O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari Shomonlik
Download 16.5 Kb.
|
O'zbekistonda shomonlikning zamonaviy ko'rinishlari Shomonlik
Totemizm
Totemizmda urug'-qabila yoki shu urug'ning xar bir a'zosining xayoti, farovonligi, shu urug'ning xaqiqiy ajdodi xisoblangan «totsi»-o'simlik yoki xayvonga bog'liq deb ishoniladi.Totemizm- odamlarning hayvonot yoki o'simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor deb e'tiqod qilishdir. Totem urug' yoki qabila uchun muqaddas va homiy bo'lgan hayvon va o'simlik, tabiat hodisalaridir. Totem timsoli bo'lgan narsalarning halokati, uning avlodining halokati deb ishonish natijasida «totemlarni»- ya'ni xayvon va o'simliklarning turlarini ko'paytirishga xarakat qilganlar. Individual - (yakka) totem bir urug' barcha a'zolarining umumiy bitta totemi bilan bir qatorda, yana har bir a'zosining alohida shaxsiy totemga egaligidir. Bunday totemlar asosan erkaklarda, afsungarlarda, qabila boshliqlarida, duoxonlarda bo'lgan. Ular o'zlarining shaxsiy totemlarini farzandlariga meros qilib qoldirganlar. Totemlar e'zozlangan, ularni o'ldirish, otish taqiqlangan. Totemizm hozirgi dinlarda, muayyan unsurlar sifatida mavjuddir. Totemizm ta'sirida paydo bo'lgan urf-odatlar va normalar asrlar davomida qat'iy ravishda qo'llanildi. Bu totemga xos bo'lmagan begonalar bu jamoa urf-odat va normalaridan chetda hisoblangan. Vaqt o'tishi bilan qarindoshlik aloqalarining mustahkamlanib borishi, ya'ni odam va uning totemi qarindoshligi orasida oilaviy munosabatlar haqida, odam vafot etgach uning o'z totemiga aylanishi yoki totemdan inson shakliga kelishi havida tasavvurlar vujudga keldi. Bu esa totemni ozuqa sifatida iste'mol qilinishining taqiqlanishiga olib keldi. Tabu – taqiqlash tizimi bo'lib, totemlarni iste'mol qilishni taqiqlagan. Totemizmning asosiy vazifasi- birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik edi.
Animizm - lotincha «anima» so'zidan olingan bo'lib «jon», «rux» degan ma'nolarni anglatadi.Animizm- kishi ruxining, jonining borligiga ishonish, tabiat kuchlarini ruhlantirish, hayvonot, o'simlik va jonsiz jismlarda ruh, ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta'limotni ilgari suruvchi ilk din shakllaridan biri. Animizm har kanday dinning zaruriy unsuridir. Animizmda osmon va yer, quyosh va oy, yomg'ir va shamol kabilarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb hisoblanar edi. Hattoki, ko'p yillik daraxt, kattaroq xarsang tosh, jarliklar ibtidoiy odamlar tasavvurida jonli, tafakkurli,sezuvchan, yaxshilik va yomonlikni keltiruvchi deb tushunilgan. Animizm- ibtidoiy, diniy tasavvurlarning eng yuksak shakli. Animistik timsollar ajdodlarning ruhlari, tirik kishilarning jonlari, tabiiy kuchlarning jonlantirilishidir. Ular zamonaviy dinlarda ham mavjud.
Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling