O'zbekistonda saylov qonunchiligi reja
Download 55.5 Kb.
|
O\'ZBEKISTONDA SAYLOV QONUNCHILIGI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saylovlar – demokratik institut sifatida
O'ZBEKISTONDA SAYLOV QONUNCHILIGI Reja 1. Saylovlar – demokratik institut sifatida 2. Demokratik islohotlar va saylov qonunchiligi 3. O`zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanish bosqichlari 4. O`zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligi tizimi 5. Konstitutsiya- saylov qonunchiligi tizimining o`zagi 6. Xalqaro andozalar va O`zbekiston saylov qonunchiligining xususiyatlari 7. Saylovlar bo`yicha xalqaro tamoyillar Saylovlar – demokratik institut sifatida Demokratiyaning eng muhim tamoyili – odamlarning saylov huquqini, o`z xohish-irodasini erkin ifodalash, o`z manfaatlarini ro`yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta`minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim. Haqiqatan ham demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. Demokratik saylovlar ko`ppartiyaviylik asosidagina bo`ladi. Ko`ppartiyaviylik bo`lgandagina har bir fuqaro tom ma`nodagi tanlash huquqiga ega bo`ladi. Hozirgi kunda O`zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga va ilg`or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. Asosiy maqsad amaldagi qonunlarni hayotga tatbiq qilish mexanizmlarini yaratishdir. O`zbekistonda saylov qonunchiligining rivojlanishi, avvalambor, fuqarolarning aktiv va passiv saylov huquqlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgandir. O`zbekistonda saylov huquqidan foydalanishning huquqiy protseduralari va texnikasi takomillashtirildi. Bu fuqarolarning saylov huquqidan foydalanish madaniyati darajasiga bog`liqdir. Saylov huquqi har bir fuqaro uchundir. Undan to`liq foydalanish imkoniyatlarini yaratish saylov qonunchiligining asosiy maqsadidir. O`zbekistonda nafaqat saylov qonunchiligi yangilandi, balkim saylovlarga yondashuv falsafasi ham o`zgardi. YA`ni saylov qonunchiligida xalqaro standartlar to`la o`z aksini topdi. Va nihoyat, saylovlar demokratiyaning yuragi, uzviy bo`lagidir. XX asrning so`nggi o`n yilligini Ri Erme aytganidek «demokratiyaga burilish» davri deb baholasa bo`ladi. O`zbekiston ham demokratiyaga yuz tutdi. Shu yerda YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning quyidagi so`zlari o`rinlidir: «Demokratiya boshdan kechirilgan tajribaga to`liq o`zaro kelishuvga, mas`uliyatga asoslangandagina yashaydi. Bunda demokratiya olinadigan foyda yoki ko`riladigan zararga bog`liq bo`lmaydi. Demokratiya – faqatgina saylovlar protsedurasi yoki boshqarish shakli emas, balkim turmush tarzi hamdir». O`zbekistonda fuqarolarning saylov madaniyati milliy turmushimiz tarziga aylanib bormoqda. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling