O`zbekistonda silikat mahsulotlarini ishlab chiqarish Silikat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi


 O`zbekistonda silikat mahsulotlarini ishlab chiqarish


Download 414.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi414.61 Kb.
#1060260
1   2
Bog'liq
3-MA’RUZA KERAMIK MAXSULOTLAR ISHLAB ChIQARIShDA SILIKAT MAHSULOTLARINING ORNI.

2. O`zbekistonda silikat mahsulotlarini ishlab chiqarish 
Silikat maxsulotlarini ishlab chiqarish O`zbekistonda ham xozirgi kunda keng 
rivojlangan. Tsement sanoatining Respublikamizdagi taraqqiyoti Mirza-cho`lning 
janubida, azim Sirdaryo bo`yida, Bekobod qishlog`i yakinida qurilgan kaldirg`och 
korxona nomi bilan bog`liq. Serkuyosh o`lkamizda bu materialni ishlab chiqarish 
uchun kerakli bo`lgan barcha xom ash’yo manbalarining ko`p miqdorda mavjudligi 
Quvasoy, Angren, Ohangaron va Navoi tsement korxonalarini bunyod bo`lishiga 
olib keldi. Fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlari asosida klinkerni quruq usulda 
olishga asoslangan va birinchi navbati 1977 yili ishga tushirilgan Navoi tsement 
zavodi kelguvsida yiliga 4 mln 600 ming tonnagacha maxsulot yetishtirib beradi. 
Keramika buyumlari- g`isht va sopolni ilk bor ishlash o`rta asrlarda boshlangan. 
Markaziy osiyolik ustalar g`ishtdan poydevor, ustun, maqbara, gumbaz, zina, 
zinapoya, yertula kabi inshoatlar barpo etishgan. Jumladan, IX asr oxiri X asr
boshlarida Buxoroda bunyod etilgan Samoniylar maqbarasi, XII asrda karvon 
yo`lida qurilgan Jarqurg`on minorasi sifatli pishiq g`ishtda qurilgan. 
XX asr davomida Respublikamizning Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Angren, 
Rishton, Nukus singari ko`pgina shaxarlarida keramikadan qurilish, xo`jalik hamda 
texnika materiallari va buyumlari ishlab chiqaradigan yirik korxonalar qurildi. 
Shisha sanoati esa O`zbekistonda faqat XX asrning ikkinchi yarmida barpo etildi va 
rivojlandi. Xozirgi kunda Respublikamizning besh yirik korxonasida shisha 
maxsulotlari - deraza oynasi, shisha voloknosi, banka shisha, butilka, suyuk shisha, 
billur, rangli shisha, archa taqinchoqlari, yo`l belgilari shishasi, elektronika va 
elektrvakuum texnikasi shishalari ishlab chiqarilmokda. Birgina Chirchiq shisha 


zavodining 1975 yilgi ishlab chiqargan qurilish shishasi 2,85 mln m
2
ni tashkil kildi. 
Toshkent va Quvasoy tara zavodlarining bergan butilka va bankalari soni esa 127 
mln donaga teng bo`ldi. 
O`tga chidamli materiallar ishlab chiqarish afsuski shu kunlargacha Markaziy 
Osiyo davlatlari,shu jumladan O`zbekistonda xali yo`lga ko`yilmagan. Angren 
shaxri territoriyasi bu material turini barpo etish uchun kerakli xom ash’yo- kaolin 
va tuproqlarga o`ta boy. Bu esa o`z navbatida 1580
o
S va undan ham yuqori daraja 
xaroratga chidamli maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar yaqin yillar ichida 
qurilajakligidan davolat beradi. 
Umuman Respublikada an’anaviy va effektiv silikat maxsulotlarining eng muxim 
turlarini ishlab chiqarilishning zafarli odimi ilgarilab bormoqda. 
Yuqorida keltirilgan raqamlar O`zbekistonda tsement, keramika, shisha va elektron 
texnika vositalari (dielektrik va magnit materiallari ) sanoatlari maxsulotlarining 
yillar davomida muntazam oshib borganligini ko`rsatmoqda. Perspektiv planlar 
bundan keyingi yillarda ham bu materiallarni ishlab chiqarish sur’atini yanada 
yuksalishi haqida dalolat bermoqda. 
O`zbekisonda silikat maxsulotlari ishlab chiqaruvchi soxalarni rivojla-nishida 
Respublikamiz olimlarining ham hissalari katta. Ayniqsa bu borada Toshkent 
kimyo-texnologiya institutining “Silikat materiallar texnologiyasi” kafedrasida 
Tadjiyev F.X., Otaqo`eiyev T.A., Ismatov A.A. va boshqalar, O`zbekiston Fanlar 
Akademiyasi qoshidagi “Umumiy va noorganik kimyo” institutining “Silikatlar 
kimyosi” laboratoriyasida Kontsepolьskiy I.S. va Sirajiddinov N.A. tomonidan 
O`zbekistonning maxalliy resurslari asosida olib borilgan va hozirda ham olib 
borilayotgan ilmiy-tadkikot ishlarining axamiyati kattadir. O`zbekiston Fanlar 
Akademiyasining geologiya va geofizika instituti gilmoya laboratoriyasi
O`zbekiston geologiya ministrligining “Ximgeolnorud” tresti, O`rta Osiyo ilmiy-
tekshiruv geologiya va mineral xom ash’yo instituti, O`zbekiston sanoat qurilishi 
materiallari kontsernining “Toshqurilishmateriallari” loyixa-ilmiy tadqiqot instituti 
hamda yana bir qator muassasalarda ham silikat maxsulotlari olishga yaroqli 
yangidan-yangi xom ash’yo manbaalari izlanmoqda, yangi progressiv 
texnologiyalar yaratish, chiqarilayotgan maxsulot sifati va mustaxkamligini 
oshirish bobida ko`pgina foydali ishlar qilinmoqda. 
Silikat maxsulotlari ishlab chiqarishning bundan keyingi ravnaqi albatta shu soxa 
mutaxassislarining saviyasiga bog`liq. Shuning uchun ham “Bog`lovchi materiallar 
kimyoviy texnologiyasi”, “Keramika va o`tga chidamli buyumlar kimyoviy 
texnologiyasi”, “Shisha va sitallar kimyoviy texnologiyasi” va “Elektron texnikasi 
vositalari kimyoviy texnologiyasi ixtisosliklari talabalari “Silikat va qiyin eruvchi 
nometall material va buyumlar texnologiyasi” faniga katta axamiyat berib, shu 
materiallarning olinish texnologiyasi, xossalari, ishlatiladigan joylari to`g`risida 
chuqur va har taraflama bilimga ega bo`lishlari kerak.

Download 414.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling