘yicha hosilning 2/3 qismi to‘g‘ri kelardi. Paxtachilikning rivojlanishi va paxta tozalash sanoatining o‘sishi xalq xo‘jaligining boshqa sohalarini ham oldinga tortuvchi asosiy bo‘g‘in bo‘lib qoldi. Ammo bu sohalar Rossiya to‘qimachilik sanoati ehtiyojlarini qondirishga safarbar qilingandi. Imperiyaning paxta tolasiga bo‘lgan talabi esa 1883-yilda 10455 ming pud, 1910-yilda 25870 pudni tashkil qilardi. To‘qimachilik, ayniqsa paxtani qayta ishlash sanoati Rossi-ya iqdisodiyotida muhim ahamiyat kasb etardi. Orenburg-Toshkent temiryo‘li qurilgach, bu sohalar gurkirab o‘sa boshladi. Agar 1900-1905-yillarda Kaspiyorti temiryo‘lining Krasnovodsk bekati oqali tashilgan tijorat yuklari aylanmasi 9825 ming pudga ko‘paygan bo‘lsa, Orenburg-Toshkent yo‘li ishga tushishining birin-chi yilidayoq, Toshkent orqali Krasnovodsk yo‘lidagidan 5592 ming pud ko‘p yuk tashilgan. 208 ta paxta zavodida 8060 ishchi (o‘rta hisobda har bir zavodga 39 tadan ishchi to‘gri keladi) paxtaga dastlabki ishlov berish bilan shug‘ullanardi. 1913-yilda zavodlarning asosiy jamg‘armalari 21,1 million so‘mni tashkil qilardi. XX asr boshlarida paxta tozalash sanoatida bir qator o‘zgarishlar va texnik siljishlar yuz berdi. Masalan, 1913-yilda 145 ta paxta tozalash zavodida ichki yonuv dvigateli yoki bug‘ mashinalari qo‘llanildi58. Ammo ularning texnik dara-jasi hali ancha past edi. Korxonarni kengaytirish va texnika vositalarini takomillashtirish to‘laligicha rus sanoati manfaatlaridan kelib chiqardi. Turkiston paxta tozalash sanoati miqyosi jihatidan Rossiya paxtani qayta ishlash sanoati korxonalaridan juda orqada edi. Taqqoslash uchun keltiradigan bo‘lsak, Kostro-ma guberniyasida paxtani qayta ishlash sanoati mahsuldorligi Farg‘ona viloyatidagidan 60 foizga, ishchilar soni 15 baravarga, ish haqi 30 baravarga ko‘p, mexanik kuchlar esa 12 karra ortiq edi. Shunday qilib,XX asr boshlarida paxtachilik va paxta tozalash sanoatining rivojlanishi bilan Turkistonda savdo markazlari, paxta firmalari tashkil etildi. Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Kattaqo‘rg‘on, Kogon, Urganch, Marg‘ilon shaharlarida turli tijorat banklarining bo‘limlari ochildi. Masalan, 1910-yilda paxta tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan korxonalar soni Qo‘qonda 7 ta, Gorchakovoda 7ta, Andijonda 13 ta edi. 1912-yil-da Toshkentda 22 ta rus va chet yel savdo firmalarining bo‘limlari, 186 ta maga-zin faoliyat yuritgan.
Paxta tozalash sanoatining kelib chiqishi va rivojlanishi o‘rtasida muhim bog‘liklik mavjuddir. Paxtadan qo‘lda tola ajratish juda og‘ir ish edi. Paxtaning yalpi hosili esa yildan-yilga oshib bordi. Mana shu sabablar paxtadan tezroq tola ajratib olish kerakligini taqozo etardi. Paxta tolasini chigitdan ajratuvchi yangi texnika vositalari yaratilib, amalda joriy etila boshladi. Paxtani dastlabki ishlash texnologiyasi, olinayotgan tolaning miqdori va sifati, paxta tozalash zavodlarining soni, turi va ishlab chiqarish quvvati, ma’lum bir belgilangan rayonlarda va butun mamlakatda yetishtirilayotgan paxtaning miqdori va sifatiga bog‘liqdir. 1920-yillarda yetishtirilayotgan paxta miqdorining o‘sishi paxta zavodlari quvvatining ortib borishini talab qiladi. Lekin, paxtachilik bilan paxta tozalash sanoati o‘rtasidagi bu aloqalar bir tomonlama bo‘lmay, boshqa tomonlarni ham o‘z ichi-ga oladi. Paxta yetishtirishning o‘sishi paxta tozalash sanoatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, ayniqsa paxtakorlarning o‘z mehnatlaridan qanchalik manfaatdorliklariga, paxta yetishtiruvchilar bilan paxta tolasi iste’molchilari o‘rtasidagi aloqaning harakteriga bog‘liqdir. Paxta tozalash sanoati vujudga kel-gan dastlabki davrlardan boshlab hozirgi kungacha paxtachilik bilan uzviy aloqadadir. Keyingi yillarda paxta tozalash zavodlari bilan paxtakorlar o‘rtasidagi aloqa o‘sdi, uning tashkiliy va sotsial tuzilishi o‘zgardi. Bizga ma’lumki, bir ishlab chiqarish usulidagi o‘zgarishlar, shu tarmoq bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoq ishlab chiqarish usulida ham muqarrar o‘zgarishlar bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Dastlabki vaqtlarda paxtaning mahalliy navi ekilardi. Bu nav paxtadan dag‘al va qisqa tola olinardi. Bu nav to‘qimachilik sanoati talablariga javob bermaganligi sababli Rossiya fabrikalari paxta tolasini asosan Amerikadan va qisman Misrdan sotib olardi. Paxtani tashishdagi noqulayliklar Rossiya fabrikantlarining O‘rta Osiyodan paxta olmasliklarining bosh sabablaridan biri edi. Ularga paxta sotish uchun qishloq aholisi paxtadan tola ajratib olinshi kerak edi. Paxtani mashinada presslash qurilmasi o‘rnatilgach, paxtani tashish uchun qulay holda keltirish mumkin bo‘ldi. Toylangan paxta tashish uchun qulay bo‘lganligi, arzonligi, unga bo‘lgan qiziqishni oshirib yubordi. Mahalliy xalq uchun paxta tolasini ishlab chiqarish qulay edi, chunki uning narxi ham oshirildi. Yetishtirilayotgan paxta mahsulotning oshib borishi va uni qayta ishlashning kengayishi sababli ko‘p dehqonlar paxta yetishtirishdan ketib, paxta tozalash sanoati korxonalariga kirib ishlay boshladilar. Yakka holda paxta tolasi ishlab chiqarishning yo‘qolishi va uni sanoat negizida ishlab chiqarishga o‘tish paxta tolasini chigitdan ajratish jarayonining qishloq xo‘jaligidan ajralishiga olib keldi. Paxta bilan shug‘ullanuvchi firmalar o‘zaro kuchli raqobatlashar edilar. Ularning har biri o‘zlarining shaxsiy aravakashlari va komissionerlarga ega bo‘lishga intilishardi. Paxtani amerika «navlarini ekishga majbur qilib qarz berish sistemasining amalga oshirilishi komsionerlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi firmalar bu sistema orqali dehqonlarni paxtaning amerika navlar-ni ekishga majbur qilar va ular zimmasiga paxtani fatsat qarzga pul bergan firmalarga topshirish majburiyatini yuklardi.
Paxta tozalash sanoatida, butun xalq xo‘jaligida bo‘lgani kabi tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. V. I. Lenin tashabbusi bilan tashkil etilgan va 1921-yil 12-sentyabrda tasdiqlangan Bosh Paxta Komiteti (Glavxlopkom)ning tuzilishi sovet paxtachiligini rivojlantirishda paxta tozalash sanoatining ahvolini yaxshilishda, paxtachilik bilan bo‘lgan aloqani mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi59. Sovet Ittifoqi territoriyasidan barcha paxta tozalash, yog‘ va sovun olish sanoatlari va paxtachilikni boshqarish vazifasini bosh Paxta Komitetiga yuklan-gan edi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Komitetga davlat tomonidan ko‘p miqdorda mablag‘ ajratilgandi. Bosh Paxta Komiteti O‘zbekistondagi ishlarni Turkiston Paxta Komiteti orqali amalga oshirar edi. Turkiston Paxta Komitetiga hamma paxta tozalash zavodlari va sotib olish, ya’ni tayyorlov punktlari bo‘ysu-nar edi. Paxta tozalash zavodlari va tayyorlov punktlari paxtakorlar bilan shartnomalar tuzar va har bir xo‘jalik bilan hisob-kitob ishlarini yuritardi. Davlat Paxta Komiteti V. I. Lenin tomonidan imzolangan qarorni hayotga tatbiq etila borib, Sovet respublikalarida, shu jumladan, Turkistonda ham paxtachilik va paxtani qayta ishlash sanoatining rivojlanishini ta’minladilar. Buni amalga oshirishda Turkiston Paxta Komiteti Bosh Paxta Komitetidan, partiya va Sovet tashkilotlaridan, dehqonlardan katta yordam oldi. Paxta yetishtiruvchilar Ulug‘ oktabr sotsialistik revolyutsiyasidan so‘ng paxta tozalash zavodlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatdilar. Keyinchalik hosildorlikning ortishi tufayli paxta tozalash zavodlari paxta yetishtiruvchilar bilan to‘gridan to‘g‘ri aloqa qilishi mumkin bo‘lmay qoldi. Ana shuning uchun paxta tozalash zavodi qoshida paxta-ni sotib olish (tayyorlov) punktlari tashkil etildi. Tayyorlov punktlariga dehqonlar o‘zlari yetishtirgan paxtani olib kelar edilar. Tayyorlov punktlaridan ular urug‘lik chigit olardilar, paxta topshirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzib topshirgan paxtalari uchun hisob-kitob qilar edilar. Kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini kontrol qilish ham paxta tayyorlov punktlariga topshirilgan edi. Tayyorlov punktlari tashkil etilishi bilan davlat paxtachilikni rivojlantirish uchun tashkiliy tomondan shu punktlar orqali yordam ko‘rsatdi. Shunday qilib shaxsiy paxta tozalash firmalari o‘rniga vujudga keltirilgan davlat paxtachilik tashkilotlari paxtachilik va paxta tozalash sanoatidan har qanday aravakash, komissioner va savdogarlarni yo‘qotdi va o‘n minglab, yuz minglab mayda dehqon xo‘jaliklari bilan ish olib borishiga qaramay, o‘z faoliyatida paxtachilik ishishing hamma tomonlarini qamrab oldi. Birinchi besh yillik davri-da paxta tozalash sanoati qayta qurildi va yangi texnika asosida rivojlantirildi. Bu ishlar tashkiliy asosda amalga oshirildi va mayda paxta tozalash zavodlari yopilib ular o‘rniga nisbatan yirikroq bo‘lgan korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari oshirildi. Yangi paxta zavodlari ham qurila boshladi. Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, paxta tozalash sanoati paxtachilikning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunda paxta tozalash sanoatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shu sanoatning ishlab chiqarish bazasini rekonstruktsiya qilishdir. Sanoat ishlab chiqarish bazasini rekonstruktsiya qilish paxtakorlar yetishtirgan hosilni tez va sifatli qayta ishlashga imkon yaratadi. Paxta tozalash sanoati korxonalarining asosiy vazifasi quyidagilardan iboratdir: a) paxtani tez qayta ishlash; b) yuqori sifatli tola olish; v) paxtadan tola olish jarayonida isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik; g) qishloq xo‘jaligini yuqori sifatli chigit bilan ta’minlash va boshqalar. Sovet paxtachiligini vujudga keltirish davridagi bu vazifalarni bajarish uchun mavjud paxta tozalash sanoatini qaytadan tiklash, yangi korxonalar tashkil etish kerak edi. Bu sanoatning rivojlanishida katta o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab qilardi. Paxta tozalash zavodlarini tiklash va kengaytirish bilan birga, ularni qisman rekonstruktsiya qilish ishlari ham olib borildi. Paxta zavodlarining energiya quvvati oshirildi, yangi linterlar o‘rnatildi. Ba’zi zavodlarda bunt va omborlardan paxtani zavodga (asosiy korpusga) pnevmatik (havo yordamida suriladigan) truba orqali jo‘natish qurilmasi o‘rnatildi. Shu davrlarda Amerika Qo‘shma Shtatlari-dan paxtadan tola ajratuvchi bir nechta zamonaviy mashinalar keltirildi va ular yangi qurilgan zavodlarga o‘rnatildi. Amalga oshirilgan tadbirlarning hammasi, urug‘lik chigit yetishtirishdagi kamchiliklarga qaramay, Vatanimiz paxtachiligini yuksaltirishga va ishlab. chiqarilayotgan tolaning sifatini oshirishga yordam berdi. Paxtadan olinadigan tolaning uzunligi ham ortdi. 1926-yili 28-29 va 29-30 mm uzunlikdagi tola miqdori umumiy tolaning 1055,5 protsentini tashkil etgan bo‘l-sa, 1927-yilda 61,7 protsentni tashkil etdi60. 1928-yilda esa bu ko‘rsatkich 68,5 protsentga o‘sdi. Shu bilan birga tolaning mustahkamligi ortib, ifloslanish daraja-si kamaydi. Shunday qilib, SSSRda, jumladan, O‘zbekiston SSRda paxtaning yal-pi hosili ortishi ishlab chiqarish bazasini shunga mos ravishda o‘sishini muhim talab qilib qo‘ydi. Shu bilan birga terib olingan paxtani qayta ishlash sifatini oshirish shart qilib qo‘yildi. Paxta yetishtirish agrotexnikasi va selektsiyasining yaxshilanib borishi, shu sababli tolaning uzunligi, mustatskamligi va paxtadan to-la olish protsentining ortib borishi respublika paxta maydonlarida yetishtirilgan paxta hosilini saqlash, uning sifatini oshirish maqsadida texnik jihatdan eskirgan paxta tozalash zavodlarini qayta rekonstruktsiya qilishni asosiy vazifa darajasiga ko‘tardi. Rivojlanayotgan paxtachilik paxta tozalash sanoatining quvvatini o‘ziga mos ravishda ortishiga olib keldi. Birinchi jahon urushidan so‘ng paxta tolasi ishlab chiqarishning oldingi darajasiga chiqib olish uchun 15 yil ketgan bo‘lsa, ikkinchi jahon urushida vayron bo‘lgan paxta tozalash zavodlari bundan ham qisqa muddatda tiklanishi kerak edi. Urushdan keyingi uch yil mobaynida, ya’ni 1948-yilning oxiriga kelib 1940-yildagidan ham ko‘proq zavod ishladi. 1949-yildayoq paxta tozalash sanoati 1940-yilga nisbatan 6 protsentdan oshdi tola va 64 protsentdan ko‘proq lint ishlab chiqarildi. Yetishtirilayotgan paxta hosilining o‘sishi paxta tozalash sanoati ishlab chiqarish quvvatining ortishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 1955-yil paxta tozalash sanoatini texnik tomondan qayta qurish intensiv davrining boshlanishi bo‘ldi61. Bu yili mashinada terilgan paxtani qabul qilish va qayta ishlashga tayyorgarlik ko‘rildi. Paxtachilikni rivojlantirishda katta tadbirlarning amalga oshirilishi, paxta yetishtirishni kompleks mexanizatsiyalashtirish va terimni mashinalar yordamida uyushtirishning boshlanishi mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxta hosilining ortishiga olib keldi. Paxta tozalash sanoati sakkizinchi va to‘qqizinchi besh yilliklar ichida yanada tez rivojlandi. Ayniqsa, paxta tayyorlov punktlarida katta uzgarishlar so-dir bo‘ldi. Qoloq texnika asosida ishlayotgan paxta punktlari endilikda elektrlashtirilgan, mexanizmlar o‘rnatilgan tayyorlov sexlariga aylandi. Bizga ma’lumki, shu davrgacha paxtani ekish, yetishtirish va terib olishdagi asosiy ish-lar qo‘lda bajarilib kelingan. Mana shu ishlarni mashina va mexanizmlarga yuklash uchun ko‘plab izlanishlar olib borildi. Ayniqsa, eng mashaqqatli mehnat jarayoni hosilni yig‘ib-terib olishni mexanizatsiyalashtirish kerak edi. Hozir paxtachilikda-gi jarayonlarning ko‘p qismi mexanizatsiyalashtirilib, qo‘l mehnati ba’zi bir jarayonlardagina qoldi. Kelajakda ularni ham mexanizatsiyalashtirish ko‘zda tutilmoqda. Mana shu ishlarga mos ravishda paxta tozalash zavodlari va punktlarida ham katta vazifalar amalga oshirilmoqda. Paxta tozalash zavodlari va punktlarida quritish, hosilni tozalash agregatlari ko‘plab o‘rnatildi, tozalash-quritish sexlari qurildi, ko‘plari rekonstruktsiya qilindi, yangi mashinalar o‘rnati-lib, eskirgan texnologik moslamalar qisman almashtirildi, tozalash va linter mashinalarni chang to‘plagich va jin parklari modernizatsiya qilindi. Paxta zavodlari va punktlarida bu ishlarning amalga oshirilishi tola sifatini birmuncha oshirish imkoniyatini berdi. Paxta yetishtirish va uni terib olishni kompleks ravishda mexanizatsiyalashtirish natijasida paxtaning hosili ortdi. O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumida paxtachilikni rivojlantirishga, paxta yetishtirish va uning sifatini oshirishga katta ahamiyat berildi62. Paxtadan tola olish miqdorini oshirish uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi. Paxtani tayyorlov punktlarida qabul qilishni tashkil etish, uni saqlash sharoitlarini yaxshilash, namligi va iflosligini konditsiyaga olib kelishga katta e’tibor berilmoqda. Buning natijasida tola olish miqdori 33 35 protsentni tashkil qilmoqda. 1977-yilda O‘zbekistonda 461 paxta tayyorlash punkta va 320 toza-lash-quritish sexi ishladi. Mashinalar yanada takomillashtiriladi shu maqsadda «O‘zbekxlopkomash» birlashmasi tomonidan yangi PLPXM-02 markali potok liniyalar yaratildi. Bu liniyalarning afzalligi shundaki, qisqa muddat ichida kam mablag‘ sarflagan holda mashinalar yordamida tozalangan paxta olishga erishila-di. 1980-yildan boshlab O‘zbekiston paxta tozalash sanoati zavodlari PLPXVM-02 markali potok liniyalar o‘rnatila boshlandi. Aytib o‘tilgan tadbirlarning barcha-si tayyorlov punktlarining paxtani qabul silish, tayyorlash va saqslash bilan bog‘-liq bo‘lgan ishlab chiqarish faoliyatini yengillashtiradi va rivojlantiradi. Paxtani dastlabki qayta ishlash zavodlaridagi texnika va texnologiya ham rivojlanmoqda. 1970-yillarda paxta tozalash sanoati korxonalaridagi mashinalarning ko‘p turlari yangilandi. Bular qatoriga 2SB-10 markali quritish barabanlari, CHX-ZM1, CHX-ZM2 markali tozalash mashinalari, 6A-12M shnekli tozalagichlar, ZXDD markali arrali jinlar, DVM markali valli jinlar, tola tozalovchi mashinalar ZOVPA, kondensatorlar ZKV, PSHP-160M markali linterlar, yangi presslagich surilmala-ri D-8237 va DA-8237 va hokazolar kiradi. Bundan keyingi rivojlanish asosan paxta tozalash sanoatining 1976-1980-yillarga mo‘ljallangan tashkiliy-texnikaviy tadbirlari kompleks plani asosida amalga oshirildi. Uninchi besh yillik davrida 21 ta paxta tozalash zavodi, 116 ta paxta tayyorlash punkti qurildi va rekonstruktsiya qilindi. Bular qatoriga «Mexnat (CHX-ZM2)»markali tozalash mashinasini kiri-tish mumkin. Hozirgi vaqtda 16 ta yangi, 130 arrali, markasi DP-130 bulgan jinlar yaratildi. O‘n birinchi besh yillikda bunday jinlardan O‘zbekiston paxta tozalash sanoati korxonalarida 310 ta o‘rnatish mo‘ljallangan edi. Ingichka tolali paxta tozalash zavodlariga esa DV-1M markali yangi jinlar urnatila boshlandi. DP-130 markali arrali jnnlarning unumdorligi bir soatda 1,5-1,8 tonnagacha boradi. DV-1M markali valli jinlarda esa 1 soatda 130 kilogramm paxta tolasi ajratnb olina-di. Ko‘rinib turibdiki, bu ikkala jinda ham unumdorlik 30-35 prosentga ortadi. O‘n birinchi besh yillikda lint sifatini oshirishga ham katta e’tibor beriladi. Bu maqsadda yangi 5LP m arkali, yuqori unum bilan ishlaydigan linterlar ishlab chiqarila boshladi. Hozirga qadar O‘zbekiston paxta tozalash sanoatiga qarashli korxonalarda eski PMP-160M lnnterlari o‘rniga yangi 5LP linterlaridan 447 ta o‘rnatildi. Bu mashinalardan tashqari yana ko‘plab yaxshi, yuqori unumli mashinalar yaratilmoqda. Masalan, yangi separator-tozalovchi SCH, RX 1 markali tozalash liniyasi, LX-2 tozalash liniyasi va boshqalar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling