O`zbekistonda silikat mahsulotlarini ishlab chiqarish Silikat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi


Download 414.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi414.61 Kb.
#1060260
  1   2
Bog'liq
3-MA’RUZA KERAMIK MAXSULOTLAR ISHLAB ChIQARIShDA SILIKAT MAHSULOTLARINING ORNI.



3-MA’RUZA KERAMIK MAXSULOTLAR ISHLAB ChIQARIShDA 
SILIKAT MAHSULOTLARINING O`RNI. 
Maruza rejasi 
1. Silikat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi.
2. O`zbekistonda silikat mahsulotlarini ishlab chiqarish 
 
1. Silikat mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyalarining rivojlanishi. 
Keyingi 50-55 yil ichida O`zbekistonda silikat va zo`rg`asuyuluvchan material-lar 
ishlab chiqaruvchi bir qator korxonalar qurilib ishga tushirildi. Mustaqil-lik davri 
boshlanganidan so`ng qo`shma korxonalar qurilishi hisobiga bu jarayon birmuncha 
taraqqiy etdi hamda takomillashdi.
O`zbekiston Respublikasining moddiy-texnika bazasini yaratish, xalqning turmush 
darajasini 
oshirish, 
mamlakatning 
xavfsizligini 
ta’minlash 
ishlari 
mamlakatimizning mustaqilligi e’lon qilingan kundan boshlab keng ko`lamda olib 
borilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish hozirgi zamon texnikasi talablariga javob 
beradigan material va buyumlarni ko`plab ishlab chiqarish va ular asosida 
zamonaviy turar - joy, jamoat va sanoat binolarini qurish, ulkan gidro- va issiqlik 
texnikasi inshoati va agregatlarini barpo etish, madaniy-maishiy va ro`zg`or-
xo`jalik mollarini yaratish bilan uzviy bog`liq. 
Silikat moddalari xalq xo`jaligida muxim o`rnini egallaydi. Ulardan tsement, ohak, 
gips kabi bog`lovchi material va shular asosida olingan beton, temirbeton kabi 
qurilish va sanoat qurilishi konstruktsiyalari va detallarining yaratilish tarixi lutfan 
qisqa, ammo ularning xalk xo`jaligida tutgan o`rni katta. Ulkan gidro- va issiqlik 
elektrostantsiyalari, gigant metallurgiya zavodlari, xayratlantiruvchi sanoat 
korxonalari,osmono`par binolar, salobatli yo`llar, yer osti va boshqa zamonaviy 
inshoatlar qurilishini shu materiallarsiz xech tasavvur etib bo`lmaydi. 
Silikatlarning qurilish keramikasi (imorat g`ishti, cherepitsa, fasadga oid g`isht, 
pol plitkasi, kanalizatsiya va drenaj quvurlari), nafis keramika (chinni va sopol 
idishlar, sopol plitka, ularga surkaladigan sir) kabi turlari qadimdan ishlab 
chiqarilgan va uy-joy, jamoat binolari qurishda,mashina va apparatlar yig`ishda, 
xo`jalik buyumlari olishda keng qo`llanilgan. 
“Qimmatbaxo toshlar” nomi bilan atalgan va ilgari faqat zebi-ziynat buyumlarini 
yasash uchun ishlatilgan ko`pgina tabiiy materiallarni ham keramika mahsulotlari 
texnologiyasi asosida olish mumkin. Yana shu texnologiya asosida yangi yoki 
texnika keramikasi sun’iy maxsulotlari - yuqori o`tga chidamli oksidli buyumlar, 
silikat va alyumosilikat asosli keramika buyumlari, titanatlar, ferritlar, karbidlar, 
nitridlar, boridlar, silitsidlar va kermet kabilar olinadi. Ular sifatli di-, segneto- va 


pьyezoelektrik, yarimo`tkazuvchan, magnitlantirish materiallari sifatida texnikada 
keng qo`llanmoqda. Ular asosida ko`plab linza, prizma kabi optika detallari, kesuv 
asboblari, konstruktsiya va himoya kiluvchi detallar, zargarlik buyumlari 
yasalmoqda, Ular hozirgi kunda barcha avtomatik moslama va apparatlar, stanok va 
mashinalar, reaktiv samolyot va kosmik kemalar barpo etishda ishlatilmoqda. 
O`tga chidamli materiallarni ishlab chiqarish ham keramika texnologiyasiga 
asoslangan. Ammo ular qurilish va nafis keramika mahsulotlariga o`larok juda 
yuqori xaroratda ham o`z xossalarini yo`kotmay ishlay oladi. Bunday 
materiallarning o`tga chidamliligi 1580
o
S dan yuqori, og`irlik ta’sirida 
deformatsiyaga uchrash nuqtasi 1500
o
S atrofida bo`lmoqligi shart. O`tga chidamli 
materiallar aksariyat mustaxkamlikda ham tanxodirlar, shu sababli ular cho`yan va 
po`lat eritish inshoatlari-domna, marten, kislorodli konvertor pechlarining ichki 
qismini qoplash uchun ishlatilmoqda. Yana ulardan po`latni uzluksiz quyish 
qurilmalarining kovsh, stakan va vtulkalari, regeneratorlarning nasadkalari, qora va 
rangli metallar eritish va quyish uchun tigellar tayyorlanmoqda. 
Silikatlar texnologiyasining katta qismini tashkil etuvchi shaffof modda-shishalar 
ham qadim-qadimdan hayotimizda o`zining ajoyib xususiyatlari bilan katta 
axamiyat kasb etib kelmoqda. Uy-ro`zg`or buyumlari, tibbiyot, fan va texnika
asboblari, deraza oynalari ana shu modda asosida yasaladi. 
Zamonaviy texnika va avvalo uning kosmotexnika, aviatsiya, raketa-, mashina- va 
stanoksozlik, energetika, radioelektronika, atom sanoati kabi soxalari yuqori va o`ta 
yuqori tezlik,bosim va harorat bilan bog`liq. Bu sharoit esa o`z navbatida an’anaviy 
bo`lmagan va yuqoridagi sharoitlarga chidamli materiallarni ishlab chiqarishni 
taqazo qiladi. Fan va texnika taraqqiyoti asosida zamon talablarini qondirish uchun 
yaratilgan bunday yangi silikat materiallari qatoriga sitallar va sitallashtirilgan 
quyma toshlar kiradi. Sitallarning yaratilishi nixoyat issiqlikdan kengayish 
koeffitsiyenti o`zgarmas yoki manfiy qiymatga ega bo`lgan, xarorat va bosimning 
keskin o`zgarishiga o`ta chidamli materiallarning ko`plab ishlab chiqarish 
imkoniyatini berdi. Bu material asosida olingan maxsulotlar po`latdek mustahkam, 
kimyoviy moddalar ta’siriga barqaror, yonish, zanglash va chirishga chidamli, 
yuqori dielektrik xossalariga ega ekanligiga ko`ra turli xildagi tabiiy material va 
metallardan ustun turadi. 
Yangi silikat maxsulotlarini yaratish va ko`paytirish mamlakatimizda an’anaviy 
maxsulotlar - tsement, keramika va shishalarni ishlab chiqarish xajmini yildan-yilga 
ko`paytirish bilan bog`liq xolda olib borilmoqda.
Umuman tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan fan va texnikaning ko`pgina 
soxalari xilma-xil xossaga ega bo`lgan yangidan-yangi silikat materiallarini ko`plab 
yaratishni taqazo etmoqda. Qurilish-montaj ishlari sur’ati xam silikat materiallari 
sonini kundan-kunga oshirish, sifatini esa yanada yaxshilashni taqozo etmoqda. Shu 
sababli mavjud korxonalar texnika taraqqiyoti asosida - unumli texnologik liniyalar 
va ishlab chiqarish jarayonlarini to`la mexanizatsiyalash uchun kerakli uskunalarini 


ko`plab joriy etish xisobiga qayta jixozlanmokda, ko`plab yangi korxonalar qurilib 
ishga tushirilmoqda. 
Silikat materiallarini ishlab chiqarishga sarf bo`ladigan xarajat qurilish-montaj 
ishlari qiymatining ancha qismi-50% ga yaqinini tashkil etadi. Bu esa xom ash’yoni 
tejash, progressiv usullarini qo`llash, ishlab chiqarish nuqtasini maxalliy xom 
ash’yo va qurilish ob’yektlariga yaqinlashtirish, material va buyumlarning effektiv 
turlarini yaratish xisobiga ularning tannarxini kamaytirishga da’vat etadi. 
Xozirgi kunda ana shu qayd etilgan omillar asosida tsementni eng yangi 
texnologiya asosida quruq usulda ishlab chiqarishga jadal sur’atlar bilan 
o`tilmoqda. Tsementning yuksak markali va maxsus turlarini, tez qotadigan, 
kuchlanadigan, kislotaga chidamli va bezak bo`ladigan oq tsement ishlab chiqarish 
korxonalarida o`ta progressiv bo`lgan quruq usul texnologiyasini joriy etish ko`p 
yoqilg`ini tejash imkonini beradi. Ancha vaqtdan beri Lipetsk shahrida proyekt 
bo`yicha sutkasiga 1600 t maxsulot beradigan ana shunday tejamkor texnologik 
liniya ishlab turipti. Xozirda undan ham quvvatli bo`lgan va sutkasiga 3000 t 
maxsulot beradigan quruq usul pechlari yaratilib, ular Qaraganda, Spassk va Navoi 
shaharlaridagi tsement korxonalarida o`rnatilib sifatli maxsulot bermoqda. 
Ishlab turgan ko`pgina korxonalar esa samaradorlik yo`lida rekonstruktsiya 
qilinmoqda. Bu korxonalarning mexnat umumdorligini oshirish Xarьkov oblas-
tidagi Balakleysk tsement zavodidagidek uzunligi 230 m, quvvati yiliga 1 mln t 
tashkil etadigan ulkan aylanma pechlar, Serebryakovsk zavodidagidek “Tsement-
1” ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi kabi ilg`or texnologik 
sistema va agregatlarni joriy etish xisobiga amalga oshmoqda. Bunday avtomatik 
sistemalar xom ash’yo tayyorlashdan tortib, to tayyor maxsulotlarni vagonga 
ortishgacha bo`lgan ishlarni o`z sferasiga oladi. 
Gips va ohak ishlab chiqarish, ular asosida turli tuman bog`lovchi materiallar 
yaratish, chiqarilayotgan maxsulotlarning sifatini oshirishga ham mamlakatimizda 
katta axamiyat berilmokda. 
Xom ash’yoni tejash, konstruktsiya vaznini kamaytirish va izolyatsiyani yaxshilash 
maqsadlarida korxonalarda etli g`ishtlar o`rniga g`ovakli, kovakli va g`ovak-
kovakli maxsulotlar ishlab chiqarishga o`tilmokda. Vazni nixoyatda yengil bo`lgan 
bunday effektiv g`isht yoki bloklarning bir tonnasini par qozonlari, trubina, pech va 
issiqlik uzatish quvurlarida qo`llash xalq xo`jaligiga bir yilda 200 t atrofida shartli 
issiqlikni tejash imkoniyatini beradi. Ularni quri-lishda ishlatish esa devor 
qalinligini kamaytiradi va terilma og`irligini yengillashtiradi. 
Yangi texnika va progressiv texnologiyani qo`llash tufayli sanitariya-texnika 
uskunalari va buyumlari, pardozlash va bezash materiallarining xili ham 
ko`paymokda. Mayda 100x100 va 150x150 mm li keramika plitkalari ishlab 
chiqarishdan 200x200 va 300x300 mm (500x500 va 500x1200 mm li plitkalar esa 
laboratoriyada sinovidan o`tmoqda)li maxsulotlar chiqarishga, yirik o`lchamli 
plitkalarni konveyyerli liniyalarda tezkor usulda ishlab chiqarishga o`tilmoqda. Bu 


o`z navbatida korxonalarda plitka olish protsessini bir necha marotaba tezlashtiradi, 
qurilishda esa pardozlash ishlarini intensifakatsiyalashtiradi va quruvchi 
mexnatining umumdorligini keskin oshiradi. 
Shisha sanoati ham progressiv texnologiyalarni ishlab chiqarish va qo`llash, ishlab 
chiqarish jarayonlarini to`la mexanizatsiyalashtirish, texnologiya uskunalaridan har 
birining quvvatini oshirish, issiqlik agregatlarini elektr quvvati, tabiiy gaz va suyuq 
yoqilg`i bilan ishlashga o`tkazish xisobiga rivojlanmokda. Ayniksa maxsulotlarning 
progressiv turlarini ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda amalga oshirilmokda.
Keltirilgan faktlar oyna ishlab chiqarish, shu jumladan o`lchamli deraza oynasi, 
sayqal berilgan, issiqlikdan saqlaydigan oynalar va arxitektura-qurilish oynalari 
ishlab chiqarishning ko`payishi va ularning assortimenti kengayishidan dalolat 
beradi. Oyna lentasini ikki bosqichli qolipda tayyorlab beradigan va ish unumi 
yuksak darajada bo`lgan jarayonlar, shisha massasini yuksak darajadagi 
temperaturada pishirish va taxta oynani qirqishni mexanizatsiyalash jarayonlari 
joriy etilmoqda. Texnika va ro`zg`or-xo`jalik shishalari ishlab chiqarishni son 
jixatdan oshirish, chiqarilayotgan maxsulotlarning tannarxini kamaytirish, sifatini 
oshirish borasida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. 

Download 414.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling