O'zbekistonda sug'urta sohasining samarali faoliyat ko'rsatishini yo'lga qo'yish uchun qator yangi vazifa va muammolarni hal etish zaruratini keltirib chiqaradi


Download 225.61 Kb.
bet1/12
Sana18.10.2023
Hajmi225.61 Kb.
#1708667
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
course work



KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiy hayotida sug'urta faoliyati strategik ahamiyatga ega bo'lib, bu sohadagi davlat siyosatining mohiyati uning bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy elementi sifatidagi ahamiyati va salmog'ini yanada oshirishdan iborat.
O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan qator vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda iqtisodiy faoliyatning o'zaro uyg'un dastaklari majmui-bozor insititutlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ustuvorlik berish muhim omillardan biri sanaladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror va ishonchli taraqqiyotini ta'minlashda sug'urta faoliyatini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi. "Bozor infratuzilmasining eng muhim institutlaridan biri- tadbirkorlarni sodir bo'lish ehtimoli bo'lgan turli zararlardan himoya qilishga qaratilgan sug'urta faoliyati ham izchil rivojlanib bormoqda". Sug'urta mahsulot ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish kapital, ishchi kuchi, mahsulot eksporti hamda importi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabilar bilan uzviy bog'liqlikda amalga oshiriladigan faoliyatlarni risklardan himoyalashga shuningdek u har bir subektning o'z faoliyatini kengaytirishiga investitsiyalarni ishonchli joylashtirishiga, kredit olish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
O'zbekistonda sug'urta sohasining samarali faoliyat ko'rsatishini yo'lga qo'yish uchun qator yangi vazifa va muammolarni hal etish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu nuqtai nazardan, mamalakatimizda bozor infratuzilmasi shakllanib borayotgan hozirgi sharoitda birinchidan yuridek va jismoniy shaxslarning risklardan himoyasini yo'lga qo'yish sug'urtalanuvchilar tomonidan mazkur xizmatni to'laligicha o'zlashtirish uchun uning huquqiy-iqtisodiy asoslarini mukammallashtirish zarurati yuzaga kelganligi; ikkinchidan, sug'urtaning tadbirkorlik faoliyati sifatida, tashkiliy-uslubiy shakllanishi hamda takomillashuvi jarayonining davom etayotganligi: uchinchidan, sug'urta munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirishning samarali shakllarda amalga oshirilishini yo'lga qo'yish talab etilayotganligi; to'rtinchidan, sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirishning zarurligi; beshinchidan, bu sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o'rni va roli iqtisodchi-olimlar tomonidan ilmiy nazariy jihatdan chuqur o'rganilmaganligi bu yo'nalishga izlanishlar tadqiqotlar olib borishni dolzarb qilib qo'ydi. Bozor munosabatlari takomillashuvi iqtisodiy infratuzilmaning qaror topishi bilan birgalikda kechadigan jaryondir. Sug'urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta'minlasa, ikkinchi tomondan shartnomaviy majburiyat va ta'riflar mexanizmi orqali turli sug'urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub'ektlari manfaatlarining himoyasini ham o'z zimmasiga oladi. Sug'urta faoliyati jismoniy va yuridek shaxslar manfaatlarini himoya qilish ularning risklar yuz berishi oqibatida ko'rishi ehtimoli bo'lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo'ldi hamda rivojlandi.
Sug'urta moliyaviy ta'minlash vositasi sifatida mijozlarning mol-mulkini risklardan himoyasini kafolatlashi orqali sug'urtalanuvchining ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini ta'minlaydi. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda sug'urtaning tub ma'noda tadbirkorlik faoliyatiga aylanishi uchun quyidagi ma'lum shartlar bajarilishi talab etiladi:

Download 225.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling